Nisbiy namlik yoki havoning to‘yinganligi deb 1 m3 havodagi suv bug'ining shuncha hajmdagi suv bug'ining eng katta miqdori- ga nisbatiga aytiladi.
Nam saqlovchi havo deb, suv bug'i kg miqdorining 1 kg abso- lut quruq havo miqdori nisbatiga aytiladi. Quritish jarayoni namlik har ikki tomonda tenglashguncha davom ettiriladi.
Namlikning moddalar bilan bog‘lanish turlari. Modda- lar bilan namlik bir necha turda bog'lanadi, shunga ko'ra quri- tish jarayonida namlikni yo'qotish ham har xil kechadi. Akademik P. A. Rebinder ta’limoti bo'yicha bu bogdanish kimyoviy, mexanik va fizik-kimyoviy usulda boradi.
Kimyoviy bog‘lanish bunda suv molekulalari modda bilan mustahkam bog'langan bo‘lib, quritish jarayonida uchib ketmaydi. Namlikni uchirish yuqori haroratda yoki kimyoviy reaksiya nati- jasidagina sodir bo‘ladi.
Mexanik bog'lanish namlik moddalarning mikro- va makro- kapillarlarida ushlanib turganligi sababli tez ajraladi. Bunday nam- lik ,,erkin“ namlik deyilib. uni mexanik usul bilan ham yo'qotish mumkin.
Fizik-kimyoviy bog‘lanish adsorbsiyalangan va osmotik bog‘lanish shaklida bo‘ladi. Adsorbsiyalangan bog'Lanishda namtik moddaning g‘ovaklari va yuzasida bo'ladi. Uni yo'qotish katta kuch talab qiladi. Osmotik bog'lanishda esa namlik hujay- ra to'qimasi ichida bo'lib. osmotik kuch yordamida ushlanib turadi.
Nam mahsulot tuzilishi bo‘yicha kapillar g'ovak kolloid jism bo'lib, bog'langan dispers tuzilishli sinfga mansub. Bu holda dispers bosqichdagi zarrachalar u yoki bu darajada mustahkam qobirg'a (karkas) hosil qiladi va ular fizik-kolloid xususiyatlari bo'yicha uch guruhga bo'linadi:
Haqiqiy kolloid jismlar - bunday jismlarning katta-ki- chikligi namlik yo'qoiish natijasida sezilarli darajada o'zgaradi, lekin qayishqoqligi yo'qolmaydi (agar-agar, jelatin. kraxmal).
Kapillar-g'ovak jismlar - namlik yo'qotish bilan mo'rt bo'lib qoladi, oson eziladi va tezda kukunga aylanadi (streptotsid. streptomitsin. C vitamini).
Kapillar-g'ovak kolloid jismlar - oldingi ikki guruh jismlarning xususiyatini o'zida mujassamlashtirgan bo'ladi. Kapil- lar devorlari qayishqoq va suv shimganda bo'kish xususiyatiga ega (penitsillin, terpingidrat, qand upasi, natriy PAS, metilselluloza).
Do'stlaringiz bilan baham: |