1-§. Ikki karrali integral va uni hisoblash


Download 1.03 Mb.
bet1/8
Sana06.05.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1433405
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Ikki karrali integral va uning tadbiqlari. Kurs ishi mavz


Mundarija:
Kirish.......................................................................................................................3
1-§.Ikki karrali integral va uni hisoblash................................................................5
2-§.Ikki karrali integrallarning ba’zi bir tadbiqlari..................................................9
3-§. Sirtning yuzi va uning ikki karrali integral orqali ifodalanishi........................13
4-§. Ikki karrali integralning tadbiqlariga doir misollar.........................................14
Xulosa.....................................................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................32


KIRISH
Davlat ta’lim standarti o’quvchilarning har biriga ta’lim olishda keng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag’batlantirish va shu orqali o’quv – biluv jarayonining farqli tashkil etilishini ta’minlash uchun da’vat etilgan
Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan holda. Respublikamizda, zamonaviy bilim malaka va ko’nikmalarga ega va yosh avlodni tarbiyalashda zamonaviy metod va uslublardan foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Shu borada, hech shubhasiz, o’z vaqtida, ya’ni bundan 20-yil oldin Kadrlar tayyorlash va shuningdek, maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarni qabul qilganimiz ta’lim - tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan holi bo’lgan, bugun o’zgalarning havasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizda tadbiq etganimiz haqiqatdan ham tarixiy bir voqea bo’ldi, desak, adashmagan bo’lamiz. Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shaklantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o’z qo’liga olishga qodir bo’lgan farzndlarimiz bugun minbarga chiqmoqda.
Ma’lumki, Davlat ta’lim standartlarida uzluksiz ta’lim tizimining har bir mustaqil ta’lim turi boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga asosan bog’lanishi ko’zada tutilgan.Shu o’rinda har bir ta’lim turi va bosqichi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, oldingisidan keyingisiga o’tishda ta’lim jarayoni samarali kechishi uchun o’qituvchi va o’quvchidan alohida tayyorgarliklarni talab etishi aniq. Bunday muammolar asosan o’rta maxsus, kasb – hunar va oliy ta’lim muassasalar o’rtasidagi ta’lim mazmuni va jarayonini tashkil etishdagi uzluksiz va uzviylik masalasini hal etishda mavjuddir. Bu borada matematika fani katta imkoniyatlarga ega. Shunday ekan, matematika fani izchil, bosqichma – bosqich boshqa fanlar bilan aloqadorlikda o’rganish o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirishga yordam beradi. Respublikamizda matematika fani asoslari turli bosqichlarda faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasalarining ta’lim mazmuniga mos ravishda o’quvchilarning psixologik va pedagogok xususiyatlariga muvofiq muayyan izchillikni o’rnatish fanlar, boblar, mavzular, o’quv materiallari orasida uzviylikni ta’minlash asosida amalga oshiriladi. Shunday ekan, matematika fani asoslarini yorituvchi kurslar o’rtasida uzviylikni ta’minlash, o’quv materiallarini turli bosqich ta’lim muassasalari o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, ularning muayyan mantiqiy ketma – ketlik, fanlararo uzviylik hamda izchillik asosida joylashtirish, o’quv jarayonida uzviylik tamoyilining yetakchi o’rin tutishiga erishish va bu holatni pedagogik jihatdan asoslash muammosini yuzaga keltiradi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling