Ko‘pik hosil bo‘lishi bug'latish jarayonini susaytiradi, suyuq- lik ko‘pik bilan kondensatorga o‘tib ketmasligi uchun bugflatkich va sovitkich oralig'iga ushlagich o‘rnatish bir me'yorda qaynash- ni ta'minlash, ko'piklanishni pasaytiruvchi (o'chiruvchi) SFM qo‘shish, havosizlik darajasini tanlash va bug'latkichda bug‘ muhi- tini kengaytirish lozim.
Gidravlik depressiya issiqlikning atrof-muhitga tarqalib yo‘qolishi natijasida hosil bo'ladi. Bu hodisani kamaytirish uchun bug'latkich va kondensator orasidagi naycha qisqartirilishi va uni issiqiik o‘tkazmaydigan shisha tolali paxta bilan o'rash lozim.
Gidrostatik depressiya - bug'latilayotgan eritmaning pastki qatlamlarini ortiqcha isib ketishiga sabab bo'ladi. Buning uchun bug‘latilayotgan eritma qatlami kamaytirilishi lozim.
Harorat depressiyasi deb, bug'latilayotgan eritma harorati bilan toza erituvchi o'rtasidagi haroratning farqiga aytiladi. Suyuq- lik bug'lanishi natijasida uning yuza qatlamlarida harorat pasa- yib, jarayon sekinlashadi. Bu hodisaning oldini olish uchun qozon
46 devorlariga yuborilayotgan bug‘ harorati yoki qozondagi havoning so'rilish darajasi oshirilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan asboblarning bir qancha kamchiliklari borligi sababli keyingi yillarda sanoatda uziuksiz ishlaydigan. ish- lab chiqarish unumdorligi yuqori bo'lgan asbob-uskunalar ishlatila boshlandi. Rotorli vako‘pik hosil qilib bug‘latadigan bug‘latkichlar shular jumlasiga kiradi.
Rotorli bugriatkich uch bo'limdan iborat bo‘lib. har bir bo‘- [imi suv bug'i yordamida aiohida-alohida isitiladi. Bug'latkich- ning markaziy o'qiga rotor o‘rnatilgan bo'lib. unga kurakcha- lar mahkamlangan. Rotorning katta tezlikdagi aylanma harakati natijasida kurakchalar suyuqlikni qizib turgan devorga sachratib. yupqa qatlam hosil qiiadi. Yupqa qatlamda ajratuvchi oson va tez bug‘lanadi. Ajratma devor bo‘ylab pastga tomon harakatlanadi va yig'ib olinadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 450 1/soat (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |