002-секция Кармии doc


TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/81
Sana19.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1214770
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
002qarmii

TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN 
FOYDALANISH 
 
1
Xolmurodova Z.N.,
2
Xolmurodov T.N. 
(1–Navoiy davlat pedagogika instituti, 2–NavDPI huzuridagi
1-sonli Akademik litsey 
O’quv-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning faol 
muloqot turini qo`llagan holda har bir dars uchun talabalarni o`tilgan mavzu yuzasidan o`z-o`zini 
xolis baholashlarida Office dasturlaridan biri bo`lgan MS Excel dasturida yaratilgan didaktik 
materiallardan unumli tarzda foydalanish samarali natijaga olib keladi. 
MS Excel dasturi yordamida barcha fanlarni, xususan, ingliz tili darslarini olib borishda va 
baholashni tashkil etishda quyidagi kabi didaktik vositadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi:
Ushbu jadvalni tegishlicha to`ldirilsa, o`quvchini tezkor baholash imkoni bo`ladi. Bu yerda 
formula
va
ko`rinishida bo`ladi.
Yuqoridagi jadvalda natijani ifodalovchi (K), (L) ustunlarni yashirib qo`yilsa, talaba 
tomonidan gap bo`laklarini aniqlab bo`lingach, talabaning javob natijasini ko`rish mumkin. Ushbu 
usulda talaba xolis baholanadi, ya’ni talaba javob xatoligini bilmaydi, qayta yechim bermaydi. 
Biz o`quvchilarning zukkoligini aniqlashda qo`llash mumkin bo`lgan texnologiyalardan 
yana biri haqida to`xtalamiz. Tezkorlik talab etiladigan o`yin shaklidagi bilimdonlik sinovlarini olib 
borishda va xolis baholashda quyidagi ko`rinishdagi materialdan foydalanishni tavsiya etamiz: 


20 
MS Excel dasturi yordamida “Berilgan so`zlar ichidan ortiqcha so`zni toping” o`yini uchun 
materialni tayyorlab olib, ishtirokchilardan mos ravishda qatorda keltirilgan so`zlarning qaysi 
bilimlar to`plamiga tegishli ekanligini aniqlash va ular ichidan shu to`plamga kirmaydigan ortiqcha 
so`zni topish talab etiladi. 
Ishtirokchilar satrlarda berilgan so`zlarga qarab, bu so`zlar orasida begona so`zni aniqlaydi 
va mos (G) ustunga shu so`zni yozib boradi.
H ustunga mos ravishda 


va hokazo kabi formulalarni kiritib olamiz. Bu yerda ishtirokchi 
talaba to`gri variantni topsa, “1” balni, boshqa noto`g’ri variantni tanlasa “0” balni qo`lga kiritadi. 
Biz javoblar natijalarini aks ettiruvchi (H) ustunni yashirib qo`yib natijalarni tekshirish vaqtida 
ushbu (H) ustunni namoyish etsak, maqsadga muvofiq bo`ladi. 
Biz yuqorida har bir dars yakunida o`tilgan mavzuni mustahkamlashda qo`llash mumkin 
bo`lgan, o`qituvchidan ko`p vaqt talab etmaydigan asosiysi har bir o`qituvchi va foydalanuvchi 
tushuna oladigan dasturlarda didaktik materillar tayyorlashni ko`rsatdik.
Talabalar bu bilimlarga ega bo`lishgach, ularda dasturlarning yana qanday imkoniyatlari borligini 
bilishga bo`lgan qiziqish ortadi va yangicha g’oyalar tug’ilib, ularni ijodkorlikka yetaklash 
mumkin. 

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling