Bug‘ latish. Qizdirish orqali ajratuvchining bir qismini bug'latib, eritma konsentratsiyasining oshishiga bug'latish deyiladi. Bun- da bug'latilgan eritma oquvchanlik xossasini saqlab qolishi lozim. Bug‘latish mo‘tadil. past (vakuum) va yuqori atmosfera bosimida olib boriladi. Ishlab chiqarishda ko'pincha vakuum ostidagi bir va ko'p qavatli qurilmalar ishlatiladi.
Bir uyali vakuum bug‘ latkich. Uning asosiy qismi bug'latkich, sovutkich. to'plagich va havo so'rg'ichlardan tashkil topgan. Havo so'rg'ichga tomchi o'tib ketmasligi uchun ular orasiga tomchi ushiagich (ressiver) o'rnatiladi. Bug'latkichning yuqori qismida bug'latishjarayonini, havo so'rilish darajasini va haroratini nazorat qiladigan moslamalar o'rnatiladi.
Ko‘p tanaii (uch korpusli) vakuum qurilmada issiqlik ancha tejaladi. Chunki korxona bug'xonasidan faqat birinchi uyaning ikki qavatli devori orasiga yuqori haroratli bug‘ yuboriladi va ajratma- dan hosi! bo'lgan „ikkilamchi bug'" ikkinchi va uchinchi qozonni qizdirishga sarflanadi. Bunday qurilma to'g'ri yoki qarama-qarshi
oqim bo'yicha ishlashi mumkin. Keyingi holda birtomondan issiq- lik, ikkinchi tomondan esa bug'latiladigan suyuqlik kelib turadi. Bug'latkich uzluksiz ishlaydi, ammo ish unumi unchalik yuqori emas. Bug'latish jarayonida har xil ko'ngilsiz hodisalar sodir bo'lishi mumkin. Bunday hodisalaming oldini olish uchun ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Aks hoida bugUatishjarayoni sekinlasha- di, issiqlik ko'p sarflanadi, bug'latilayotgan moddaning sifati buzi- ladi. Quyqa. ko'pik hosil bo‘lishi, tomchi chiqib ketishi, gidrav- lik va gidrostatik hamda harorat depressiyalari nomaqbul hodisa- lar jumlasiga kiradi.
Quyqa hosil boMishi issiqlik o'tkazuvchanlikni pasaytiradi va natijada issiqlik ko‘p sarflanadi, bunda bugflatilayotgan suyuqlik harorati ortadi. Bu hodisaning oldini olish uchun bug'latish jara- yonida aralashtirish. havosizlik darajasi, harorat va suyuqlik qat- lamining qalinligi ma'lum darajada bo‘Iishini ta'minlash kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |