Ўзбекистон республикаси халқ


Download 0.82 Mb.
bet1/48
Sana22.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1109986
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)






O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


SIRTQI BO’LIM


MAKTABGACHA VA BOSHLANG’ICH YO’NALISHLARIDA MASOFAVIY TA’LIM KAFEDRASI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI
TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING MALAKAVIY PEDAGOGIK AMALIYOTLARINI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH



Metodik qo‘llanma


JIZZAX – 2017
Yusupov R.M., Xaitov F.N., Tangirov X.E., Umarov X.A. Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazish. Metodik qo‘llanma. – Jizzax: “Sangzor”, 2017. – 68 bet.


Mazkur metodik qo’llanma 5110700 – informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi bakalavr talabalarining malakaviy amaliyotlarni o‘tashlariga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda pedagogik amaliyotlarni tashkil etishning mazmuni va masalalari, informatika fanidan zamonoviy darsga tayyorlanish va sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazishga nazariy va amaliy materiallar keltirilgan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalariga asoslangan dars ishlanmalari tayyorlashga oid tavsiyalar berilgan. Bular talabalarga shu amaliyotlarni yanada mukammalroq sa samarali o‘tkazishlari, malakali ko‘nikmalar hosil qilishlariga yaqindan yordam beradi.


Tuzuvchilar:
R.M. Yusupov – “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi
F.N. Xaitov – “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi
X.E. Tangirov – “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
X.A. Umarov – “Informatika o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi


Taqrizchilar:
D.B. Botirov – “Informtika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi
S.A. Tovboev – Jizzax politexnika instituti “Informatsion texnologiyalar” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Ushbu metodik qo‘llanma A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan (2017 yil 29-apreldagi №6-sonli majlis bayoni).
© Jizzax davlat pedagogika instituti, 2017


KIRISH

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunda butun dunyo ta’lim me’yori asosida tuzilgan davlat ta’lim talablari darajasida, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida chet el ta’limi bilan raqobat qila oladigan, raqobat jarayonida Vatan sha’ni, manfaati va obro‘sini munosib himoya qila oladigan milliy kadrlarni etishtirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Bu muhim vazifani amalga oshirish yalpi ta’lim va tarbiya tizimini, uning murakkab qismlaridan biri malakaviy amaliyotni tashkillashtirishni tubdan isloh qilishni talab etmoqda. Chunki, yangi zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash milliy modeliga mos yangi pedagogik xodimlarni avvalgi pedagogik texnologiya asosida tayyorlash aslo mumkin emas. Shu bois, kadrlar tayyorlash milliy dasturida yangi pedagogik texnologiyani ishlab chiqish, rivojlantirish va uni hayotga tadbiq etishga talaba-amaliyotchilarni o‘rgatish alohida ta’kidlangan.


Malakaviy amaliyot o‘quv - ishlab chiqarish, pedagogik va bitiruv malakaviy ishi (magistorlik dissertatsiyasi) oldi amaliyotlari turlariga bo‘linadi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan malaka amaliyotining o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda pedagogik amaliyotga quyidagicha ta’rif berilgan: “Pedagogik amaliyoti ta’lim turlari uchun yuqori malakali o‘qituvchi murabbiy tayyorlash ishining ajralmas qismi bo‘lib, talabalarning o‘qituvchi murabbiylik kasbiga bo‘lgan malakalari va ko‘nikmalari takomillashib boradi, ular o‘quv tarbiya jarayonining barcha tomonlarini tahlil qiladi va umumtalim maktablar akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va boshqa ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi”.
5110700-Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida 2 semestrda bir hafta, 4-semestrda bir hafta, 6-semestrda ikki hafta, 8-semestrda o‘n bir hafta amaliyot ko‘zda tutilgan. Bu amaliyotlarning dastlabki to‘rt haftasi sakkizinchi semestrdagi o‘n bir haftalik pedagogik amaliyotga tayyorgarlik amaliyoti bo‘lib, o‘zining kasbiga pedagogik faoliyati qay darajada mosligini, qiziqishi va qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi, shu sohadagi tayyorgarligi darajasi o‘rganiladi.
Bu jarayonda pedagogik amaliyotining asosiy maqsadi talabalarni 8-semestrdagi 11 haftalik pedagogik amaliyotga tayyorlash hamda “Informatika va axborot texnologiyasi” kursi bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘qituvchilik faoliyatiga tayyorlashdir.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling