1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Tashkilot uchun afzalliklar
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkilot xodimlari erishadigan ustunliklar.
- Jamoaviy boshqaruvni tatbiq qilish yolidagi qiyinchiliklar.
Tashkilot uchun afzalliklar. Jamoaviy boshqaruvdan samarali foydalanish vositasida firmaga quyidagi ustunliklarga ega bo'ladi:
1. Mahsulot sifati va ishiab chiqarish samaradorligi oshadi. 2. Xodimlarning faol ish yuritishiga erishiladi. 3. To'g'ri va teskari aloqaning uzatilish davri qisqaradi. 4. Ishchilarning kayfiyati ko'tariladi. 5. Oldingi davrlarda hal qilinmagan muammolarning oqilona yechimi aniqlanadi. 6. Bo'linmalardagi norasmiy liderlar va bo'linma rahbarlarining maqsadlari bir-biriga mos keladi. Buning natijasida xodimlarga tashkilotdagi muammolarni hal qilish imkoniyati beriladi. Tashkilot xodimlari erishadigan ustunliklar. Jamoaning boshqaruvi tashkilotning xodimlariga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi 1. Lavozimining o'sishi uchun keng yo'l ochib beriladi. 2. Xodimlar o'zlarini tashkilotni harakatlantiruvchi kuch sifatida tasavvur qiladilar. 3. Bajarilayotgan ishning yangi komponcntlar bilan boyishi natijasida xodimlarning o'z mehnatidan qoniqishini orttiradi. 4. Xodimlar tayyorlashning optimal tizimi shakllanadi, moddiy va ma'naviy rag'batlantirishning yangi imkoniyatlari paydo bo'ladi. Bu, o'z navbatida, xodimlar qobiliyatlarining yuzaga chiqishiga turtki beradi. 5. Tashkilot samaradorligining o'sishi xodimlarning o'z lavozimida saqlanib qolishini kafolatlaydi. 6. Xodimlarni aqliy (intellektual) rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarm yuzaga keladi. Jamoaviy boshqaruvni tatbiq qilish yo'lidagi qiyinchiliklar. Jamoaviy boshqaruv ustunliklarga ega bo'lishiga qaramay, ko'p hollarda uni korxonaga tatbiq qilish to'siqlarga uchraydi. Quyi va o'rta bo'g'in rahbarlari dam-badam jamoaviy boshqaruvga qarshi chiqadilar. Bu esa ularning mazkur tushuncha haqida tasavvurning yetishmasligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, ular uchun korxonada tarkib topgan rahbarlik usłubini o'zgartirish yuqori tavakkalchilikka ega bo'lib tuyuladi. Shuningdek, rahbarlarning 60-70%i vakolatlarining qisman yo'qotilishini o'zlarining mavqeyilariga solinayotgan xavf sifatida baholaydilar. Jamoaviy boshqaruv quyi va o'rta bo'g'in rahbarlariga quyidagi xavílarni tug'diradi: 1. Ish bilan bandlikning kafolatlanmasligi. 2. Nufuzdan mahrum bo'lish. 3. Ish hajmining ortishi. 4. Vakolatlar va bo'ysunuvchilar mehnatini baholash huquqining qo'ldan ketishi. 5. Yakkaboshchilik tamoyili bo'yicha tuzilgan boshliq va bo'ysunuvchilar orasidagi munosabatlarning tugatilishi va rahbarlar hukmron mavqeyining yo'qotilishi. 6. Oliy rahbariyatning maqsadlariga shubha bilan qarash. Boshqaruv apparatini boshqaruv uslubining o'zgarishiga tayyorlash rejasini diqqat bilan ishlab chiqish va amalga oshirish zarur. Jamoaviy boshqaruv rahbarlar orasida sinab ko'rilganidan so'ng bu jarayonga oddiy ishchilarni jalb qilish mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling