Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)


Download 49.37 Kb.
bet6/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Sezuvchi nerv uchlari (retseptorlar)
Tashqi va ichki ta’simi, odatda, sezuvchi nerv uchlari qabul qiladi,
ularni fanda retseptorlar deyish rasm bo'lgan. Binobarin, retseptorlar
sezuvchi nerv uchlari bo'lib, ta’sirni qabul qilish va uni impulsga
aylantirish, markaz tomon uza-tib berish xususiyatiga ega.
Hamma retseptorlar ikkita katta guruhga bo'lipadi:
1)eksteroretseptorlar -ta’sirni tashqi muhitdan qabul qiladigan retseptorlar;
2) interoretseptorlar-ta’sirni organiarning ichki qismidan qabul qiladigan retseptorlar.
Bundan tashqari, ta’sirni qabul qilish xarakteriga qarab, yana bir necha
xil retseptorlar uchraydi. Masalan, issiq-sovuqni sezadigan retseptorlar
(termoretseptorlar), baroretseptorlar (bosimni sezadigan), xemoretseptorlar (kimyoviy ta’simi sezadigan), mexanoretseptorlar (mexanik
ta’sirni sezadigan) va hokazo. Og'riqni sezuvchi retseptorlar ham shular
jumlasiga kiradi. Ular og'riqni sezib, alohida ingichka mielinsiz nerv
tolalari orqali impulsni MNS ga uzatadi.
Sezuvchi nerv uchlari morfologik tuzilishiga ko'ra ikkita katta
guruhga bo'linadi: 1) erkin sezuvchi nerv uchlari. Bunda o'q silindr nerv
uchlarining tarmoqlari bevosita innervatsiya qilishi kerak bo'lgan
to'qima hujayralari orasida yotadi (masalan, Merkel hujayralari, quyiga
qarang);
2) erkin bo'lmagan sezuvchi nerv uchlari. Bunga nerv
tolalarining hamma komponentlari, ya’ni o'q silindr tarmoqlari, ta’sirni
qabul qilishga moslashgan gliya va epiteliy hujayralari kiradi.
Erkin bulmagan nerv uchlari, bundan tashqari, biriktiruvchi
to'qimadan iborat kapsula bilan o'ralgan-o'ralmaganligiga qarab ham
ikkiga bo'linadi:
1) kapsulaga o'ralgan nerv uchlari. Bunda nerv uchlari biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsulaga o'ralgan bo’ladi;
2)kapsulaga o ‘ralmagan nerv uchlari-kapsulasi bo’lmaydi.
Yuqorida barcha nerv uchlari o’ziga xos fiziologik xususiyati va
morfologik tuzilishiga ko’ra bir-biridan farq qiladi, deb aytib o’tgan
edik. Shulardan ayrim nerv uchlari bilan tanishib chiqamiz.

Download 49.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling