0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yevropa - O siyo
Vitis (Vitis L.) turkumi 70 turni o„z ichiga olib, ikkita turkumcha: Euvitis
planch (Euvitis Planch) hamda Muskadinia planch (Muscadinia Planch) ga bolinadi. Euvitis planch turkumchasi 68 turni, Muskadinia planch esa 2 turni o„z ichiga oladi. Euvitis planch vitis turkumining asosiy turkumchasi hisoblanib, uning deyarli barcha turlarini o„z ichiga oladi. Kelib chiqishi, botanik hamda morfologo - anatomik belgilari va xususiyatlariga ko„ra uchta: Yevropa - O siyo (faqat bitta vitis vinifera turini o„z ichiga oladi); Sharqiy - O siyo (39 turni o„z ichiga oladi) va Ame rika (28 turni o„z ichiga oladi) guruhlar iga bolinadi. Birinchi guruhdagi madaniy navlardan tashkil topgan vitis vinifera, ikkinchi guruhda vitis amurenzis (amur toki), uchinchi guruhda esa Vitis labruska, vitis ripariya, vitis rupestris va vitis berlandier i turlari ahamiyatli hiso blana di. Muskadinia planch turkumchasi Shimoliy Amerikadan kelib chiqqan vitis rotundifolia va vitis munsoniana turlarini o„z ichiga oladi. Ular 19 AQShning janubiy-sh ar qiy rayonlari, subtropik va tropik mintaqalar da o'sadi. Uzumchilik amaliyotida eng ahamiyatli hisoblangan Yevropa-Osiyo tokini Vitis vinifera L. (lotincha vino beruvchi uzum) sifatida shved tabiatshunosi K. Linney aniqlagan (1753). Shvesariya botanigi O. Dekondol uni ikki turchaga: Silvestris (ssp. Silvestris Gmel) yoki yovvoyi tok hamda Sativa (ssp. Sativa DC) yoki madaniy tokga ajratgan. 0„rta Osiyo, Kavkazorti, Yaqin Sharq, Qora va 0„rta Yer dengizlar iga tutash mamlakatlarda tarqalgan. Yovvoyi tok Atlantikadan Kopet -Dog„gacha bo„lgan oraliqda tarqalgan. Asosan ikki uyli o„simlik. Ayrim o'simliklaming to'pguli faqat erkak gullar, boshqalari esa faqat urg'ochi gullarga ega. Madaniy turchaga mansub o'simliklari, asosan qo'sh (ikki) jinsli yoki funksional urg'ochi gularga ega. T ok turlari va navlarini atroflicha o'rgangan olimlar (S.I. Korjinskiy, D.N.Sosnovskiy, V.V.Shulgina, A.M.Negrul, Ya.F.Kas, Sh.G.T opole va boshqalar) yovvoyi tokning turli noqulay sharoitlarga chidamliligini va aksincha Vitis vinifera turiga mansub aksariyat navlar zamburug' kasalliklari (oidium, antraknoz, dog'li nekroz, kul rang chirish va h.k.), zararkunandalar (ayniqsa filloksera)ga hamda sovuqqa chidamsiz, immuniteti past bo'lishi to„g„risida deyarli o'xshash fikr bildirganlar. Shu tufayli qimmatli biologik belgilarga ega bo'lgan donor o'simliklarni t okdoshlar oilasiga mansub boshqa turlari orasidan qidirib topish tokchilik fani va amaliyotida muhim vazifalardan biri hisoblana di. T aniqli rus ampelograf olimi, akademik A.M.Negrul fikricha tok o'simligini madaniy holda o'stirish bundan 7-9 ming yil avval mavjud bo'lgan. Markaziy Yevropa hududi muzlik davridan chiqib, iqlim sharoitlari tok o'sishi uchun noqulay bo'lgan. Shuning uchun tok o'simligini madaniy holda ekib o'stirish jarayoni dastlab G'arbiy Osiyoda, ya‟ni Kaspiy va Qora dengiz sohillari, Kavkazorti, O'rta va Kichik Osiyo, Suriya, Mesopotamiya hamda Eronda boshlangan. Keyinchalik tokchilikning ahamiyati osha borib Yevropa mamlakatlarida o'stirila boshlagan. Ayrim tadqiqodchilar fikriga ko'ra madaniy tok O'rta Yer dengizi sohili mamlakatlarida ham o'stirilgan degan taxmin bor. Ammo, hozirgi kungacha vitis viniferaga mansub madaniy tokning bir yoki birnecha avloddan kelib chiqqanligi to'g'risida aniq fikr yo'q. Ammo, olimlarning uzoq yilar olib borgan tadqiqotlari madaniy tok (V.vinifera L. ssp. sat iva DS)ning yuksak polimorfliligi (turli- tumanligi)ni ko'rsatadi. Ayrim maT umotlarga ko'ra dunyo kolleksiyalaridagi uzum navlarining umumiy soni 30ming 300dan ko'pligi ma‟lum. 20 T okning kelib chiqishi, tarqalishi hamda madaniy holda o„stirilishini yanada oydinlashtirish maqsadida N.I.Vavilov ularning quyida gi markazlarini aniqlagan : Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling