7.30-9.00.
9.00-9.30.
9.30-11.20.
11.20-12.00.
12.00-12.50.
12.50-15.20.
|
Bolalar bog`chaga kelishni boshladi, tarbiyachi ularni kutib oldi va bolalar va ularning ota`onalari bilan salomlashdi. Qabul vaqtida ota-onalar bilan bolaning bugungi kayfiyati haqida, sog`lig`I haqida qisqacha suhbat olib borildi. Bolalar xonada mustaqil faoliyat olib borishdi. Hamda tarbiyachi ertalabki badantarbiyani boshladi. Birinchi, sekin harakatlardan keyin harakatlari tezlashdi.
Nonushtaga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar o`z stullarini stollar tarafda emas balki xonaning boshqa tarafida joylashtirib o`tirib olishdi. Nonushta uchun idishlar qo`yilib, kashalar suzilgandan so`ng bolalar qo`llarini yuvib, sekin kelib stol atrofiga joylashishdi.
Bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, didaktik o’yin faoliyati boshlandi. Bolalarga birinchi bo’lib, qurish,yasash va matematika markazi bo`yicha bolalar 1 raqamini daftarga qator holatda yozib chiqishdi. Bolalar uchun mashg’ulot tushunarli bo’lishi uchun doskada namuna ilib qo’yildi.San`at markazi bo`yicha”raketalar”nib o`yab chiqishdi.
Ta`lim va tarbiya faoliyati tugagandan so`ng sayrga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar qo`llarini yuvib kelib, kiyimlari va oyoq kiyimlarini kiyishni boshladilar. Hamda saf holatda yurib sayrga chiqdik. Bog`chaning hovlisida bolalar erkin o`yinlar o`ynashdi. Undan so`ng esa bog`chaning bog`ini aylanib sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.
Bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng, qo`llarini yuvib kelib, kunduzgi uyqu uchun tayyorgarlik ko`rishni boshlashdi. Ya`ni bolalar yotoq uchun qulay bo`lgan kiyimlarini kiyishdi va o`z o`rinlariga borib uxlashdi. Tarbiyachi bolalar tezroq uxlashlari uchun ularga ertak o`qib berdi.
|
Men bugun bolalar bog`chaga yaxshi kayfiyatda kelganlaridan juda xursand bo`ldim. Ota-onalar va tarbiyachi o`rtasidagi samimiy munosabat menga yoqdi. Bolalar o`zlarini mustaqil faoliyatda erkin holatda harakat qilganliklari menda bolalarni o`z bog`chasini juda yaxshi ko`rishligi haqida taassurot uyg`otdi. Ertalabki badantarbiyada bolalar bilan birgalikda men ham ishtirok etdim.
Menga bolalarga xavfsiz bo`lishi uchun kasha va ichimliklar suzilmaguncha stol atrofiga kelishmasligi juda yoqdi. Chunki, bu bolalarning hayoti uchun xavfli bo`lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, menga kasha, saryog`li non va shirchoylar juda ham mazali va bolalar uchun juda foydali ekanligi ma`qul keldi.
Men bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, ularning qo’llarini yuvishga yordamlashdim. Shuningdek, nonushta stollarini yig’ish uchun tarbiyachi yordamchisiga yordam berdim. Keyin esa, bolalarga 1 raqamini chiroyli yozishlariga yordamlashdim. Undan so`ng esa, san`at markazi bo`yicha raketalarni bo`yashlariga yordamlashdim.
Sayrga tayyorgarlik uchun bolalarning kiyinishlariga yordam berdim. Hamda bolalar bilan sayrga chiqdik. Sayrda bolalarning mustaqil o`yin faoliyatlarini kuzatdim. Keyin bolalar bilan birgalikda sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.
Men bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng ularning qo`llarini yuvishlariga yordamlashdim. Keyin esa ba`zi bolalarga yotish uchun kiyishga yordam berdim. Hamda, bolalar uxlab qolishgandan so`ng, tarbiyachi bizga ish faoliyati va o`qitish metodlari haqida tushuntirib berdi.
|