0‘zbekiston milliy ensiklopediyasi: Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2005


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana03.11.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1742675
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
G‘arbiy Yevropa guruhiga kiruvchi uzum navlarining asosiy xususiyatlari: tok 
tuplari nisbatan ixcham, novdalari sustroq o„sadi, ko„pchilik navlarining barglari 
tukli, novdalarining hosil tugish va hosil berish koeffisienti yuqori, uzum boshlari 
va g„ujumlari maydaroq, mevasi, asosan qayta ishlanadi (vino, sharbatlar va h.k. 
tayyorlanadi). 
Sharqiy 
guruhga 
mansub 
uzum 
navlariga 
nisbatan 
sovuqqa, 
kasalliklarga chidamli. Ushbu guruhga, asosan vinobop, qisman xo'raki navlari 
kirib, ular Italiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda tarqalgan.


Q ora de ngiz sohillari guruhiga mansub uzum navlari esa, o„zining biologik-
morfologik hamda xo„jalik-texnologik xususiyatlariga ko„ra boshqa guruh uzum 
navlariga nisbatan oraliq o'rinni egallaydi. Uzum hosili, asosan vino va sharbatlar 
tayyorlashda ishlatiladi. Ushbu guruhga, asosan vinobop (Saperaviy, Rkasiteli, 
Korinka va h.k.), xo„raki (Dodrlyabi, Puxlyakovskiy va h.k.) navlari kirib, ular 
Gruziya, Bolgariya , T urkiya, Ukraina, Gretsiya kabi mamlakatlarda tarqalgan.
Uzumning ekma madaniy navlarini bunday guruhlarga bo„linishi ulardan turli 
maqsadlarda 
foydalanish 
(navlar 
tarkibini 
yangilash va yaxshilash, parvarish 
usullar in i takomillashtirish va h.k.)da qulaylik la r tug'dira di. 
Sharqiy O siyo guruhi 39 turni o„z ichiga oladi. Ularning ichida, ayniqsa Vitis 
amurenzis turi amaliy ahamiyatga ega. U - 40°C gacha sovuqqa chiday olishi
o„suv davrining qisqaligi, kuchli o„sishi kabi xususiyatlarga ega. Ko„pchilik tur -
xillari ikki uyli, erkak va funksional urg'ochi gulli. Ba‟zan qo„sh jinsli gulga ega 
turlari ham uchrashi mumkin. Asosan, Uzoq Sharq mamlakatlarida tar qalgan. 
Uzum boshlari, asosan kichik, havol, g„ujumlari mayda, dumaloq, qora, 
eyishga yaroqli. Bu turning xarakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u havo 
harorati ancha past (7-8°C) bolganda ham o„sa boshlaydi. Bu, albatta qishi 
qattiqroq va bir maromda o„tadigan shimoliy rayonlarda uncha havfli bolmasada, 
ammo iqlimi mo„tadil, qishi o„zgaruvchan joylarda xatarli kechib, uyg„ongan 
kurtaklar, o'sgan yashil novdalar jiddiy zararlanishi, hatto nobud bolishi mumkin.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling