0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va


  Xlorsiz  kaliyli  o'g'itlar olishda  qaysi  m inerallardan foydalanish  m u m k in ?


Download 5.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana11.11.2017
Hajmi5.63 Mb.
#19860
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59

7. 

Xlorsiz  kaliyli  o'g'itlar olishda  qaysi  m inerallardan foydalanish  m u m k in ?

8.  K aliyli  o'g'itlarning  tuproq  bilan  t a ’sirlashish   m exanizm i  q a n d a y ?

9.  K a liyli  o 'g 'itla r  ek in la r  h osildorligi  va   h o sil  sifatiga  q a n d a y   t a ’s i r  

q ila d i?

VII  bob.

  M IK R O E L E M E N T L A R   VA  M IK R O O ‘G ‘ITLAR

MIKROELEMENTLARNI  0 ‘RGANISH  BORASIDA 

OLIM LARNING  Q O ‘SHGAN  HISSALARI

Bizni  o'rab  turgan  harnma  narsalar,  jonli  va  jonsiz  mavjudotlar, 

havo,  suv,  tuproq,  hayvon,  o'simliklar  hamda  hammasi  kimyoviy 

elementlarning aralashmasi yoki  birikmasidan  iboratdir. Tabiatda b a ’zi 

elementlar  tez-tez  va  k o ‘p  niiqdorda,  ba’zilari  onda-sonda  va  oz 

miqdorda  uchraydi.  Kislorod  (erkin  yoki  birikma  holida)  eng  ko‘p 

miqdorda  uchraydi.  T uproq  og‘irligining  49,3%  ni  kislorod  tashkil 

etadi.  Masalan,  yod  yer  qobig‘ida  atigi  0,0001%  dir.  Bu  ikki  element 

o'rtasidagi  farq  g‘oyat  kattadir.  Hozirgi  davrda  yer  qobig'ining  tarkibi 

yetarli  darajada to ‘la o'rganilgan.  Uning tarkibida kisloroddan tashqari 

anchagina  kremniy  (26%),  aluminiy  (7,45%),  temir,  kalsiy,  natriy, 

kaliy,  magniy  va  vodorod  bor.  Bu  9  ta  element  yer  qobig'i  butun 

massasining  98%  dan  ko‘prog‘ini  tashkil  etadi,  shuning  uchun  ham 

ular  makroelementlar  deb  ataladi.  Biz  o'rgana  oladigan  yer  qobig'i 

massasining 2%  dan  kamrog‘i boshqaqolgan elementlarga to‘g‘ri  keladi.

Quyida yer qobig‘idagi  b a ’zi  elementlarning Yer qobig'i  og‘irligiga 

ko‘ra  %  hisobida  miqdori  berilgan:

Tabiatda o ‘simlik va  hayvonlar organizmida,  tuproq va  suvda juda 

kam  m iqdorda,  k o ‘p i n c h a   0,001  dan  0,0000000000001%  gacha 

b o ‘ladigan  kimyoviy  elementlarga  mikroelementlar  deyiladi.  Bunday 

elementlarga  rux,  marganes,  bor,  mis,  molibden,  kobalt,  xrom,  yod, 

brom  va  boshqa  elem entlar  kiradi.  Mikroelementlarning yetishmasligi 

o ‘simliklarning  qator  kasalliklarini  keltirib  chiqaradi.  Tegishli  mikro- 

o ‘g‘itlardan  foydalanish  kasallikning  oldini  olibgina  qolmay,  balki

C —0,35 

P - 0 , 1 2  

S - 0 ,1 0  

M n —0,10 

N —0,04 

Z n —0,02 

V—0,02

C u—0,01 



B-0,005 

C o - 0 ,0 2  

M o-0,001 

To—0,001 

J—0,001

R a - 0 , 0000000002



ancha  yuqori  va  sifatli  hosil  olishga  olib  keladi.  M ikroelem entlarning 

ijobiy  ta ’sir  etishining  asosiy  sababi,  ularning  oksidlovchi-qaytaruvchi 

jarayonlarda,  azot  almashinuvida  qatnashishi  o'simliklarning kasallik- 

larga va tashqi muhitning  noqulay sharoitlariga nisbatan chidamliligini 

oshirish  bilan  b o g i iq   bo'ladi.  M ik ro e le m en tlar  t a ’siri  n a tija sid a  

barglarda  xlorofillning  miqdori  oshadi,  fotosintez  kuchayadi,  b u tu n  

o ‘simlikning  assimilyatsion faolligi  oshadi.

K o 'pin cha mikroelementlardan  ultra mikroelementlar deb ataladi- 

gan  guruhga  ajratiladi.  Bunday  e lem entlar  tabiatda  0,00001%  dan 

ham   kam  bo'ladi  (oltin,  simob,  radiy,  uran  va  boshqalar).  Bularning 

aniq  chegarasini  belgilash  qiyin,  ch u nk i  «ultra»  qo'shim chasi  tabiatda 

bunday kimyoviy elementlaming kam  ekanligini ko'rsatadi.  «M ikroele­

mentlar»  degan  nomning  o'zi  h am   m a ’lum  darajada  shartlidir.

Ba’zi  elem entlar  tuproqda  va  to g ‘  jinslarida  (tem ir,  a lum iniy, 

kremniy) k o ‘p miqdorda uchraydi, tirik organizmlarda esa ju da kamdir. 

Tirik  organizmlardagi  asosiy  massani  suvda  oson  eruvchi  birikmalar 

va  gaz  hosil  qiladigan  kimyoviy  ele m en tlar  tashkil  etadi.  Bularni 

organizm  yaxshi  o'zlashtiradi.

Lekin  aluminiy  va  kremniy  yer  qobig‘ida  juda  keng  tarqalgan 

(qum, loy,  liar xil silikatlarning g‘oyat k o'p  qismi ana shu elem entlardan 

tashkil  topgan).  Tirik  organizmlarda  esa  bir  necha  ming  m arta   kam  

chunki  ular organizmda qiyin eriydigan  birikmalar hosil qiladi.  Kobalt 

va  nikel  yer  qobig'ida  tirik  organizmdagiga  nisbatan  tax m in a n   100— 

400  m arta  k o 'p   bo'ladi.  Ammo  tirik  organizm  ucliun  m os  birikma 

hosil  qiladigan  va  tez  eriydigan  kimyoviy  elementlar-  uglerod,  azot, 

fosfor  va  yod  yer  qobig'ida  kam  uchraydi.

O rganizm lar  ham  kimyoviy  ele m en tlar  m iqdorining  k a m   yoki 

ko'pligi  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Masalan,  o'simliklarda  krem niy, 

aluminiy,  hayvon  organizmida  azot,  kalsiy,  fosfor,  ñ o r   yoki  yod  k o 'p  

bo'ladi.  O'simlik  va  hayvonlar  orasida  nav  yoki  turlar  borki,  ularda 

bir  elem ent  boshqa  elementga  qarag an da  ko'p  m iq d o rd a   b o 'la d i. 

Masalan,  dengiz hayvonlarining orgnizmida yod  ko'p bo'ladi.  O'simlik- 

larning m e’yorl rivojlanishi uchun  10 ta kimyoviy elementning zarurligi 

allaqachon  isbotlangan.  Bunday  elem entlarga  kislorod,  v o d o r o d , 

uglerod,  azot,  fosfor, kaliy, kalsiy,  magniy,  oltingugurt va tem ir kiradi. 

O'simlik oziqasi tarkibida yuqorida ko'rsatilgan elementlardan birortasi 

mavjud  bo'lm asa  u  qurib  qoladi.  O'simlik  va  hayvon  organizmlari 

h am   m a ’lu m   miqdordagi  ele m en tlard a n   tashkil  to p g an   deb  uzoq 

vaqtgacha hisoblab kelingan.  Ko'pchilik organizmlardan mis,  mishyak,


rux,  brom ,  marganes  va  boshqa  ba’zi  elementlarning  mavjudligini 

tasodifiy hoi  deb tushuntirilgan.  Maslihur rus olimi akademik  V.I.  Ver- 

nadskiyning tirik organizmning  kimyoviy tarkibi,  yer qobig'i  kimyoviy 

tarkibi  bilan  chambarchas  bog'liqligi  to ‘g‘risidagi  ajoyib  ta'limoti  bu 

masalani  tamomila  yangicha  yoritdi.  V.I.  Vernadskiy  tashqi  muhit 

bilan  organizm  o ‘rtasida  to'xtovsiz  moddalar  almashinib  turishini 

isbotlab  berdi.

V.I.  Vernadskiyni  haqli  ravishda  mikroelementiar  t o 'g ‘risidagi 

t a ’limotning asoschisi  deyish  mumkin.  U tirik organizmlarning normal 

rivojlanishi uchun D.I.  Mendeleyev davriy sistemasidagi deyarli barcha 

elementlarning zarurligini  ko'rsatdi.  Hozirgi vaqtda turli organizmlarda 

70  dan  ortiq  kimyoviy  elementlarning  borligi  analizlar  yordami  bilan 

aniqlangan.  Endilikda  mikroelementiar  tirik  organizmlar  faoliyatida 

m u h im   ahamiyatga  ega  ekanligini  hamma  e ’tirof etadi.

Mikroelementiar,  hatto  ularning juda  ozgina  miqdori  bo‘lmagan 

taqdirda odam  ham,  hayvon  ham,  o ‘simlik  ham yashay olmaydi.  Qora 

mollar oziqasida kobaltning yetishmasligi  hayvonlarda og‘ir kasalliklar- 

ning kelib chiqishiga sabab  b o ‘ladi.  Hammaga  m a’lum b o ‘lgan  bo‘qoq 

kasali  odam  va  hayvon  organizmida yod  yetishmaganida,  ya’ni  tuproq 

va  suvda  uning  miqdori  0,00001  foizdan  kam  bo'lganida  yuz  beradi.

Rux  miqdori  yetarli  boMmagan  tuproqda  o'sgan  o'simlik  barglari 

ola-bula  rangga  kirib  qoladi.  Tuproqlarda  mis,  temir  magniy,  bor, 

marganes va boshqa  kimyoviy elementlarbirikmalarining yetishmasligi 

h am   o'simliklarning  kasallanishiga  sabab  bo iadi.  Biroq  mis,  rux  va 

nikel konlari mavjud bo'lgan hududlarda (Janubiy Ural) ham o ‘simliklar 

kasallanadi.

Atrof-muhitda  ba’zi  bir  kimyoviy  elementlar  miqdorining  oshib 

ketishi  natijasida  ham,  o'sim lik  va  hayvonlar  har  xil  kasalliklarga 

chalinishi  mumkin  ekan.  Masalan,  ichiladigan  suvda  ftor  miqdori 

0,00005%  dan  ortib  ketsa,  odam   va  hayvon  tishining  emal  qavati  ola- 

bula  dog‘lar  bilan  qoplanadi,  suyakda  fiyuoroz  kasali  paydo  bo'ladi.

M ikroelem etlarning  o ‘simliklaming  hayotiy  faoliyatiga  ta ’siri, 

ularning odamlar va hayvonlar hayotiy faoliyatiga ta ’sirini o'rganishdan 

oldinroq boshlandi.  Buning  asosiy sabablaridan  biri,  o ‘simliklar ustida 

eksperimental tajribalar olib  borishning osonligidadir.  Bundan sal kam 

bir  asr  oldin,  1872-yilning  29-yanvarida  rus  olimi  K.A.  Timiryazov 

P e te rb u rg   tabiatshunoslari  majlisida  « 0 ‘simlik  ha yotida  ruxning 

ehtimoliy  ahamiyati»  degan  mavzuda  so‘zga  chiqadi.  Olim  tarkibida 

te m ir  tuzlari  bo‘lmagan  eritm ada  o ‘stirilgan  bir  nechta  tup  makka-


jo'xori  o ‘simligi  ustida  olib borilgan  o ‘z  tajribasini  t a ’riflaydi.  B unday 

muhitda o ‘simlik bargi so'lib, sarg‘ayib qolgan.  Shundan keyin Timirya- 

zov  bir  o ‘simlik  bargini  ternir  tuzi  eritmasi  bilan,  ikkinchi  o'sim lik 

bargini  rux  tuzi  eritmasi  bilan  ho'llagan.  Natijada eritmalarga  tushiril- 

gan  har  ikki  yaproq  ham  yashil  rangga  bo‘yalgan.  Tajriba  natijalari 

o ‘simlik  hayotida  rux  va  temirning  rolinigina  ko ‘rsatibgina  qolmadi. 

Natijalar o ‘simlikka turli  kimyoviy elementlarning zarurligini va bular- 

ning  ozginagina  miqdori  o'simliklarning  holatiga  kuchli  t a ’sir  etishini 

ko'rsatdi.

M ikro elem entlar  t o 'g ‘risidagi  fan  asta-sekin  rivojlanib  bordi. 

K.K.  Gedroys mikroelementlarning b a ’zi o ‘simliklarning hosilini oshirish 

xususiyatiga  ega  ekanligini  aniqladi.  F.V.  Chirikov  bug'doy  hosilini 

hatto  2—3  martaga  ko‘paytirishga  erishdi.  G.  Bertrán  inarganesning 

asosiy funksiyalaridan birini,  lining  oksidlanish-tiklanish jarayonlarida 

ishtirok  etishini  aniqladi.

O'simlikning  rivojlanishida  borning rolini  o'rganish  sohasida  ko'p 

ishlarni  amalga  oshirgan  M.Ya.  Shkolnik  bor  birikmasi  spirt,  shakar, 

va  tarkibida  kislorod  b o igan   organik  moddalar  bilan  tez  reaksiyaga 

kirishib,  perekisga o'xshash organik birikmalar hosil  qilish  qobiliyatini 

kashf etdi.  Bu  organik birikmalar esa o'simlik uchun juda zarur bo'lib, 

uning  ildizini  va  boshqa  organlarini  ham d a  t o ‘qimalarini  kislorod 

bilan  ta ’minlaydi.  Bor  fermentlar  faoliyatiga  ham jiddiy  ta ’sir  ko'rsa- 

tadi.  O'simlik  organizmining  hayotiy  faoliyatida  b orning  roli  ana 

shunday  katta.  M ikroelem entlarni  o 'rganish  va  q o 'lla sh   bo rasid a 

K.A.Timiryazev,  D.N.  Pryanishnikov,  E.V.  Bobko,  M.V.  Katalimov, 

M.Ya.  Shkolnik  kabi  olimlarning  q o ‘shgan  hissalari  m uhim   a ham iyat 

kasb  etadi.  0 ‘zbekiston  tuproqlaridagi  mikroelementlarni  o ‘rganish 

va  paxtachilikda  m ik ro o 'g 'itlar  q o 'lla sh   va  ularning  m e ’y o rla rin i 

o'rganish borasida  E.K.  Kruglova, T.S.  Zokirov,  B.  Isayev,  M.  Aliyeva, 

G.I.  Kobzeva,  A.A.  Karimberdiyeva  kabi  bir qancha  olim larning  ham 

hissalari  katta.

Mikroelementlarning  o'simlik  hayotidagi  roli

Hozirgi  kunga  kelib,  o'simliklar tarkibida  kimyoviy e lem entlardan 

74  tasining  mavjudligi  aniqlangan  bo'lib,  shulardan  16  tasi  o'sim liklar 

uchun  zarur  oziqa  moddalar  hisoblanadi.  O'simlik  quritilib  tekshiril- 

ganda,  uning  tarkibida  45%  kislorod,  42%  uglerod,  6,5%  v o d o ro d   va 

1,5% atrofida azot bo'lib,  bu 4 ta elem ent o'simlik tarkibidagi  kimyoviy



m oddalarning  95%  ini  tashkil  etadi.  Qolgan  12  ta  element  juda  oz 

m iqdorda  bo'lib,  atiga  5%  ni  tashkil  etadi.  0 ‘simlik  tarkibidagi  87% 

uglerod  va  kislorodni  fotosintez  jarayonida  barglari  orqali  havodan, 

vodorodni  suvdan  va  boshqa  qolgan  oziq  moddalarni  esa  tuproqdan 

oladi.

O 's im lik la r   tarkibidagi  m ik ro e le m e n tla r  m iq d o rin i  quyidagi 



m isoldan  yaqqol  ko'rish  mumkin.  1  gektardan  olingan  270  s  qand 

lavlagi  tarkibidagi  makro  va  mikroelementlarning  ulushi  quyidagicha: 

azot  166  kg,  fosfor 42  kg,  kaliy  157  kg,  bor 0,162  kg,  marganes  0,502 

kg,  mis  0,0053  kg,  rux  0,0188  kg,  kobalt  0,002  kg.  Bor,  marganes, 

rux,  molibden,  kobalt,  yod  va boshqalar o'simlik organizmining  100000 

dan  bir  va  hatto  undan  ham   kam  ulushini  tashkil  qilganidan  ular 

m ikroelem entlar  deb  atalgan.  Bor,  marganes,  rux,  mis,  molibden, 

kobalt  o'simliklar  uchun,  rux,  mis,  yod,  marganes,  temir  va  kobalt 

esa insonlar uchun zarur moddalar hisoblanadi.  Bu elementlar organizmda 

yetarli bo'lmasa harxil  kasalliklar kelib chiqishi mumkin.  Masalan: ayrim 

hududlarda  oziq  moddalar  va  icliimlik  suvida  yodning  kamligi  tufayli 

inson  va  hayvonlarda  buqoq  kasalligi  kelib  chiqishi  mumkin.  Tuproqda 

va  yaylovlarda  kobalt  yetishmasligi  esa  «sxotka»  kasalligini  keltirib 

chiqaradi.  Hayvonlarning yungi  to'kila boshlaydi.  Tuproqda  mis bo'lma- 

ganda esa,  qo‘y va qora mollarning kasallanishi, o'simliklarning hosilining 

keskin  kamayib  ketishi  ilmiy jihatdan  isbotlangan.

M a ’lumki,  fermentlar biologik katalizator vazifasini bajaradi.  Mod- 

d a   alm ashinuvi  sintez  va  parchalanish  singari  hayotiy  jarayonlar 

ularning  bevosita  ishtiroki  bilan  kechadi.  Nuklein kislotalar va oqsillar 

sintezining ta ’minlanishida ham   mikroelementlar muhim rol o'ynaydi. 

M olibden  nitratreduktaza  fermenti  tarkibiga  kiradi.  Agar  nitratreduk- 

taza  fermenti  bo'lmasa,  o'sim lik  azotning  nitrat  tuzidan  oziq  sifatida 

foydalana  olmaydi,  natijada  oqsil  sintezlanmaydi.  Mis  esa  oksidlanish 

j ara y o n in i  aktivlashtiruvchi  polifenoloksidaza  va  askorbinoksidaza 

fermentlari  tarkibiga kiradi.  Rux,  marganes ham  ko'pchilik fermentlar 

faoliyatini  yaxshilaydi.

M ikroelem entlar  fotosintez,  nafas  olish  va  boshqa  bir  qancha 

jarayonlarda bevosita ishtirok etadi.  Shu sababli ham  ular o'g'it sifatida 

tu p ro q q a   solinganda,  ekinlarning  hosildorligini  oshiribgina  qolmay, 

ularning  sifatini  ham  yaxshilaydi,  shuningdek hosil shoxlarini  shaklla- 

nishini,  shonalash, gullash va  hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi.

B or  (B ). 

Bor  elementi  (bor  arabcha  «oq  va  zarrabin  modda») 

Farangistonlik  olimlar  J o z e f   Gey-Lyussak  va  Lui  Tener  (1808)  lar


tomonidan kashf qilingan.  0 ‘simliklar tarkibida oradan 50 yil o 'tg ach , 

ma’lum  bo'ldi.

Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tu g u n c h a la r 

to'kiladi,  poya  ham da  ildizning  o'sish  nuqtalari  shikastlanadi.  Bor 

hujayradagi  suv  miqdorini  ko'paytiradi,  oqsil  va  uglevod  a lm ashinuv 

jarayonini  tezlashtiradi.  Bu  qand  m odd alarini  o ‘sish  n u q ta la ri  va 

mevaga  borishini  tartibga  soladi.  0 ‘simliklarning  q urg‘o q c h ilik k a  

bardoshini  oshiradi.

Bor yetishmasa, fotosintezjarayoni sekinlashadi, shuningdek 

0 ‘sim- 


liklarning  ildiz  tizimi  yaxshi  rivojlanmaydi.  O'simliklar tarkibidagi  bor 

miqdori o ‘rtacha 0,0001% yoki  1  kg quruq m oddada 0,1  mg ga tengdir.

Bor tanqisligida o'simliklarda quruq va jigarrang chirish,  sarg'ayish, 

ildizmevalarning  o ‘zaklanishi  h a m d a   bakterioz  kabi  illatlar kuzatiladi.

Kungaboqar,  pomidor,  gulkaram,  beda,  xashaki  ildizmevalilar, 

g‘o ‘za,  zig‘ir,  sholi,  sabzavotlar  va  q a n d   lavlagi  borga  t a l a b c h a n  

0‘simliklar jumlasiga  kiradi.  Tuproq  tarkibida  bor  miqdori  30  m g/kg 

dan  oshib  ketsa, 

0‘simliklarda  zaharlanish  alomatiari  paydo  b o ‘ladi. 

Poyaning pastki qismidagi barglar sarg'ayadi,  to ‘kiladi.  Borning k o ‘pligi 

chorva  m o lla rin in g   salom atligiga  salbiy  t a ’sir  k o ‘rsa ta d i.  T u r li 

tuproqlarda  b o r  tanqisligining  quyi  chegarasi  turlicha  b o ‘l a d i ,b u  

k o 'rsa tk ic h   q o ra   tupro q lard a  0 , 3 —0,6  m g/kg,  b o ‘z  t u p r o q l a r d a  

0,45—2  m g/kg  dan  past  bo'lganda  borli  o ‘g ‘itlar  q o ila s h   lozim .  Borli 

o ‘g‘itlarni  q o ‘llash  natijasida  zig‘ir  (tola)  va  paxtadan  gektariga  2—3 

sentnergacha  q o ‘shimcha hosil olish m umkin.  Qand lavlagi  hosildorligi 

45  sentnerga oshib,  tarkibidagi  qand  m oddasi 0,3—2,1% ga k o ‘payadi.

Agarda  tuproq  tarkibida  bor  m oddasi  b o ‘lmasa,  o'sim lik  yoshlik 

davridayoq o ‘sishdan to ‘xtaydi.  0 ‘simliklarda bor moddasining  yetish- 

masligini  uning  tashqi  ko‘rin ish id a n   y a ’ni,  o ‘sim liklarning  sekin 

o'sishidan,  yosh  poya  va  y a p ro q la rn in g   m o ‘rtlasha  b o s h la s h id a n  

dukkakli 

0‘simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish m u m - 

kin.  Bu  hoi  o'simliklarda  oziqa  m oddalari  harakat  qiladigan  y o 'lla r 

faoliyatining  buzilishiga  bog'liqdir.

Bor h a m m a  elementlarga bir xil  m iqdorda zarur emas.  Tarkibidagi 

borning  miqdoriga  qarab,  ular  bir  biridan  kuchli  farq  qiladi.  Arpa, 

bug'doy,  tariq,  suli,  makkajo'xori  kabi  bir  pallali 

0 ‘simliklarda  bor 

juda  kam  b o ‘ladi,  ikki  pallali  o'sim liklarda  esa  ju da  ko‘p  b o i a d i .  

0 ‘simlik tarkibida bor qanchalik k o ‘p bo'lsa,  u borning yetishmasligini 

shunchalik  tez  sezadi.  Bir  o 'sim lik n in g   o'zida  (ildizda,  p o y a sid a , 

yaprog'ida,  gulida)  turli  vaqtda  m ikroelem entlar  m iqdori  tu rlic h a


b o ‘ladi.  Demak,  o ‘simliklarning  borga  bo‘lgan  talablari  turlichadir. 

B a’zi  o'simliklar  shonalash  davrida  borga juda  boy  bo'ladi.  Masalan: 

shu davrda kungaboqar yaprog‘ida uning miqdori 0,005% gacha yetadi, 

boshqa  davrlarda  esa  ju d a   kam  bo ‘ladi.  Tem peraturaning  o ‘zgarib 

turishi ham o'simlikning borga bo'lgan talabiga ta ’sir ko'rsatadi,  harorat 

pasayganda  borga  b o ‘lgan  talab  ham  pasayadi.

Bularning hammasi o ‘simliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tuproqni 

tashqi  muhit  va  boshqalarni  hisobga  olmay  turib,  mikroelementlami  bir 

xilda  qo'llash  mumkin  emasligini  yana bir bor  ko'rsatadi.

Mis  (Cu).  Mis mikroelementi oksidlovchi  fermentlar gumhi tarki- 

biga  kiradi  va  o'sim lik  havotida  asosiy  element  hisoblanadi.  As- 

korbinoksidaza  fermenti  tarkibida  0,15-0,25%  mis  bor.  Shu  mikroe- 

lem ent  yetishmaganda  polifenoloksidaza  umuraan  faoliyatsiz  bo'lib 

qoladi.  0 ‘simlik hujayrasidagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida  mis 

birikmalarining  ishtirok  etishining  sababi  ham   ana  shunda.  Nafas 

olishning  kuchayishi  o ‘z  navbatida  o ‘simlikda  uglevod  almashinishini 

va  oqsilning  sintez  b o ‘lishini  tezlashtiradi.  Bularning  hammasi  o ‘sim- 

likning umumiy holatini yaxshilaydi, jumladan uni  zamburug'  kasallik- 

lariga  chidamliligini  oshiradi.  Mis  asosan  yaproq  xloroplastlarida 

t o ‘planib,  xlorofillni  buzilishdan  saqlaydi.  Bu  liam  oqsilning  kuchli 

sintez  bo'lishi  natijasidir.  Oqsil  ko'p  bo'lgan  taqdirda  rang  beruvchi 

xlorofill  moddasi  oqsil  bilan  q o ‘shilib  uning  chidamliligi  oshadi,  bu 

esa  yaproq  va  um um an  o'simlikning  hayotiy  faoliyatini  kuchaytiradi, 

fotosintez jarayonini  uzaytiradi  va  natijada  urug‘  hosili  liamda  undagi 

uglevodlar miqdorini  ko‘paytiradi.  M is o ‘g‘iti  lavlagida shakarni,  moyli 

o'sim liklarda  yog'ni,  beda,  lavlagi,  kartoshka  va  boshqa  o'simliklarda 

«C»  vitam in nin g  m iq d o rin i  k o ‘paytiradi.  Qizig'i  s hundaki,  mis 

birikmalari  (bor,  marganes  va  rux  birikmalari  singari)  o'simliklarning 

suv  rejimiga  va  ularning  qurg'oqchilikka  ham da  sovuqqa  bardosh 

berishiga  m a ’lum  darajada  t a ’sir  ko‘rsatib,  yaproqlarda  suvni  sezilarli 

darajada  k o ‘paytiradi.

Mikroelementning bunday ta’siri uning o'simlik hujayrasi protoplaz- 

m asining  kolloid-kimyoviy  xossasiga  qisman  t a ’sir  etishi,  hujayrani 

c h o ‘ziluvchan  qilishi  va  suv  o ‘tkazish  xossasini  kamaytirishi  kabi 

qobiliyatga  ega  bo'lishi  bilan  izohlanadi.  Mis  yetishmasligi  tufayli 

y u z   beradigan  kasalliklardan  mevali  daraxtlardan  yuqori  qismining 

qu rib   qolishi  (ekzamtema)  va  o ‘tsimon  o'simliklarni  zararlaydigan 

xloroz,  barg uchining burishib  qolishi kasalliklari yaxshiroq o'rganilgan. 

M eva  daraxtlari  yuqori  qismining  qurib  qolish  hodisasi  butun  yer


yuziga  tarqalgan.  Ayniqsa  sitrusli  o ‘simliklar  bu  kasalliklarga  te z -te z  

chalanib  turadi.

Yozda  olma  daraxtining  tepa  shoxlari  quriydi.  Shu  kasallik  tufayli 

daraxtning  o ‘sishi  ham  sekinlashadi.  Yaproqning  b a ’zi  joylari  asta- 

sekin  quriy  boshlaydi.  Kasallikning  tez  rivojlanishi  natijasida  yangi 

yaproqlar burishib  qoladi va t o ‘kiladi,  novdaning yuqori qismi quriydi.

K o‘pincha  suli,  arpa,  bug'doy  va  boshqa  g‘alla  o'simliklari  h a m  

xloroz,  barg  uchlarining  qurib  qolishi  kasalliklari  bilan  zararlanadi. 

0 ‘simlik  qattiq  zararlanganda  o ‘sishdan  to'xtaydi  va  qurib  qoladi. 

Mis birikmalaridan foydalanib, bu  kasalliklarning hammasini yo 'q otish 

yoki  butunlay  bartaraf qilish  m umkin.

O'simliklarda  misning o 'rtacha  m iqdori  0,0002%  yoki  1  kg og'irlik 

hisobiga  0,2  mg  ga  t o ‘g‘ri  keladi.  0 ‘simlik  hujayrasida  2/3  q ism   mis 

erimaydigan,  birikkan  holda  uchraydi.  0 ‘simlikning o ‘suvchi  qismlari 

va  u ru g 'i  nisbatan  misga  boy  b o ‘ladi.  Bargdagi  m isning  70%   i 

xloroplastlarda  konsentrlanadi.  M a ’lu m   darajada  misning  fiziologik 

ahamiyati uning mis tutuvchi oqsillar va fermentlarning tarkibiga  kirishi 

bilan  belgilanadi.

M arganes  (M n).  0 ‘simlik  organizmlarida  marganesning  bo 'lishi 

1872-yilda  qayd  etilgan edi,  lekin  uning  o ‘simliklar oziqlanishi  u c h u n  

zarurligi  uzoq  vaqtlar  davomida  m a ’lum   bo'lmadi.  Faqatgina  1897- 

yilga  kelib,  uning  o'simliklar  hayotidagi  ahamiyati  aniqlandi.

Yetarli miqdorda marganesning b o ‘lishini talab etuvchi o 'sim lik lar 

jumlasiga donli ekinlar,  dukkakli  d o n  ekinlari,  qand lavlagi,  ildizm eva- 

lilar,  kartoshka  va  mevali  daraxtlar  kiradi.  H ar  xil  ekinlarning  hosili 

bilan  har  gektar  yerdan  1000—4500  g  gacha  marganes  olib  chiqib 

ketilishi  m um kin.  0 ‘simliklarda  m a rg a n es n in g   u m u m iy   m iq d o r i  

0‘rtacha  0,001%  ga  yoki  1  kg  og'irlik  hisobiga  1  mg  ga  to ‘g‘ri  keladi. 

Uning  asosiy  miqdori  barglar  va  xloroplastlarda  to ‘planadi.

Marganes  yuqori  oksidlash-qaytarish  potensialiga  ega,  shu  bois  u 

o'simliklar  tanasida  sodir  bo'ladigan  biologik  oksidlash  reaksiyasida 

faol  qatnashadi.  Marganesning  fotosintez  jarayonlarida  h a m   ishtirok 

etishi aniqlangan.  Marganes tanqisligini sezgan o ‘simliklarga u n i kiritil- 

ganda jarayonning  kechish  tezligi  20  m inut  ichida  tiklanishi  ko'rsa tib  

berilgan.  Marganesning  fotosintez jarayonida  kislorodning  ajralishi  va 

fotosintezning  qaytarilish  reaksiyalarida  ishtirok  etishi  aniq la n g an . 

Marganes  shakar va  xlorofil  m iqdorining  oshishida,  uning  oqsil  bilan 

bog'lanishining mustahkamligini t a ’minlashda,  shakarlarning harakatini 

yaxshilashda,  nafas  olish  jadalligini  kuchaytirishda  ish tirok  etadi.


Marganes  yana  askorbin  kislota  sintezida  ishtirok  etuvchi  fermentlar 

tarkibiga  kiradi.

Marganesning fiziologik ahamiyatini tushuntirishda uning gidroksi- 

lam in  reduktaza  ferm enti  tarkibiga  kirishini  k o ‘rsatish  lozim.  Bu 

ferment  gidroksilaminni  ammiakkaclia  qaytarilishida  ishtirok  etadi. 

Marganes ko'pgina reaksiyalarni  faollashtirishda, jum ladan  nafas olish 

jarayonida  hosil  bo'ladigan  2  va  3  karbon  kislotalarning  almashinish 

reksiyasida  ishtirok  etadi.  Hozirgi  kungacha  marganes  yordamida 

faollanadigan  23  ta  metalloferment  kompleksining  borligi  aniqlangan. 

Shunday m a’lumotlar borki,  marganes fosforning qari  pastki barglardan 

ustki yosh barglarga harakatini kuchaytirisliga ijobiy ta’sir etadi.  Marganes 

to'qimalarning suvni ushlab qolish qobiliyatini oshiradi, transsperatsiyani 

kamaytiradi,  o'simliklarning  hosil  tugishiga  ko'maklashadi.

Marganesning  o 'ta   tanqisligida  rediska,  karam,  pomidor,  no'xat 

va boshqa ekinlarning hosil tugishi  umuman to'xtab qolishi kuzatilgan. 

Barglarning oqarishi va sarg'ayishi, dog'larning paydo bo'lishi,  dukkakli 

ekinlar bargining  yoppasiga  xlorozga  chalinishi,  bodring  barg  plastin- 

kasining  buralib  qolishi-marganes  tanqisligining  asosiy  belgilaridan 

hisoblanadi.  Marganes  o'simliklarning  rivojlanishini  tezlashtiradi. 

Marganes  tanqisligida  xlorozlar,  g'allasimonlarning  kulrang  dog'liligi, 

q a n d   lavlagining  sariq  dog'liligi  kuzatiladi.

M olib den  ( M o ) .  M o lib d e n n in g   eng  k o 'p   m iqdori  dukkakli 

o'sim liklarda  uchraydi.  Dukkakli  o'tlar  urug'ida  1  kg  quruq  vazn 

hisobiga  0,5  mg  dan  20  mg  gacha  molibden  bo'lishi,  g'allasimonlar 

u rug 'id a  esa  1  kg  quruq  vazn  hisobiga  0,2  mg  dan  1,0  mg  gacha 

m olibden  bo'lishi  mumkin.  Molibden  o'simliklarga  boshqa  element- 

larga  nisbatan  kamroq  yutiladi.  0 ‘simlik  barglarida  molibden  boshqa 

a ’zolariga  nisbatan  ko'proq   to'planadi. Aksariyat  o'simliklarda  molib­

d e n   m iq d o rin in g   quyi  che g ara si  1  kg  quruq  m o d d a d a   0,1  mg 

hisoblanadi.  Dukkakli  ekinlarda  bu  ko'rsatkich  0,4  mg/kg  ni  tashkil 

etadi.  Molibden  dukkakli  o'simliklarning  ildizidagi  tuganaklarning 

rivojlanishini  kuchaytiradi,  oqsil  tarkibidagi  azotning o'zlashtirilishiga 

y o r d a m   beradi.  Dukkakli  o'simliklarning  tuganaklarida  molibden 

b irik m a si  to 'p lan ad i.  M .Ya.  Shkolnik  va  M .M .  Steklovalarning 

tekshirishlari molibden  birikmalari qo'llanilganda donli  o'simliklarning 

yarovizatsiya davrini  tezlashishini ko'rsatadi.  Beda ustida olib borilgan 

t a j r ib a la r   h am   m o lib d e n   birikm asining  a h a m iy a tin i  k o 'rsa ta d i. 

A.A.  Drobkov  m a ’lumotlariga  ko'ra,  molibden  ta ’siri  ostida  bedaning 

y e r  sirtidagi  qismi  70%  ga,  urug'  liosili  esa  90%  dan  ko'proqqa


ko'payadi.  Turli  ekinlar  no'xat,  loviya,  pom idor,  qand  lavlagi,  b e d a , 

lyupin  va  baqlajon  hosilini  oshirishda  m olibden  m ikroelem entining 

ijobiy  ta ’siri  isbotlangan.  M olibden  o'simliklardagi  n itra tred ukta z a  

fermenti  tarkibiga  kiradi  va  nitratlarning  nitritlargacha  qaytarilishida 

ishtirok  etadi.  U m u m an   olganda,  m o lib den ni  o ‘simliklardagi  a z o t 

almashinish  jarayoni  mikroelementi  deb  atash  mumkin.  M o lib d e n  

fotosintez,  nafas  olish,  vitamin  va  ferm entlar  sintezida  faol  ish tirok 

etadi.


O'simliklardagi  molibdenning  eng  kam   miqdori  1  kg  quruq  vazn 

hisobiga  0,10  mg  bo'lgan  chegara  hisoblanadi,boshqa  o ‘simliklar  va 

dukkaklilar uchun  1  kg ga  0,40  mg  ni  tashkil  etadi.  Bu  ko‘rsatkichdan 

past  bo'lgan  m iq d o r  m o lib d en ning   tan qisligid an  dalolat  b e r a d i . 

Bug'doyning  o'rtach a  hosili bilan  1  gektar yer  hisobiga  6  g  m o libd en, 

bedaning  hosili  bilan  esa  10  g  gacha  m olibden  olib  chiqib  ketiladi.

Oziq muhitidagi molibdenning tanqisligini tadqiq etish shuni k o 'rsa - 

tadiki,  o'simliklarda  azot  almashinuvi  izdan  chiqadi,  to 'q im a la rd a  

ko ‘p  miqdorda  nitratlar  to ‘planadi.  H ayvon  va  odam  organ izm ida 

ko'p  miqdorda iste’mol qilish tufayli konserogen birikmalar n itrozam in- 

larning  hosil  b o ‘lishi  kuzatiladi.  M o lib d e n n in g   oshiqcha  m iq d o r i  

o'simlikka  toksik  t a ’sir  ko'rsatadi.  Qishloq  xo'jalik  m ahsu lotlarida 

m olib den nin g   b o ‘lishi  odam   va  h a y v o n la r n in g   sog'lig'iga  p u t u r  

yetkazadi.  1  kg  quruq  massada  1  mg  m olibden  bo'lsa,  o d a m   va 

hayvonlar  uchun  zararli  hisoblanadi.  0 ‘simliklar tarkibida  1  kg  q u ru q  

massasi hisobiga  20  mg va undan k o 'p ro q   miqdorda  molibden  b o 'lg a n  

hollarda:  hayvonlar  molibdenli  toksikoz,  odam lar  endemik  pad ag ra 

kasalliklariga  duch  keladi.

Kobalt (Co).  0 ‘simliklarning  1  kg quruq  massasi tarkibida o ‘r ta c h a  

0,021  mg kobalt  mavjud.  Ayrim o'simliklarda bu ko'rsatkich  11,6  m g /k g  

ni  tashkil  etadi.  Kobalt  qo'proq  dukkakli  o'simliklarda  u c h ra y d i, 

ko'proq tuganaklarda yig'iladi.  Shuningdek,  kobalt generativ organiarda 

ham  to'planadi,  changdonda  yig'iladi  va  uning  o ‘sishini  tezlashtiradi. 

0 ‘simlik  tarkibidagi  yalpi  kobaltning  50%  i  ion,  20%  vitamin  B 12  va 

qolgan  30%  i  barqaror organik birikmalar shaklidadir.  B 12  m ikro orga- 

nizmlar  tomonidan  sintezlanib,  o'simliklarga  tuproqdan  o 'tad i  yoki 

azot to'plovchi tuganaklarida hosil bo'ladi.  B |2 uchraydigan o 'sim liklar 

dukkaklilar,  turup,  piyozlar hisoblanadi.  U ning  30%  ga  yaqini  yuq ori 

darajada barqarorlikka ega bo'lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar 

tarkibida uchraydi.  O'simliklar kobaltni molibdenga nisbatan  300 m a r t a  

kam  talab  qiladi.  Kobalt  bakteriya va  fermentlarning faoliyatiga  ijobiy


ta ’sir ko'rsatadi.  Kobalt t a ’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 

30—35  sentnerga  shakar  miqdori  esa  0,8%  ga  oshishi  kuzatiladi.

Rux  (Zn).  Rux  h a m   o'simliklar  uchun  zarur  bo'lgan  mikroele- 

mentlardan biri hisoblanadi.  Rux o'simliklarning issiqlikka va sovuqlikka 

bo'lgan  chidamliligini  oshiradi,  fosforning  ko‘proq  o'zlashtirilishiga 

yordam  beradi.  Rux  tanqisligida  noorganik  fosforning  organik  shaklga 

o ‘tishi sekinlashadi, shuningdek o'simliklar tanasida saxaroza va kraxmal 

miqdori  kamayadi,  azotning  nooqsil  shakldagi  birikmalari  to‘planishi 

kuzatiladi.  Rux  yetishm aganda  o ‘simlik  hujayralarining  bo‘linishi 

sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o'zgaradi, 

poyadagi  bo‘glim  oralari  qisqaradi,  mevalar  burishib  qoladi.

Ruxning  tanqisligiga  grechixa,  xmel  (q ulm oq),  qand  lavlagi, 

kartoshka, qizil beda o ‘ta sezgir bo‘ladi.  Shuni  ham aytib o'tish kerakki, 

begona  o'tlar  madaniy  ekinlarga  nisbatan  ruxga  boyligi  bilan  ajralib 

turadi.  Ninabargli  o'simliklar  tarkibida  va  shuningdek,  zaharli  zam- 

burug'larning  tarkibida  rux  ko‘p  uchraydi.  Dala  ekinlarining  ruxga 

b o ‘lgan  talabi  mevali  daraxtlarga  nisbatan  pastroq  bo'ladi.

Rux nafas olish fermenti karbongidraza tarkibiga  kirib, o'simliklarda 

auksin  (fitogormon)lar  hosil  bo'lishini  aktivlashtiradi.  Hozirgi  vaqtda 

30  dan  ortiq  rux  tutuvchi  fermentlar  m a ’lum.

Fotosintez  reaksiyalarida  marganes,  mis,  temirlarning  qatnashishi 

qayd  etilgan,  ruxning  qatnashishi  ko'rsatilmagan.  Lekin  u  xlorofilldan 

oldingi  moddalarning hosil b o ‘lishidaqatnashadi.  Fotosintez jarayonida 

rux  tutuvchi  ferment  karboangidraza  m a’lum  ahamiyatga  ega.  Rux 

tutuvchi  karboangidraza  n o ‘xat,  petrushka  va  pom idor  xloroplastida 

aniqlangan.

Karboangidraza  ferm enti  o ‘zida  0,31-0,34%   foiz  rux  tutadi.

S o ‘nggi  vaqtda  rux  mikroelementini  vitaminlar,  jumladan  «C» 

vitaminning to‘planish jarayoni bilan bog‘liq ekanligi aniqlangan.  M.Ya. 

Shkolnikning  tekshirishlariga  ko‘ra,  rux  mikroelementi  o'simlikning 

yaproq  va  poyalarida  uglevodlar  miqdorini  k o'paytiradi,  bu  esa 

o'sim liklarning  sovuqqa,  qurg‘oqchilikka  va  sh o 'rto b   tuproqlarga 

chidamli  bo'lishiga  bevosita  bog'liq.  Rux  birikmasi  tuproq  chirindisi 

tom onidan  oson  yutiladi,  shuning  uchun  ham  bu  mikroelementning 

bir qismi tuproqning  chirindili qavatiga chiqadi.  Tarkibida  rux bo‘lgan 

mikroo'g'itlar  tuproqqa  solinganda  o'simlik  azot,  fosfor,  kaliy,  kalsiy 

birikmalarini  yaxshi  o ‘zlashtiradi.  Bu  mikroelement  tuproq  makroor- 

ganizmlari  uchun  h a m   zarur  hisoblanadi.  Dala  ekinlari  hosili  orqali 

har yili  1  gektar  yer  hisobida  75—250  g  rux  olib  chiqib  ketiladi.


Download 5.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling