7.30-9.00.
9.00-9.30.
9.30-11.20.
11.20-12.00.
12.00-12.50.
12.50-15.20.
|
Bolalar bog`chaga kelishni boshladi, tarbiyachi ularni kutib oldi va bolalar va ularning ota-onalari bilan salomlashdi. Qabul vaqtida ota-onalar bilan bolaning bugungi kayfiyati haqida, sog`lig`I haqida qisqacha suhbat olib borildi. Bolalar xonada mustaqil faoliyat olib borishdi. Hamda tarbiyachi ertalabki badantarbiyani boshladi. Birinchi, sekin harakatlardan keyin harakatlari tezlashdi.
Nonushtaga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar o`z stullarini stollar tarafda emas balki xonaning boshqa tarafida joylashtirib o`tirib olishdi. Nonushta uchun idishlar qo`yilib, kashalar suzilgandan so`ng bolalar qo`llarini yuvib, sekin kelib stol atrofiga joylashishdi.
Bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, didaktik o’yin faoliyati boshlandi. Bolalarga birinchi bo’lib, qurish va yasash markazi bo’yicha rangli to’pchalar yasash mashg’uloti tushuntirilib o’tildi va bolalar rangli to’pchalar yasashni boshlashdi. Keyin esa syujetli-rolli sahnalashtirish markazlarimiz bo’yicha “ Biz ekskursiyachilarmiz mavzusi bo’yicha sahlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bolalarga rollari taqsimlanib berildi va kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Undan so’g esa, san’at markazimiz bo’yicha Ertaksimon daraxt rasmini bolajonlarimiz maroq bilan bo’yab chiqishdi.
Ta`lim va tarbiya faoliyati tugagandan so`ng sayrga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar qo`llarini yuvib kelib, kiyimlari va oyoq kiyimlarini kiyishni boshladilar. Hamda saf holatda yurib sayrga chiqdik. Bog`chaning hovlisida bolalar erkin o`yinlar o`ynashdi. Undan so`ng esa bog`chaning bog`ini aylanib sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.
Bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng, qo`llarini yuvib kelib, kunduzgi uyqu uchun tayyorgarlik ko`rishni boshlashdi. Ya`ni bolalar yotoq uchun qulay bo`lgan kiyimlarini kiyishdi va o`z o`rinlariga borib uxlashdi. Tarbiyachi bolalar tezroq uxlashlari uchun ularga ertak o`qib berdi.
|
Men bugun bolalar bog`chaga yaxshi kayfiyatda kelganlaridan juda xursand bo`ldim. Ota-onalar va tarbiyachi o`rtasidagi samimiy munosabat menga yoqdi. Bolalar o`zlarini mustaqil faoliyatda erkin holatda harakat qilganliklari menda bolalarni o`z bog`chasini juda yaxshi ko`rishligi haqida taassurot uyg`otdi. Ertalabki badantarbiyada bolalar bilan birgalikda men ham ishtirok etdim.
Menga bolalarga xavfsiz bo`lishi uchun kasha va ichimliklar suzilmaguncha stol atrofiga kelishmasligi juda yoqdi. Chunki, bu bolalarning hayoti uchun xavfli bo`lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, menga kasha, saryog`li non va shirchoylar juda ham mazali va bolalar uchun juda foydali ekanligi ma`qul keldi.
Men bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, ularning qo’llarini yuvishga yordamlashdim. Shuningdek, nonushta stollarini yig’ish uchun tarbiyachi yordamchisiga yordam berdim. Keyin esa men bolalar bilan birgalikda qurish va yasash markazi bo’yicha rangli to’pchalarni yasashlariga yordamlashdim. Undan so’g esa, bolalarning “Biz ekskursiyachilarmiz” mavzusi yuzasidan olib borgan sahna ko’rinishlarini kuzatdim. Bolalarning juda iqtidorli ekanliklari meni quvontirdi. Undan so’ng esa bolalar san’at markazi bo’yicha ertaksimon daraxtni bo’yashdi. Men esa ba’z bolalarga bo’yashlariga yordamlashib turdim.
Sayrga tayyorgarlik uchun bolalarning kiyinishlariga yordam berdim. Hamda bolalar bilan sayrga chiqdik. Sayrda bolalarning mustaqil o`yin faoliyatlarini kuzatdim.boalar tarbiyachi yordamida qiziqarli o`yinlarda ishtirok etishdi. Keyin bolalar bilan birgalikda sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.
Men bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng ularning qo`llarini yuvishlariga yordamlashdim. Keyin esa ba`zi bolalarga yotish uchun kiyishga yordam berdim. Hamda, bolalar uxlab qolishgandan so`ng, tarbiyachi bizga ish faoliyati va o`qitish metodlari haqida tushuntirib berdi.
|