Men bugun ba’zi bolalarning ota-onalari bilan tanishdim. Keyin bolalar bugun bog’chaga yaxshi kayfiyatda kelganlaridan juda xursand bo’ldim. Hamda bolalarni qo’llarini yuvishga yordamlashdim. Keyin esa ular bilan ertalabki badantarbiyada ishtirok etdim. Ertalabki badantarbiyadan so’ng bolalar ancha tetiklashishdi.
Men nonushtaga tayyorgarlik uchun tarbiyachi yordamchisiga idishlarni joylashga yordam berdim. Keyin esa bolalarning nonushta qilishlarini kuzatdim. Nonushta uchun tayyorlangan ovqat va ichimliklar bolalarning sog’lig’I uchun juda ham foydali va vitaminlarga boy ekanligi meni juda quvontirdi. Nonushtadan so’ng esa bolalarning qo’llarini yuvishga yordamlashdim.
Bolalarning bayramga taklifnoma yasashlari uchun yordam berdim. Keyin esa ularning xatti-harakatlarini kuzatib bordim. Keyin esa Supermarketda holati sahnalshtirildi. Bolalar bilan birgalikda bu vaziyatda ishtirok etdim. Bolalarning qog’oz pullardan to’g’ri foydalanishlari va rollarini maromida o’ynashlari meni juda quvontirdi.
Undan so’ng esa bolalar bilan birgalikda “Bahor mavzusi vo’yicha she’r yodladik. Bolalarning xotirasi yaxshi ekanligi va she’rni tez eslab qolishlari mani hayron qoldirdi.
Bolalar bilan birgalikda sayr qildim. Ular bilan birgalikda erkin o’yin faoliyatlarida ishtirok etdim. Bolalarning erkin o’yin faoliyatida bir-birlarini hurmat qilishlari mani juda quvontirdi. Undan so’ng bog’chaning bog’ida sayr qildik va sayr tugagandan so’ng xonaga qaytdik.
Sayrdan so’ng bolalarni qo’llarini yuvishga yordamlashdim. Keyin esa tushlik uchun idishlarni joylashga tarbiyachi yordamchisiga yordamlashdim. Bolalarning tushlik qilishlarini kuzatdim. Tushlik juda bolalar uchun foydali ekanligi meni juda quvontirdi.
Bolalar uxlash jarayonlarida tarbiyachi menga ish tartiblari, ish usullari haqida tushuntirish ishlarini olib bordilar.
|