Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Nerv to‘qimalarining rivojlanishi


Download 49.37 Kb.
bet11/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Nerv to‘qimalarining rivojlanishi. Nerv to'qimalari organizmning embrional rivojlanishi davrida ektodermadan hosil bo'ladi,
ya’ni dastlabki davrda ektodermaning dorzal qismida kam tabaqalangan,
ko'payish xususiyatiga ega hujayralardan nerv plastinkalari hosil
bo'ladi. Nerv plastinkalarining chetlari asta-sekin yo'g'onlashib borib
nerv naychasiga aylanadi. Silindr shaklidagi hujayralar ko'payishi
natijasida nerv naychasi qalinlashib uch qavatga bo'linadi: ichki—
ependima qavati, o'rta-mantiya qavati (yoki yopqich qavat), tashqichekka vual qavati.
Bu qavat asosan oldingi qavat hujayralarining
o'simtalaridan tarkib topadi. Ikkinchi va uchinchi qavatlar birinchi
qavatni tashkil etuvchi hujayralarning ko'payishi va boshqa joyga
ko'chishi natijasida hosil bo'ladi. Bu qavatlar hujayralaridan neyroblast,
spoigioblast hujayralari va neyroblast o'simtalari paydo bo'ladi.
Neyronlar hosil bo'lishida dastlab nerv sistemasnning o'zagi deb
atalmish neyroblastlar hosil bo'ladi. Neyroblastlaming o'simtalari esa
bir tomonga yo'nalib (o'sib) markaziy nerv sistemasi bilan periferik
nerv sistemasi o'rtasida impuls o'tkazuvchi «no'l» ga aylanadi.
Neyrogliya hujayralari paydo bo'lishida esa oldin spongioblastlardan
ependima hujayralari, so'ng oligodendrotsitlar hosil bo'ladi.
Oligodendrotsitlar bo'Isa, nerv naychasi tashqarisiga chiquvchi aksonlar
tutamiga qo'shiladi. Keyin yalang'och qolgan aksonlar asta-sekin nerv
tolalariga aylanadi va hakazo.
Nerv to'qimalarining regeneratsiyasi. Nerv to'qimalari regeneratsiyasi haqida shuni aytish mumkinki, masalan, nerv tolasi
shikastlansa, shikastlangan joyidan buyog'I degeneratsiyaga uchraydi,
ya’ni ajrab qolgan o'simta kesig'I yo'g'onlashib va ingichkalashib, 2-5
kun deganda yorilib bo'lakchalarga bo'linib ketadi. Keyinchalik ko'p
o'tmay, bu bo'lakchalar multipotensial gliyalar, leykotsitlar va
astrotsitlar ishtirokida fagositoz qilinadi va so'rilib ketadi.
Qavat-qavat bo'lib turgan mielin qoldiqlarini esa yuqoridagi hujayralar qamrab oladi. Natijada ular sitoplazmasida ko'plab qavatma-qavat miyelinli tanachalar
paydo bo'ladi. Neyronning shikastlangan joyidan buyog'idagi kesik
o'simta yemirilayotganda multipotensial glial hujayralar bilan astrotsitlar nobud bo’lmaydi, aksincha, zo‘r berib mitotik bo’lina
boshlaydi.
Nerv tolalarining qoldig‘ini hazm qilib bo’lgach, uzun tasma
hosil qiladi. Nariroq borib esa mana shu lemmotsit tasmalaridan
o‘simtalar chiqadi, ulardan esa keyinchalik neyron tanasi bilan
bog’lanadigan oraliq o‘simtalar hosil bo’ladi. Shikastlangan nerv tolasi
o'm ida shu usulda yangi tolalar hosil boMadi. Ammo, markaziy nerv
sistemasining shikastlangan joyida bunday mitotik bo’linish yuz
bermaydi.
Demak, unda regeneratsiya jarayoni bormaydi. Nerv to'qimasining
hujayraviy regeneratsiyasi bo’lmasligi, hujayra ichki regeneratsiyasining
bo’lishi uning vazifasiga bog’liqdir. Chunonchi, bosh miya
po‘stlog’ining yoki orqa miyaning vazifasi atrofdagi va hatto uzoqda
joylashgan turli xil organlardagi neyronlar va boshqa to'qima hujayralari
bilan muttasil bog’liqdir.
Chunki ularda neyron tanasini tomirlar,
muskullar, bezlar va boshqa a ’zolar bilan tutashtirib turuvchi minglab
o‘simta!ar borki, shu o'simtalar yordamida bosh miya ham, orqa miya
ham «xabardor» bo’lib turadi. Bordiyu, hujayralar bo’linishi yo’li bilan
regenetratsiya bo’ladigan bo’lsa, mazkur bog’lanishlar buzilib ketgan
bo’lar edi. Hujayra ichida regeneratsiya bo’lganda esa neyronlarning
bog’lanishi buzilmay qoladi, hujayra ichidagi elementlar esa yangilanadi
va hokazo
Nerv to'qimalarining bunday regeneratsiyasi aniqlangach shu
vaqtgacha fanda nerv hujayralari ko'paymaydi, hayvonlar embrionida
qancha neyron bo’lsa, shuncha neyron bilan yashab o'tadi, degan
nazariyaga chek qo'yildi.

Yangi tug’ilgan hayvon bolasining ovqat hazm


qilish sistemasidagi neyronlar soniga qaraganda voyaga yetgan
hayvonlar ovqat hazm qilish sistemasidagi neyronlar soni ancha ortiq
bo’lishi hozir fanga malum. Bu ikki yo’l bilan: kam tabaqalangan
neyroglial elementlarning yashash mobaynida (tugilgandan keyin)
neyronlarga aylanishi orqali va tabaqalanib bo’lgan nerv hujayralarining
ichki mitotik bo’linishi orqali yuzaga keladi.
Hayvonlarning biror organi
(masalan, oyoqlari) ning nervi shikastlanishidan harakatdan qolsa yoki
sezgisini yo'qotsa va vaqt o'tishi bilan bu holat tiklanishi mana shu nerv
hujayralari regeneratsiyasi tufayli sodir bo’ladi. Buni yuqorida nerv
tolasi shikastlangandagi degeneratsiya va regeneratsiya hodisasi
misolida ko‘rib o ’tdik.

Xulosa:
Nerv to‘qimalari jami bir butun bo‘lib, organizmda yuqori
darajada ixtisoslashgan va takomillashgan murakkab nerv sistemasini
tashkil etadi. Bu sistema har qanday tashqi va ichki ta’sirni qabul qilib,
markaziy nerv sistemasiga yetkazib berish va u yerda analiz-sintez
jarayonida hosil bo'lgan javob impulsini (reaksiyasini) harakat
organlariga yetkazib berish kabi o ‘ta murakkab vazifani bajaradi.
Demak, nerv sistemasi orqali organizmda doimo tashqi va ichki muhit
bilan uzluksiz bog‘lanish bo‘lib turadi.
Umuman olganda, nerv to'qimasi ikkita katta tarkibdan: o'ziga xos
vazifani bajaruvchi nerv hujayralaridan va to'qimada tayanch, trofik,
sekretor, himoya vazifalarini bajaruvchi bir necha xil neyrogliyadan
tashkil topgan. Bular hammasi bir butun holda organizmda morfologik
va funksional jihatdan yaxlit nerv sistemasini tashkil etadi.
Nerv to'qimasi tarkibida faqat sezuvchi (markazga intiluvchi) va
harakat (markazdan qochuvchi) nervlari uchrab qolmay, balki uchinchi
guruh - oraliq (assotsiativ) neyronlar ham uchraydi. Ular bir neyrondan
ikkinchi neyronga impuls o'tkazish vazifasini bajaradi. Masalan,
impulsni ular afferent neyrondan efferent neyronga o‘tkazishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. S. To’ychiyev, N. Toshmanov “ Sitologiya, Embriologiya, Gistologiya” Toshkent- 2005

  2. E. Qodirov “ Gistologiya” Toshkent-2012

  3. K.A.Zufarov “Gistologiya” Toshkent-1991

  4. Sh.I.Ibrohimov “Sitologiya, Gistologiya, Embriologiya” Toshkent-1998

  5. Manuilova Ye. “Gistologiya bilan embriologiya asoslari” Toshkent-1976

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling