002-секция Кармии doc


O`QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASH


Download 1.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/81
Sana19.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1214770
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
002qarmii

O`QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO`LLASH 
 
Xudoyorov Sh., Karimova M., Isroilova L. 
(Navoiy davlat pedagogika instituti) 
 
Mamlakatimizda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi – 
to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy–iqtisodiy 
rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada 
rivojlantirish davri ketmoqda. O‘tilgan davr mobaynida yaratilgan ma’muriy–huquqiy hujjatlar 
fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratishga asos bo‘lib, o‘quv jarayonining sifatini oshirishga 
xizmat qiladi. O‘quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash bo‘yicha ilmiy–
uslubiy, tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshiriladigan 
muhim tadbirlardan biridir. 
Ta’lim tizimida axborot–pedagogik texnologiyadan foydalanish uning yangi sohasi, ya’ni 
ta’limning elektron didaktik shakli paydo bo‘lishiga asos solib, unda: o‘quv fanlarining boblarini 
ajratib, elektron ko‘rinishda tasvirlash, elektron darslikning ma’ruza va amaliy darslar qismini 
ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, elektron darslikni baholash mexanizmini 
yaratish va tadbiq etish, elektron darsliklar asosida virtual stendlar yaratish va o‘quv jarayoniga 
qo‘llash, elektron darslikni qo‘llash orqali o‘qitishning umumiy saviyasini aniqlash kabi 
imkoniyatlar yaratilishi ko‘rsatilgan. 
Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etishning muhim yo‘nalishlaridan biri 
elektron darsliklar, elektron qo‘llanma (ishlanma) va ko‘rsatmalar yaratishdir. Elektron darsliklar va 
qo‘llanmalar ma’ruza mazmunini boyitish, yangi materiallar bilan to‘ldirish imkonini yaratadi. 
Ta’limda zamonaviy informatsion texnologiyalarni qo‘llash butun bir davlat va jamiyat 
maqsadi uchun hayotiy zaruriyatdir. Ta’lim tizimida mutaxassislarning klassifikatsiyasini 
oshirishda axborot texnologiyalarning rivojlanishi, shuningdek elektron o‘quv metodik 
majmualarning qo‘llanilishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv–uslubiy materiallar yig‘indisi – bu 
o’qitishda to‘liq hajmdagi ta’minlangan materiallar, ya’ni ishchi dasturlar, ma’ruzalar, amaliy 
ishlanmalar, uslubiy qo‘llanma, topshiriq, bilimni nazorat etish vositalari, so‘rovnomalar va 
hokozalar yig’indisidir. O’quv–uslubiy materiallarni tayyorlash – bu uslubiy materiallani ta’minlash 
ishlari bo‘yicha birinchi bosqichdir. O‘quv–uslubiy majmua–uslubiy ta’minlashni tayyorlashning 
ikkinchi bosqichidir. O’quv–uslubiy majmua berilgan topshiriqlarni talaba mustaqil o‘rganishida 
aniq bir tizimdan iboratdir. Talabalarga o‘quv fanlari bo‘yicha mustaqil o‘rganishni tashkil etishda 
metodik tavsiyalar berishni ta’minlaydi va bu metodik tavsiyada o‘quv metodik materiallar bilan 
ishlash tartibi yoritiladi, ya’ni talaba har bir bosqichda qancha va qanday tartibda ishlashi 
ko‘rsatiladi. Muayyan fan bo‘yicha o‘quvchilar foydalanishi uchun mo‘ljallangan ta’limning 
didaktik vositalari tizimi o‘quv–uslubiy majmua deb yuritiladi yoki o‘quv darsligidan tashqari 
o‘qituvchi foydalanishi uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar, didaktik materiallar, o‘quv 
jihozlari majmuasini o‘zida mujassamlashtirgan o‘qitishnnng didaktik vositalari tizimi ham mavjud 
bo‘lib, u o‘quv–uslubiy majmua deb yuritiladi. Elektron o‘quv uslubiy majmua (EO‘UM) – o‘quv–
uslubiy majmuaning elektron ko‘rinishidagi ta’minotini o‘z ichiga oladi. EO‘UMning mualliflik 
huquqi qonun bilan himoyalangan. O‘quv–uslubiy majmuani yaratish hamma o‘quv–uslubiy 
materiallarni 
yagona 
tizimga 
keltirishni 
talab 
etadi. 
Bunday 
tizimning 
mavjudligi 
kompyuterlashtirilgan ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi va bular orqali o’quv materiallarini 
lokal tarmoq orqali internetga kirish yoki kompak diskdan foydalanish imkoniyatini beradi. 
Bugungi kunda virtual kutubxonalar, elektron kitoblar, internet ma’lumotlari, cho‘ntak 
kompyuterlari mavjud bo’lib, bular talabalar uchun bir qancha qulayliklar yaratdi va zamonaviy 
inson butun umri davomida o‘rganishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun talabalar faqat tasdiqlangan 
o’quv rejasi asosidagi bilimlar bilan chegaralanib qolmay hayotdagi muhim yangi ma’lumotlar 
orqali samarali o‘zaro muloqotlarni o‘rganishi, o‘zining ishlari natijalarini taqdim etishi kabi 


17 
vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yishi kerak. Ushbu muommolarni yechishda zamonaviy
axborot texnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling