Ⅱ. Asosiy qism 1 Nerv hujayralarining tuzilishi va vazifasi


Download 49.37 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi49.37 Kb.
#1581578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira gistologiya

Genital tanachalar jinsiy organlarda, organizmning boshqa
joylarida, biriktiruvchi to'qima tarkibida ham uchraydi. Boshqa
tanachalardan asosiy farqi shundaki, bunda kapsula tanachasiga
odatdagidek bitta nerv tolasi kirmay, balki bir nechta nerv tolasi (2-3
tagacha) kiradi va ko'p miqdorda oxirgi tarmoqlarni hosil qiladi.
Krauze kolbasi ko'p tarmoqlangan bo'lib, bu ham tashqi
biriktiruvchi to'qimadan iborat kapsula va uning ichida joylashgan
oxirgi sezuvchi tarmoqlamn o'rab turuvchi neyroglial kolbadan tashkil
topgan. Adabiyotlarda yozilishicha, bu tanacha issiq-sovuqni sezishda
ishtirok etadi.
Skelet muskullaridagi retseptorlar morfologik tuzilishiga ko'ra
boshqa nerv uchlariga qaraganda o'ziga xos tuzilishga ega. Ular nervmuskul duklari deb ham yuritiladi. Ular tashqi tomondan biriktiruvchi
to'qimadan iborat kapsula bilan o'ralgan bo'lib, ichida bir nechta
yo'g'on va ingichka muskul tolalari bor. Bu o'rinda skelet muskullarn
o'zining ko'ndalang yo'lli tuzilishini yo'qotgan. Tolachalar orasida
o'ziga xos to'qima suyuqligi boMadi. Markazda joylashgan har bir
muskul tolasi juda ko'p sezuvchi nerv uchlari bilan spiral shaklda
chirmashib ketgan. Muskul tolachalarining ayrimlaridagi yadrolar
tolaning o'rtasida to'p-to'p bo'lib turadi.
Shu xususiyatlarga asoslanib, ular yadrolar xaltachasi deyiladi.
Boshqa muskul tolachalarida esa yadrolar tolacha bo'ylab uzunasiga
zanjirga o'xshab joylashgan. Dukning kengaygan ko'p yadroli markazini
ekvatorial zona deyiladi. Bu yerda yadrolar to'p-to'p bo'lib joylashgan va tolalar uchi dukning qarama-qarshi qutblarida yakunlanadi. Tuzilishi
jihatidan ular harakat nervi uchlariga, motor pilakchalariga o'xshaydi.
Neyronlararo sinapslar nerv hujayrasi qismlarining bir-biri bilan
birikadigan joyi bo'lib, ular, asosan, uch xil bo'ladi.
1) Aksosomatik sinaps — birinchi neyroning akson o'simtasi
ikkinchi somatik neyron tanasi bilan tutashgan joy.
2) Aksodendritik sinaps - bu, birinchi neyron aksoni bilan ikkinchi
neyron dekdriti o'simtasi tutashgan joy.
3) Aksoaksonal sinaps. Ikkita akson o'simtasi o'rtasida sodir
bo'lib, m a’lum bo'lishicha, bunday sinapslardan qo‘zg‘atuvchi ta’sir
o'tmaydi, ya’ni aksosomatik va aksodendritik sinepslardan o'tgan
ta’sirni u tormozlab qo'yadi, deb taxmin qilinadi.
Sinapslaming shakli har xil bo'lishiga qaramay, ularning
morfologik tuzilishi bir-bnriga deyarli o'xshaydi. Aksonning
harakatlanadigan uchi qisman kengayadi, ichida esa ko'p miqdorda, har
xil kattalikda, ya’ni 400-900 A ga teng pufakchalar paydo bo'ladi.
Bularga sinaptik pufakchalar deyiladi. Bu yerda mayda mitoxondriylar
ham ko'p uchraydi.
O'simtalar o'rtasidagi sinapsda 200 A ga teng keladigan bo'shliq
bo'lib, unga sinapslararo yoriq deyiladi. Unda spetsifik moddalar bo'lib,
ularga mediatorlar deyiladi. Ularning vazifasi ta’sirning bir neyrondan
ikkinchi neyronga o'tishini ta’minlashdir. Mediatorlar, odatda, nerv
uchlaridan ajralib, sinaps bo'shlig'iga o'tadi. Neyronlar tipiga qarab
mediatorlar har xil bo'ladi.
Xuddi shuningdek, ishlab chiqaradigan
mediatorlariga qarab, neyronlar ham har xil bo'ladi:
1. Xolinergik sinaps (atsetilxolin ishlab chiqaradi).
2. Adrenergik sinaps (dofamin, noradrenalin, y a’ni katexolaminlar
ishlab chiqaradi).
3.Seratonin — ergik sinaps (serotonin ishlab chiqaradi).
4. Peptiergik sinaps (peptid va aminokislotalar ishlab chiqaradi)
Keyingi vaqtlarda bulardan tashqari, boshqa mediatorlar ham
borligi aniqlandi, masalan, gistamin, glitsin shular jumlasidandir. Har bir
sinapslarda presinaptik va postsinaptik qutblar bo'lib, presinaptik
qutbdagi membranalarda yuqorida ko'rsatilgan mediatorlar ishlanib
chiqadi. Postsinaptik membrana esa o'ziga xos oqsil modda ishlab
chiqaradi.
5.Elektrotonik sinaps - bunda nerv hujayralari bir-biri bilan zi
birikib, o‘rtasida sinaptik yoriq deyarli qolmaydi.
Ma’lumki, neyrosekretor hujayralar umurtqali hayvonlardan
tashqari, umurtqasizlarda ham uchraydi. Neyrosekretor hujayralar
deyilishiga sabab o ‘zida mukoproteid yoki glikolipoproteid xossasiga
ega bo‘lgan sekret donachalarini tutgan neyronlardan iborat bo’lishidir.
Endilikda ana shunday sekret ishlab chiqaruvchi neyronlar
neyrosekretor hujayralar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Ular fiziologik jihatdan neyronlar beigilariga ega bo’lishi bilan birga bez hujayralari xususiyatlarini ham o'zida saqlagan boMadi. Binobarin, hosil bo’lgan
sekretlar hujayra aksonlari bo‘ylab oqib kelib, oxirgi shoxlangan yerda
hujayradan chiqadi. Bu o‘rinda shuni aytib oMish kerakki, hujayra
mahsulotlari (sekretlar) sinaps yorigMga emas, balki bevosita qonga yoki
miya suyuqligiga o’tadi. Sitoplazma qismida sekret pufakchalari va
donachalari bo’ladi.
Umurtqali hayvonlarda bunday nerv hujayralari
bosh miyaning gipotalamo - gipofizar qismida uchraydi. Hujayralarning
sekreti umurtqasiz hayvonlarda metamorfoz va xromotofor vazifalarini
bajaradi, ya’ni hujayralarning tashqi rangini belgilaydi.
Gipotalamus sohasidagi neyrosekretor hujayralar mahsulotining
kimyoviy tarkibiga ko'ra ikki guruhga boMinadi:
1)peptidergik hujayralar;
2) monaminergik hujayralar.
Nomidan ko‘rinib tuiibdiki, birinchisi peptid gormonlar ishlab
chiqarsa, ikkinchisi monamin gormonlar - noradrenalin, serotonin,
dofamin ishlab chiqaradi. Peptidergik gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor hujayralarni ham o’z navbatida ikkiga bo’lish mumkin:
a) visserotrop gormonlar ishlab chiqaradigan
b) adenogipotlzotrop gormonlar ishlab chiqaradigan hujayralar.
Bulardan visserotrop gormonlar visderal organlarga ta’sir qiladi. Bunday
gormonlarga: vazopressinlar va ularning gomologlari kiradi.
Adenogipofizotrop gormonlar esa adenogipofizning bezsimon
hujayralari faoliyatini boshqarib turadi. Bular orasida adenogipofiz
hujayralarining bez funksiyalarini kuchaytirib turadigan liberin yoki
aksincha susaytiradigan statinlar ham bor.
Monaminergik gormonlar ishlab chiqaradigan neyrosekretor
hujayralar o'z neyrogormonlarini asosan gipofiz orqa bo'lagining portal
tomir sistemasiga chiqaradi.Shunday qilib, sutemizuvchi hayvonlarning gipotalamik neyrosekretor sistemasi sitologik jihatdan ham, gistologik jihatdan ham nihoyatda murakkab differensiyalangan sistemadir. Ular nerv sistemasi
bilan ham, endokrin sistemasi bilan ham yaqindan bog'liq faoliyat
ko‘rsatadi.

Neyrogliyalar nerv to‘qimalardagi yordamchi struktura


elementlari qatoriga kiradi. Ular nerv to'qimalarida tayanch, chegaralab
turish, gomeostatik, himoya va trofik vazifalarni bajaradi. Organizmning
embrional rivojlanishi davrida neyrogliyalar ektodermadan rivojlanadi.
Neyrogliya ikkiga bo'linadi: makrogliya - gliotsitlar va mikrogliya - glial makrofaglar (67-rasm). O'z navbatida makrogliyalar bir
necha xilga bo'linadi: ependimogliya, astrotsitgliya. multipotensialgliya
va oligodendrogliyalar.


  1. Download 49.37 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling