Yarim yemirilish davri T


Download 59.97 Kb.
bet1/6
Sana09.04.2023
Hajmi59.97 Kb.
#1343157
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kimyo




  1. Yarim yemirilish davri(T1/2) radioaktiv yemirilish jarayonlarida muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich radioaktiv moddaning yarmi sarflanguncha ketgan vaqtni ko’rsatadi. Masalan, A moddaning T1/2= 10 yil bo’lsa, birinchi 10 yillikda uning yarmi, ikkinchi 10 yillikda qolgan yarmining yarmi parchalanadi. Savol: A moddaning 99% dan ko’p miqdori parchalanishi uchun necha yil kerak?

Javob: Har 10 yilda modda miqdori 2 barobar kamaymoqda. 99% dan ko’proq modda parchalanishi natijasida 1% dan kam modda qoladi. Demak tenglama tuzamiz: 100%/2n>1%, n=7. Demak 10*7=70 yil kerak bo’ladi.(C variant)



  1. 50 yil

  2. 60 yil

  3. 70 yil

  4. 80 yil



  1. ABD →AD+ B; ABS →AS + B; AB+ D ⇆ABD; AB + S ⇆ABS; AS + D →AD + S;

Kimyoviy boshqotirma! Yuqorida ma`lum bir moddadan boshqa bir moddaning 2 yo’l bilan olinish jarayonidagi reaksiyalar tartibsiz holda joylashtirilgan. Shu ma`lumotlardan foydalanib, boshlang’ich moddani va mahsulotni aniqlang.

Javob: Bu yerda faqat bitta modda reaksiyalarda doim mahsulot sifatida ishlatilgan, bu – AD. Demak u mahsulot. Va faqat AB moddasi reaksiyalarda doim boshlang’ich modda sifatida kelgan. Demak AB boshlang’ich modda.(A variant)



  1. AB va AD

  2. ABD va ABS

  3. AD va ABS

  4. AS va ABD



  1. A+ B+ C→ D+ 2E

2E ⇄ B+ F
2D → 2A+ G
1973- yilda yuqoridagi sxema bo’yicha sanoatda keng qo’llaniladigan oddiy moddaning olinish usuli taklif qilingan. Harflar bilan yashirilgan moddalarning 3 tasi oddiy modda va 4 tasi murakkab modda. A modda 3 xil elementdan tashkil topgan. Shu ma`lumotlardan foydalanib, oddiy moddalar belgilangan harflarni aniqlang.

Javob: A modda 3 xil elementdan tashkil topgan, ya`ni u murakkab modda. E va D moddalar parchalanmoqda, ya`ni ular ham murakkab modda. Agar birinchi reaksiyaga ikkinchi reaksiyani va uchinchi reaksiyaning yarmini qo’shsangiz mana bunday reaksiya hosil bo’ladi: C=F+1/2G. Demak C modda ham murakkab modda, ya`ni oddiy moddalar bu B, F, G.(D variant)



  1. G, B, C

  2. B, C, F

  3. F, G, D

  4. B, F, G



  1. Vant-Goff tenglamasi reaksiya tezligini aniqlashda juda foydali tenglamalardan biri hisoblanadi. Sut mahsuloti idishida 8 oC temperaturada yaroqlilik muddati 60 soatni tashkil etishi yozilgan. Agar sut aynish jarayoni tezligini Vant-Goff tenglamasi orqali hisoblashning ilojisi bo’lsa, shu sut muzlatgichda (1 oC temperaturada) saqlansa yaroqlilik muddati qanchani tashkil etadi? (γ = 2)

Bu holatda biz Vant-Goff tenglamasidan foydalanamiz: 60/x= γ(1-8)/10 . x=97,5 soat.(C variant)



  1. 36,9 soat

  2. 88,2 soat

  3. 97,5 soat

  4. 103,8 soat



  1. Kamfora moddasi qadimdan sharq davlatlarida tibbiyot va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Bu modda C, H va O atomlaridan tashkil topgan bo’lib, tarkibida faqatgina bitta keton guruh va 2 ta halqa saqlaydi. Undagi vodorodlar soni uglerodlar sonidan 6 taga ko’p. 1 mol komfora yonishidan necha mol CO2 va H2O hosil bo’ladi?

Javob: Har bir halqa va qo’shbog’ to’yingan modda umumiy formulasidan 2 ta vodorodni olib tashlaydi, ya`ni modda umumiy formulasi CnH2n-4O. Tenglama tuzamiz:


n+6=2n-4 demak n=10. Natijada modda umumiy formulasi C10H16O. Yonganda 10 ta CO2 va 8 ta H2O hosil bo’ladi.(A variant)

  1. 10 mol CO2 va 8 mol H2O

  2. 12 mol CO2 va 9 mol H2O

  3. 14 mol CO2 va 10 mol H2O

  4. 16 mol CO2 va 11 mol H2O



  1. Izotoplar bir xil zaryadga ega bo’lgan turli massali atomlardir. Bir elementnig turli izotoplari bo’lishi, shu element tutgan moddalarning ham turli massaga ega bo’lishini keltirib chiqaradi. Vodorodning 3 xil izotopga ega ekanligini va kislorodda 2 xil izotop borligini hisobga olib, necha xil tarkibli suv molekulasi mavjud bo’la olishini aniqlang.

Javob: Kislorodning birinchi izotopi uchun quyidagicha suv molekulalari bo’lishi mumkin: HOH, HOD, HOT, DOD, DOT, TOT. Ikkinchi kislorod izotopi uchun ham huddi shu kombinatsiyalarni hosil qilish mumkin. Demak 6*2=12 xil suv molekulasini hosil qilish mumkin.(C variant)



  1. 6 xil

  2. 9 xil

  3. 12 xil

  4. 1 5 xil



  1. Spektrofotometriya eritmadan nur o’tishi orqali modda konsentratsiyasini(c) aniqlash usuli hisoblanadi. Eritmadan aynan shu eritmada erigan moddaga yutiluvchi nur o’tkaziladi(suv molekulalari nurni yutmaydi). Eritmaga yuborilgan nurning boshlang’ich miqdori Io, eritmada yutilmay ajralgan nur miqdori I1 deb belgilanadi. Nurning o’tish yo’li uzunligi l ko’rinishida belgilangan. Qaysi kattaliklarning ortishi I1 ning ortishiga olib keladi?

Javob: Nurga qancha ko’p modda molekulasi to’qnashsa, shuncha nur ko’proq yutiladi. Konsentratsiya ortishi va nur o’tish yo’li, ya`ni l ortishi nurning ko’proq yutilishiga olib keladi. Natijada ajralgan nur miqdori kam bo’ladi. Demak A, B va D javoblar to’g’ri bo’la olmaydi.(C variant)



  1. Konsentratsiya, Io va l


  2. Download 59.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling