0‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi s. M. MahKamov, K. S. Mahmudjonova


Download 1.46 Mb.
bet29/139
Sana14.08.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1666939
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139
Bog'liq
Tayyor dori turlari texnologiyasi (S.Mahkamov) unlocked

Purkagichli quritkichlar. Bunday quritkichlar suyuqliklami quritishda ishlatiladi. unda quritish jarayoni juda tez boradi va ish- lab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘iadi. Purkagichli quritkichlar kamera, purkagich, qurigan mahsulotlami tashqariga chiqarib bera- digan shnek. quritish kamerasiga havoni rna'lum haroratgacha isi-
tib beruvchi moslama (kalorifer), havo oqimi bilan uchib ketgan mayda zarrachalami tutib olish uchun sun‘iy matodan tayyorian- gan suzgichlardan iborat (13-rasm).

13-rasm. Purkagichli quritkichlarning umumiy ko‘rinishi:
1 - idish; 2 - disk (forsunka); 3 - quritkich kamerasi: 4 - kalorifer;
5 - suzgich; 6 - supurgi.

Qovushqoq bo'lmagan ajratmalar forsunkali. qovushqoqlikiari esa diskli quritkichlarda quritiladi. Suyuqlik kameraga purkagich orqali purkaladi. Bunda zarrachaning kattaligi 10-50 mkm atrofi- da bo'ladi. Kameraning pastki qismidan quritish uchun beriladi- gan havoning harorati 150-230 °C ga yetadi. Har bir zarrachani quritish uchun 0.04-0.08 soniya vaqt ketadi. shuning uchun tay- yor mahsulot harorat ta’sirida buzilmaydi. Bunday quritkichlardan sanoatda dori moddalar va harorat ta‘sirida tez buziluvchi mahsu- Jotlarni (sut, tuxum va boshqalar) quritishda foydalaniladi. Bun- day quritkichdan foydalanilganda quritilayotgan modda (suyuq- lik) qovushqoq bo'lmasligi kerak. Agar u qovushqoq bo'lsa, for- sunka 0‘rniga disk ishlatiladi.

Donador modda (granula) larni quritishda pnevmatik qurit- kichlar (СГ-ЗО, СП-60, СП-100 hamda Shveytsariya va Angliya- da ishlab chiqariladigan har xil tuzilishga ega bo’lgan quritkichlar) dan foydalaniladi.
Muloqat (kontakt)li quritkichlar. Bunday quritkichlarda issiqlik asbobning devori orqali quritilayotgan mahsulotga ohadi. Ular uzlukli yoki uzluksiz. mohadil bosim va vakuum ostida ish- lashi mumkin.
Uzlukli ishlaydigan quritkichlardan biri oddiy tuzilishga ega bo'lgan tokchali quritkichdir. Bunday tokchalar bir necha qavat naychalardan tashkil topgan bo'lib, naychalar suv bug'i bilan isiti- ladi. Naychalar ustiga patnislarda 2-3 sm qalinlikda bir tekis yoyil- gan quritiladigan modda qo‘yiladi (14-rasm).

14-rasnt. Tokchali quritkichJK
1 - kalorifer; 2 - tokchaiar; 3 - havo isitkich.

Vaqti-vaqti bilan yuqori tokchalardagi patnislar pastdagilari bilan o'rinlari almashtirib turiladi. Qurish jarayonida patnis yuzasi-
56 da yupqa qatqaloq hosil bo'lib. kapillarlar suv chiqishini qiyinlash- tirishi mumkin. Bu holatning oldini olish uchun patnisdagi quriti- layotgan mahsulot aralashtirilib, qatqaloq yo'qotib turilishi lozim. Bu quritkich tuzilishi jihatidan sodda bo'lishiga qaramay, ko‘pjoy- ni egallaydi. quritish uchun ko‘p vaqt ketadi, qo‘l kuchi talab qili- nadi. Quritish jarayoni havosi so'rib olinadigan (vakuum) javonlar yordamida tezlashtirilishi mumkin.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling