002-секция Кармии doc
TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN
Download 1.97 Mb. Pdf ko'rish
|
002qarmii
TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH 1 Xolmurodova Z.N., 2 Xolmurodov T.N. (1–Navoiy davlat pedagogika instituti, 2–NavDPI huzuridagi 1-sonli Akademik litsey O’quv-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning faol muloqot turini qo`llagan holda har bir dars uchun talabalarni o`tilgan mavzu yuzasidan o`z-o`zini xolis baholashlarida Office dasturlaridan biri bo`lgan MS Excel dasturida yaratilgan didaktik materiallardan unumli tarzda foydalanish samarali natijaga olib keladi. MS Excel dasturi yordamida barcha fanlarni, xususan, ingliz tili darslarini olib borishda va baholashni tashkil etishda quyidagi kabi didaktik vositadan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi: Ushbu jadvalni tegishlicha to`ldirilsa, o`quvchini tezkor baholash imkoni bo`ladi. Bu yerda formula va ko`rinishida bo`ladi. Yuqoridagi jadvalda natijani ifodalovchi (K), (L) ustunlarni yashirib qo`yilsa, talaba tomonidan gap bo`laklarini aniqlab bo`lingach, talabaning javob natijasini ko`rish mumkin. Ushbu usulda talaba xolis baholanadi, ya’ni talaba javob xatoligini bilmaydi, qayta yechim bermaydi. Biz o`quvchilarning zukkoligini aniqlashda qo`llash mumkin bo`lgan texnologiyalardan yana biri haqida to`xtalamiz. Tezkorlik talab etiladigan o`yin shaklidagi bilimdonlik sinovlarini olib borishda va xolis baholashda quyidagi ko`rinishdagi materialdan foydalanishni tavsiya etamiz: 20 MS Excel dasturi yordamida “Berilgan so`zlar ichidan ortiqcha so`zni toping” o`yini uchun materialni tayyorlab olib, ishtirokchilardan mos ravishda qatorda keltirilgan so`zlarning qaysi bilimlar to`plamiga tegishli ekanligini aniqlash va ular ichidan shu to`plamga kirmaydigan ortiqcha so`zni topish talab etiladi. Ishtirokchilar satrlarda berilgan so`zlarga qarab, bu so`zlar orasida begona so`zni aniqlaydi va mos (G) ustunga shu so`zni yozib boradi. H ustunga mos ravishda , , va hokazo kabi formulalarni kiritib olamiz. Bu yerda ishtirokchi talaba to`gri variantni topsa, “1” balni, boshqa noto`g’ri variantni tanlasa “0” balni qo`lga kiritadi. Biz javoblar natijalarini aks ettiruvchi (H) ustunni yashirib qo`yib natijalarni tekshirish vaqtida ushbu (H) ustunni namoyish etsak, maqsadga muvofiq bo`ladi. Biz yuqorida har bir dars yakunida o`tilgan mavzuni mustahkamlashda qo`llash mumkin bo`lgan, o`qituvchidan ko`p vaqt talab etmaydigan asosiysi har bir o`qituvchi va foydalanuvchi tushuna oladigan dasturlarda didaktik materillar tayyorlashni ko`rsatdik. Talabalar bu bilimlarga ega bo`lishgach, ularda dasturlarning yana qanday imkoniyatlari borligini bilishga bo`lgan qiziqish ortadi va yangicha g’oyalar tug’ilib, ularni ijodkorlikka yetaklash mumkin. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling