V mavzu. Korxona faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilish


Download 103.04 Kb.
bet1/15
Sana15.11.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1775683
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-МАВЗУ


V MAVZU. KORXONA FAOLIYaTINI REJALAShTIRISh VA
BAShORAT QILISh


5.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat qilishning iqtisodiy tabiati va ob’ektiv zaruriyati.
5.2. Korxonada rejalashtirishning uslubiy asoslari, tamoyillari va vazifalari.
5.3. Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish.
5.4. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi.
5.5. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi.


5.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida rejalashtirish va bashorat
qilishning iqtisodiy tabiati va ob’ektiv zaruriyati

Iqtisodiyot bo’yicha zamonaviy adabiyotlarda va qo’llanmalarda rejalashtirishga mo’ljallangan ish yoki ma’lum bir harakatlarni bajarish muddati, tartibi va ketma-ketligini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimi sifatida izoh berilgan. Har bir inson o’z ish kuni, dam olish kuni, bayramlar, yozgi ta’til, to’y va boshqa tadbirlarni qanday o’tkazishni rejalashtiradi. Aynan rejalashtirish va bashorat qilish yo’li bilan korxonalar nimani, kim uchun, qachon va qancha mahsulot ishlab chiqarish, qaysi hamkorlar yoki sheriklar bilan shartnoma tuzish yoki kooperatsiyani rivojlantirish, zarur bo’lgan moddiy-tovar boyliklari zahirasini yaratish kabi bir qator masalalarni hal qiladi.


Bozor munosabatlariga o’tgandan so’ng rejalashtirish bir oz yoddan ko’tarilib qoldi. Hattoki rejalashtirish xo’jalik yuritishning bozor mexanizmiga to’g’ri kelmaydi yoki bozor rejalashtirishga ziddir, degan fikrlar ham paydo bo’ldi.
Deyarli har bir korxonaga “yuqoridan” direktiva vazifalari, nazorat raqamlari, qat’iy normativ va limitlarni belgilab beruvchi rejalashtirish, haqiqatdan ham bozor mexanizmiga to’g’ri kelmaydi va korxonalarning mustaqilligini yo’qqa chiqaradi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasining korxonalar faoliyatiga oid qonunchiligida, korxonalarning iste’molchilar talabi, foyda yoki daromad olish nuqtai nazaridan o’z faoliyatini mustaqil ravishda tanlashi va ishlab chiqarishni rivojlantirish istiqbollarini belgilab olishi ko’rsatilgan.
Avvalgi xo’jalik yuritish tizimida mavjud bo’lgan, “markaz”dan boshqariluvchi markazlashgan rejalashtirishni inkor qilish bilan rejalashtirishdan umuman voz kechish mumkin emas.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyalarning optimal varinatlarini tanlaydi, resurslar bilan o’z vaqtida ta’minlash vazifasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish zahiralari va raqobatdagi ustunliklardan maksimal darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlarni anglab olish, korxona faoliyatidagi kamchiliklarni yo’qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga imkon beradi. Har bir korxonani tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan rejalashtirishdan boshlanadi.

Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling