학교현장실습 Aktiv amaliyoti kundaligi Дневник активной практики


Download 1.92 Mb.
bet9/10
Sana02.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1421392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Дневник практиканта 1 G`afforova Zamira G`

_20_/_04_/ 2023 yil / год

원장
Bog’cha direktori
Руководитель детсада

Z.U.Sadridinova.

지도교수
Rahbar professor
Руководитель

Pak.Svetlana.

회차
Majlis raqami
Hомер занятия

8

실습시간
Amaliyot vaqti
Bремя практики
1-martdan-21-aprelgacha.

h - h (총시간. Jami soat. общее время)
9.00-14.30.

시간
Vaqt
Bремя

유치원 일과/활동


Bog’cha kun tartibi/ faoliyat
Pасписание детского сада/ деятельность

나의 현장실습
Mening volontyorlik amaliyotim


Mоя волонтерская практика





7.30-9.00.


9.00-9.30.


9.30-11.20.


11.20-12.00.


12.00-12.50.


12.50-15.20.

Bolalar bog`chaga kelishni boshladi, tarbiyachi ularni kutib oldi va bolalar va ularning ota`onalari bilan salomlashdi. Qabul vaqtida ota-onalar bilan bolaning bugungi kayfiyati haqida, sog`lig`I haqida qisqacha suhbat olib borildi. Bolalar xonada mustaqil faoliyat olib borishdi. Hamda tarbiyachi ertalabki badantarbiyani boshladi. Birinchi, sekin harakatlardan keyin harakatlari tezlashdi.


Nonushtaga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar o`z stullarini stollar tarafda emas balki xonaning boshqa tarafida joylashtirib o`tirib olishdi. Nonushta uchun idishlar qo`yilib, kashalar suzilgandan so`ng bolalar qo`llarini yuvib, sekin kelib stol atrofiga joylashishdi.


Bolalar nonushta qilib bo’lganlaridan so’ng, didaktik o’yin faoliyati boshlandi. Bolalarga birinchi bo’lib, qurish,yasash va matematika markazi yer sayyorasini puzzle holatida berib puzzlelarni yig`ishlarini aytdik.Til va nutq markazi bo`yicha bolalarga “Z” va “J” tovushlarini yaxshi talaffuz qilishlari uchun shu harflardan boshlanadigan narsalarni ko`rsatdik. Va she`r yodlatdik. Fan va tabiat markazi bo`yicha esa, bo`ron shamol va shabbodaning rasmlarini ko`rsatildi, bolalar savollarga javob berishdi. San`at markazi bo`yicha esa, bolalar “Samolyot’ rasmini bo`yashdi.

Ta`lim va tarbiya faoliyati tugagandan so`ng sayrga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar qo`llarini yuvib kelib, kiyimlari va oyoq kiyimlarini kiyishni boshladilar. Hamda saf holatda yurib sayrga chiqdik. Bog`chaning hovlisida bolalar erkin o`yinlar o`ynashdi. Undan so`ng esa bog`chaning bog`ini aylanib sayrdan qaytdik.


Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.


Bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng, qo`llarini yuvib kelib, kunduzgi uyqu uchun tayyorgarlik ko`rishni boshlashdi. Ya`ni bolalar yotoq uchun qulay bo`lgan kiyimlarini kiyishdi va o`z o`rinlariga borib uxlashdi. Tarbiyachi bolalar tezroq uxlashlari uchun ularga ertak o`qib berdi.

Men bugun bolalar bog`chaga yaxshi kayfiyatda kelganlaridan juda xursand bo`ldim. Ota-onalar va tarbiyachi o`rtasidagi samimiy munosabat menga yoqdi. Bolalar o`zlarini mustaqil faoliyatda erkin holatda harakat qilganliklari menda bolalarni o`z bog`chasini juda yaxshi ko`rishligi haqida taassurot uyg`otdi. Ertalabki badantarbiyada bolalar bilan birgalikda men ham ishtirok etdim.


Menga bolalarga xavfsiz bo`lishi uchun kasha va ichimliklar suzilmaguncha stol atrofiga kelishmasligi juda yoqdi. Chunki, bu bolalarning hayoti uchun xavfli bo`lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, menga kasha, saryog`li non va shirchoylar juda ham mazali va bolalar uchun juda foydali ekanligi ma`qul keldi.
Men bolalar nonushta qilib bo`lgandan so`ng ular bilan yer sayyorasi haqida suhbatlashdim hamda karton orqali yasalgan yer ko`rgazmali materialini ko`rsatdim. Bolalarga bu juda ham yoqdi. Undan so`ng esa bolalar bilan bu haqida qizg`in savol-javob ishlari olib borildi.

Sayrga tayyorgarlik uchun bolalarning kiyinishlariga yordam berdim. Hamda bolalar bilan sayrga chiqdik. Sayrda bolalarning mustaqil o`yin faoliyatlarini kuzatdim. Keyin bolalar bilan birgalikda sayrdan qaytdik.


Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.


Men bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng ularning qo`llarini yuvishlariga yordamlashdim. Keyin esa ba`zi bolalarga yotish uchun kiyishga yordam berdim. Hamda, bolalar uxlab qolishgandan so`ng, tarbiyachi bizga ish faoliyati va o`qitish metodlari haqida tushuntirib berdi.










실습생
평가
Amaliyotchi
o’quvchi bahosi
Oценка студента-практиканта




이와 같은 내용을 확인합니다. Yuqoridagi mazmunni tasdiqlayman.


Утверждаю вышеуказанное.
____________________(подпись ответственного воспитателя или методиста)

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling