학교현장실습 Aktiv amaliyoti kundaligi Дневник активной практики


Download 1.92 Mb.
bet5/10
Sana02.05.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1421392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Дневник практиканта 1 G`afforova Zamira G`

_23_/_03_/ 2023 yil / год

원장
Bog’cha direktori
Руководитель детсада

Z.U. Sadridinova

지도교수
Rahbar professor
Руководитель

Pak. Svetlana.

회차
Majlis raqami
Hомер занятия

4

실습시간
Amaliyot vaqti
Bремя практики
1-martdan-21-aprelgacha.

h - h (총시간. Jami soat. общее время)
9.00-14.30.

시간
Vaqt
Bремя

유치원 일과/활동


Bog’cha kun tartibi/ faoliyat
Pасписание детского сада/ деятельность

나의 현장실습
Mening volontyorlik amaliyotim


Mоя волонтерская практика



7.30-9.00.


9.00-9.30.


9.30-11.20.


11.20-12.00.
12.00-12.50.


12.00-15.20.



Bolalarning ota-onalari birin-ketin bolalarini olib kelishdi. Tarbiyachi bolalarni yaxshi kayfiyatda kutib oldi. Bolalar xonada mustaqil faoliyat bilan shug’ullanishdi.Barcha bolalar kelib bo’lgandan so’ng esa ertalabki badantarbiya boshlandi.

Ertalabki nonushtadan so’ng bolalar qo’llarini yuviib, o’z joylariga joylashib o’tirib olishdi. Nonushta uchun idishlar joylandi va bolalar nonushta qilishni boshlashdi. Nonushta uchun bolalarga mevali kasha, sariyog’li non va shirchoy berildi.


Ertalabki nonushtadan so’ng didaktik o’yin faoliyati boshlandi. Ya’ni hafta mavzusi “Navro’z bayrami bo’lganligi sababli hafta mavzusiga mos markazlarga bo’lib dars o’tish boshlandi. Qurish va yasash markazi bo’yicha “Qush uyasi” yashaldi. Bolalar A4 oq qog’ozga rangli qog’ozlardan kesilgan shakllardan qush uyasini yasashni boshladilar. Keyin syujetli rolli o’yinlar markazi bo’yicha “Qo’g’irchoq sayohati” sahnalashtirildi. Bolalar qo’g’irchoqqa mavsumga mos kiyimlarni tanlab kiydirishdi. Undan so’ng esa, til va nutq markazi bo’yicha tarbiyachi bolalar bilan birgalikda “Bahor haqida”hikoya tuzishdi. Bolalar bu mashg’ulotdan oldin bahor to’g’risida videorolik tomosha qilishdi.


Didaktik o’yinlar tugallangandan so’ng bolalar bilan sayrga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar sayrga chiqish uchun kiyimlari va oyoq kiyimlarini kiyishdi. Keyin esa saf bo’lib sayrga chiqdik. Bog’chaning bog’ida bolalar erkin o’yin faoliyati bilan shug’ullanishdi. Undan so’ng esa sayr tugadi va xonaga qaytdik.

Sayrdan qaytganimizdan so’ng bolalar bilan birgalikda qo’llarimizni yaxshilab yuvdik. Bolalar qo’larini yuvganlaridan so’ng esa joylariga kelib o’tirishdi. Hamda tushlik tayyor bo’lgandan so’ng , bolalar birinchi ovqatni yeyishni boshlashdi. Birinchi ovqat bugun bolalar uchun makaronli sho’rva edi bolalar birinchi ovqatni yeb bo’ganlaridan so’ng ikkinchi ovqat ya’ni jarkob yeyishdi. Tushlikdan so’ng esa qo’llarini yuvishdi.


Bolalar qo’llarini yuvib kelganlaridan so’ng kunduzgi uyqu uchun uyquga yotishdi.





Men bolalar bilan salomlashdim va ota-onalari bilan ham yaxshilab tanishib oldim. Keyin esa bolalarning mustaqil o’yin faoliyatlarini kuzatdim.Keyin esa bolalar bilan birgalikda ertalbki gimnastika mashg’ulotlarida ishtirok etdim.
Men bolalarning qo’llarini yuvishlariga yordamlashdim hamda nonushtaga tayyorgarlik uchun tarbiyachi yordamchisiga yordam berdim. Bolarning nonushtalari juda foydali ekanligi meni juda quvontirdi.

Men bolalarning didaktik o’yinlarda qanchalik faol ishtirok etganlarni kuzatib bordim. Shu bilan birgalikda, menga tarbiyachining har bir bolani rag’batlantirib turishlari juda ham yoqdi. Bolalar bu holatdan juda xursand bo’lishdi. Bu bolalarga keyingi faoliyatlarini yana ham yaxshi bajarishlariga ko’maklashdi.shu bilan birgalikda bolalarning markazlar bo’yicha faoliyat olib borishlari hatijasida ular juda yaxshi rivojlanayotganlarini yaqqol guvohi bo’ldim.





Bolalar bilan birgalikda sayr qildim. Ular bilan birgalikda erkin o’yin faoliyatlarida ishtirok etdim. Bolalarning erkin o’yin faoliyatida bir-birlarini hurmat qilishlari mani juda quvontirdi. Undan so’ng bog’chaning bog’ida sayr qildik va sayr tugagandan so’ng xonaga qaytdik.


Sayrdan so’ng bolalarni qo’llarini yuvishga yordamlashdim. Keyin esa tushlik uchun idishlarni joylashga tarbiyachi yordamchisiga yordamlashdim. Bolalarning tushlik qilishlarini kuzatdim. Tushlik juda bolalar uchun foydali ekanligi meni juda quvontirdi.





Bolalar uxlash jarayonlarida tarbiyachi menga ish tartiblari, ish usullari haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar.












실습생
평가
Amaliyotchi
o’quvchi bahosi
Oценка студента-практиканта







이와 같은 내용을 확인합니다. Yuqoridagi mazmunni tasdiqlayman.
Утверждаю вышеуказанное.
____________________(подпись ответственного воспитателя или методиста)




Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling