7.30-9.00.
9.00-9.30.
9.30-11.20.
11.20-12.00.
12.00-12.50.
12.50-15.20.
|
Bugun bolalar bog`chaga kechroq kelishdi. Tarbiyachi ota-onalar bilan farzandlari haqida suhbatlashdi.Qabul vaqtida ota-onalar bilan bolaning bugungi kayfiyati haqida, sog`lig`I haqida qisqacha suhbat olib borildi. Bolalar xonada mustaqil faoliyat olib borishdi. Hamda tarbiyachi ertalabki badantarbiyani boshladi. Birinchi, sekin harakatlardan keyin harakatlari tezlashdi.
Nonushtaga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar uchun nonushtaga yengil kasha va shirchoy berildi. Nonushta uchun idishlar qo`yilib, kashalar suzilgandan so`ng bolalar qo`llarini yuvib, sekin kelib stol atrofiga joylashishdi.
Bolalar nonushta qilib bo`lgandan so`ng, o`yinli ta`lim faoliyati boshlandi. Hafta mavzusi “ Onajonlar kuni” bo`lganligi sababli ta`lim-tarbiya faoliyati ham shunga mos holatda o`tkazildi. Mashg`ulotlat hafta davomida” rivojlanishning 5 ta markazi” bo`yicha olib borildi. Qurish va yasash markazi bo`yicha boalar onalari uchun lego va kublar yordamida mebel yasashdi. Keyin bolalarning bir joyda o`tirishi zararli bo`lganligini hisobga olgan holda tarbiyachi bolalar bilan jismoniy daqiqa olib bordi. Keyin esa til va nutq markazi bo`yicha L.Kasimovaning “Ona haqida” hikoyasini syujetli rasmlar orqali ko`rib tinglashdi. Shu bilan birgalikda tarbiyachi ulardan eshitgan hikoyalari bo`yicha tushunganlarini gapirib berishlarini so`radi va ba`zi bolalar tushunganlarini gapirib berishdi. Fan va tabiat markazi bo`yicha tarbiyachi bolalarga tomchining sayohatini tushuntirib berdi. Birinchi, bolalar tomchi haqida video tomosha qilishdi. Keyin esa tarbiyachi issiq suvni kosaga soldi va ustini yopib qoydi, suv bug`lanib tarelkadan tiomchi holatida tushdi. Bo0lalar bu orqali yomg`ir qanday paydo bo`lishini bilib olishdi.
Ta`lim va tarbiya faoliyati tugagandan so`ng sayrga tayyorgarlik boshlandi. Bolalar qo`llarini yuvib kelib, kiyimlari va oyoq kiyimlarini kiyishni boshladilar. Hamda saf holatda yurib sayrga chiqdik. Bog`chaning hovlisida bolalar erkin o`yinlar o`ynashdi. Undan so`ng esa bog`chaning bog`ini aylanib sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalar qo`llarini navbatma-navbat yuvishdi va joylariga kelib o`tirishdi. Tushlik uchun tayyorgarlik boshlandi. Hamda tushlik uchun idishlar qo`yilib, birinchi ovqat ya`ni karamli sho`rva suzildi. Bolalar sekin kelib o`z joylariga joylashishdi. Hamda tushlik qilishni boshlashdi. Birinchi taomni yeb bo`lganlaridan so`ng ikkinchi taom ya`ni osh suzildi. Bolalar ovqatni ishtaha bilan tanovvul qilishdi.
Bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng, qo`llarini yuvib kelib, kunduzgi uyqu uchun tayyorgarlik ko`rishni boshlashdi. Ya`ni bolalar yotoq uchun qulay bo`lgan kiyimlarini kiyishdi va o`z o`rinlariga borib uxlashdi. Tarbiyachi bolalar tezroq uxlashlari uchun ularga ertak o`qib berdi.
|
Bugun men bolalarni xursand holatda ko`rganimdan xursand bo`ldim. Ular ham meni 2- marta ko`rib turganlaridan xursand bo`lishdi. Ota-onalar va tarbiyachi o`rtasidagi samimiy munosabat menga yoqdi. Bolalar o`zlarini mustaqil faoliyatda erkin holatda harakat qilganliklari menda bolalarni o`z bog`chasini juda yaxshi ko`rishligi haqida taassurot uyg`otdi. Ertalabki badantarbiyada bolalar bilan birgalikda men ham ishtirok etdim.
Men nonushtaga tayyorgarlik uchun tarbiyachi yordamchisiga yordamlashdim. Undan so`ngbolalajonlarni stularini stol atrofiga terib chiqdim. Shu bilan birgalikda, menga kasha, saryog`li non va shirchoylar juda ham mazali va bolalar uchun juda foydali ekanligi ma`qul keldi.
Bolalar nonushta qilib bo`lgandan so`ng, tarbiyachi yordamchisiga idishlarni yig`ishga yordam berdim. Qurish va yasash markazi bo`yicha bolalarning onalari uchun legolar va kublar orqali qurgan mebellari manga juda ham yoqdi. Men bolalarga mebel qurishlarida yordam berib turdim. Shu bilan birgalikda, tarbiyachining bolalarning sog`lig`ini o`ylagan holda jismoniy daqiqa o`tkazgani va bolalarning bu mashg`ulotdan juda kayfiyatlarining ko`tarilgani meni juda ham xursand qildi. Keyin esa til va nutq markazi bo`yicha “Ona haqida” hikoyani tingladim.
Undan so`ng esa bolalar bilan birgalikda tomchi haqida videoni tomosha qildim. Keyin esa, tarbiyachining tomchi haqidagi tajribalarini kuzatib bordim.
Sayrga tayyorgarlik uchun bolalarning kiyinishlariga va oyoq kiyimlarini kiyishga yordamlashdim.yordam berdim. Hamda bolalar bilan sayrga chiqdik. Sayrda bolalarning mustaqil o`yin faoliyatlarini kuzatdim. Keyin bolalar bilan birgalikda sayrdan qaytdik.
Sayrdan qaytganimizdan so`ng bolalarni qo`l yuvishlari uchun yordamlashdim. Hamda tushlikka tayyorgarlik uchun tarbiyachi yordamchisiga idishlarni taxlashga yordam berdim. Hamda ovqat yemayotgan bolalarni ovqat yeyishlari sog`lig`lari uchun yaxshi ekanligini ta`kidlab o`tdim.
Men bolalar tushlik qilib bo`lganlaridan so`ng ularning qo`llarini yuvishlariga yordamlashdim. Keyin esa ba`zi bolalarga yotish uchun kiyimlarini kiyishga yordam berdim. Hamda, bolalar uxlab qolishgandan so`ng, tarbiyachi bizga ish faoliyati va o`qitish metodlari haqida tushuntirib berdi.
|