Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizasiyalash


Download 400.94 Kb.
bet1/5
Sana16.10.2023
Hajmi400.94 Kb.
#1704733
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-maruza TJKM





  1. Kirish. “Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizasiyalash” fanining axamiyati.

Reja:

    1. Fanning maqsadi va vazifasi.

    2. Texnologik jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish vositalarning ishlab chiqarishdagi ahamiyati.

    3. Tashish va ko‘tarish transport vositalari to‘g’risida umumiy tushunchalar.



    1. Fanning maqsadi va vazifasi.


Xalq xo‘jaligidagi barcha ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni texnologik transportlovchi mashinalar mavjud. So‘ngi yillarda barcha texnika sohasida bo‘lganidek, Paxtasanoati korxonalari ham zamonaviy transportlovchi mashina va jixozlar bilan ta’minlanib, texnologik jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirilmoqda.
Bu fan o‘z ichiga paxtani qayta ishlash texnologiyasida uzluksiz texnologik jarayonni ta’minlovchi transport vositalarini o‘rganishni, chigitli paxtani qabul qilishda, ombor va ochiq maydonchalarga g’aramlashda va uni ishlab-chiqarish jarayoniga uzatishda barcha mexanizatsiyalash holatini ta’minlash mexanizmlarini, uskunalarni o‘rganishni, barcha bajariluvchi texnologik operatsiyalarni mexanizatsiya darajasini aniqlashni qamrab oladi.
Fanning maqsadi-talabalarni ana shu zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan tanishtirish, ularni texnologik ko‘rsatkichlarini hisoblashni va ulardan foydalanishni o‘rgatishdir.
Fanning vazifasi- talabalarga hozirgi zamon texnologik transportlovchi mashinalar konstruktsiyalarini, ishlash asoslarini, qo‘llanish soxalarini, xisoblash usullarini o‘rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifasi- talabalarga xozirgi kunda paxtasanoati korxonalarida butun texnologik jarayonlarni to‘liq kompleks mexanizatsiyalashtirish, barcha texnologik jarayonni avtomatlashtirishni ta’minlash imkoniyatini yaratib berish. Transport vositalarini qo‘llanish sohalarini konstruktsiyalarini, ishlash asoslarini, hisoblash usullarini o‘rgatishdan iboratdir.
Bu barcha masalalarni xal etish kelajakda paxtani qayta ishlash jarayonini to‘liq uzluksiz holda amalga oshirishni, barcha texnologik jarayonini avtomatlashtirishni ta’minlash imkoniyatini yaratib beradi.

    1. Download 400.94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling