Toshkent-2023 G’aznachilik bo’linmalari funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini


Download 91.06 Kb.
bet1/9
Sana28.02.2023
Hajmi91.06 Kb.
#1235965
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Saydullayev Berdimurod Moliya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
T OSHKENT MOLIYA INSTITUTI

Moliya” KAFEDRASI


Moliya” fanidan
MUSTAQIL ISH


Bajardi: SMMT-82 guruh talabasi Saydullayev Berdimurod


Toshkent-2023
G’aznachilik bo’linmalari funksiyalari, vazifalari va tashkiliy tuzilishini
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ–594-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining (keyingi o‘rinlarda G‘aznachilik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
G‘aznachilik o‘zining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining (keyingi o‘rinlarda Davlat budjeti deb ataladi) g‘azna ijrosini amalga oshiradigan maxsus vakolatli moliya organi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi tizimiga bevosita unga bo‘ysunadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G‘aznachilik bo‘limlari kiradi.
G‘aznachilik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
G‘aznachilik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda bevosita va o‘zining hududiy bo‘linmalari orqali amalga oshiradi.
G‘aznachilik faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
G‘aznachilik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri G‘aznachilik boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) G‘aznachilik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.



Download 91.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling