Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallar rahbarlari hamda avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2023-yil uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy


Download 59.23 Kb.
bet1/11
Sana03.02.2023
Hajmi59.23 Kb.
#1154121
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2023 Буйрук KPI филиаллар буйича читка қилинган ЯКУНИЙ





TOSHSHAHARTRANSXIZMAT”
AKSIYADORLIK JAMIYATI




BUYRUQ


2023-yil «_____» ________________ ______________________-son
Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallar rahbarlari hamda avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2023-yil uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini
(KPI koʻrsatkichlari) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning “Yoʻl xaritasi”ning ijrosini taʼminlash, “Toshshahartransxizmat” AJ filiallar xodimlarining o‘z xizmat vazifalariga vijdonli va mas’uliyatli munosabatini hisobga olgan holda, shuningdek, ularni moddiy manfaatdorligini, shahar yo‘lovchi transportining barqaror ishlashi bo‘yicha yakuniy natija uchun javobgarligini oshirish va moddiy rag‘batlantirish maqsadida
BUYURAMAN:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining
    2023-yil 15-yanvardagi 02-52-son “Barcha masʼul davlat organlari rahbarlariga Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarning
    oʻz vaqtida va toʻlaqonli ijro etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi topshiriqlari ijro uchun qabul qilinsin.

  2. “Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi filiallar rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga va avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  3. “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini va ularning 2022-yil
    II-choragi uchun faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini (KPI koʻrsatkichlari) tasdiqlash toʻgʻrisidagi “Toshshahartransxizmat” AJning 2022-yil 23-maydagi 91-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

  4. Axborot kommunikatsiyalari va raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻlimi (V.Kadyrov), Yoʻlovchi transporti harakat tarkibini modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash boʻlimi (S.Toshkenboev), Yoʻlovchi tashishlarini tashkil etish, yoʻnalish tarmogʻini muvofiqlashtirish va takomillashtirish boʻlimi (S.Raximbabaeva), Umumiy bo‘lim (M.Mirxaliliov), Harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi (M.Musaxodjaev)ga mazkur buyruqning 1-ilovasi “Jamiyat tizimidagi filiallar rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda belgilangan, maqsadli ko‘rsatkichlarini baholash uchun har oy va chorak yakuni boʻyicha tegishli ma’lumotlarni keyingi oyning 3-sanasiga qadar tahlil va oʻrganib chiqish uchun Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limiga taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.

  5. Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (S.Najmiddinova) va Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi (N.Sodiqov) mazkur buyruqning 2-bandiga muvofiq Nizom bilan belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlari ijrosi qat’iy nazoratga olsin hamda maqsadli ko‘rsatgichlarning 2023-yilning har bir chorak yakuniy natijalari boʻyicha tegishli takliflar kiritib borilishini ta’minlasin.

  6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish boshqaruv raisi o‘z zimmamda qoldiraman.


Download 59.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling