Quritish kinetikasi. Quritish jarayoni massa almashinish jara- yoni bo'lib, quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
W= KF(Pn!-Pp),
bunda:
W-yo‘qotilgan namlik miqdori, kg;
K-massa uzatish ko'rsatkichi;
F—jism yuzasi, m2 ;
pn, - quritilayotgan modda yuzasidagi bug' bosimi, Pa;
Pp- havodagi bug'ning parsiai bosimi, Pa.
Quritish jarayonini harakatlantiruvchi kuch quritilayotgan mod- da yuzasidagi bug‘ bosimi bilan havodagi bug'ning parsial bosimi orasidagi farq hisoblanadi. Bu farq (Pm -Pp) qancha katta bo'lsa, quritish jarayoni shuncha tez bo'ladi. Quritish tezligi (v) yuza birli- gi (F) va ma’lum vaqt birligida (G) bug'langan namlik miqdori (W) bilan o‘lchanadi:
W 7
v = kglrns.
Gx
Dorilarni quritish texnologiyasi
Quritish jarayoni suyuqlikdan quruq modda (kukun) olishda. quruq ekstraktlar tayyorlashda hamda xab dori ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Quritish jarayonida moddalarning xususiyati o'zgarishi muin- kin, bu esa quritish jarayoni qanday tashkil etilishiga bog'liq. Quri- tish asosan konvektiv va maxsus usullarda olib boriiadi.
Konvektiv quritish - bunda quritilayotgan modda issiqlik manbayi bilan bevosita aloqada bo'ladi. Bu maqsadda har xil tuzi- lishga ega bodgan quritkichlar (javonli. kamerali, tonelli. tasmali. do'mbirali) ishiatiladi.
F armatsevtika korxonalarida kamerali va tasmali quritkichlar ko‘p ishlatiladi. Ayniqsajovonli quritkichlar boshqalaridan tuzi- lishining soddaligi va arzonligi biian ajralib turadi. Bunda issiq havo oqimi jovon tokchalari bo'ylab harakatlanish jarayonida quritilayotgan modda bilan qo'shiladi. Kamchiligi; qurish jaray- oni uzoq davom etadi, ishlab chiqarish unumdorligi past, issiq- lik yo‘qotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |