Jo‘vali (вальсовме) quritkichlar uzluksiz ishlaydigan, bir va ikki jo'vali bo‘ladi. Jo‘vaning ichi bo'shliqdan iborat bo'lib, bug‘ yoki boshqa issiqlik manbalari yordamida isitib turiladi. Bunday quritkichlar asosan ekstraktlar olishda ishlatiladi. Quyuq ajratma jo'va yuzasiga bevosita yoki jo‘vali so‘rg'ichlar yordamida yupqa qilib surkaladi. Ikki jo‘vali quritkichlarda jo‘valar oralig'i 1 mm bo‘ladi. Ajratma ikki jo'va oralig'iga
beriladi, jo'valaming qara- ma-qarshi tomonga harakati natijasida yuzaga ajratma surkala- di. Jo'valar to'la bir marta aylanguncha yuzasidagi yupqa ajratma quriydi va u pichoqlar yordamida qirib olinadi.
Jo‘vali vakuum quritkichlarda qurish jarayoni tez kecha- di. Bunday qurilmalarda pektin. shilimshiq moddalar saqlagan qovushqoq ajratmalarni quritish maqsadga muvofiq.
Maxsus quritish usullari. Bularga termoradiatsion. dielek- trik. sublimatsiya va ultratovush quritkichlar kiradi. Farmatsevtika korxonalarida ko‘pincha sublimatsion va ultratovush quritkichlar ishlatiladi.
Sublimatsiyali quritkichlarda quritiladigan modda suyuqlik holiga keltirilib, muzlatiladi va xona (камера) havosini so‘rib olish natijasida muz suyuqlikka aylanmasdan bug‘lanadi. Quritkich sub- limatsiyalash xonasi, sovutkich. havo so'rg'ich, muzlatkichlardan iborat (15-rasm).
3
15-rasm. Sublimatsiyali quritkich:
1- quritish kamerasi; 2 - sovitkich; 3 - havo so'rg‘ich;
4 -muzlatkich.
Bu usulda quritishjarayoni uch bosqichda boradi: I-muzlatish; II - sublimatsiyalash; III - qoldiq namlikni yo‘qotish.
Bu usul oqsil, fermentlar, antibiotiklar, vaksina. zardobiarni quritishda juda qo‘1 keladi.
Ultratovush quritkichlar. Dorilarni ultratovush yordamida unumli quritish uchun ulaming tebranish tezligi 6-8 kHz bo‘lishi kerak. Quritilayotgan suyuqlik ultratovush to‘lqinlari ta'sirida may- da zarrachalarga bo'linib, har bir zarracha tebranish davri tezligida harakatga keladi. Bu harakat ishqalanishni yuzaga keltirib. suyuq- likning bug'lanishiga sabab bo'ladi.