Idish turi jihatidan: metall bankali, shisha bankali konservalar.
3.
Issiq ishlov berilishi jihatidan: sterilizatsiya qilingan, pasterizatsiyalangan
konservalar.
4.
Ishlatilishiga qarab: gazak, ovqatbop, yarim fabrikat konservalar.
5.
Go‘shtdan tayyorlangan konservalar tayyorlanishiga qarab: xom
go‘shtdan, qaynatilgan, qovurilgan va tuzlangan go‘shtdan tayyorlangan
konservalarga bo‘linadi.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini saqlash
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari muzlatgichlarda yoki sovuq- xonalarda quruq, toza
va yaxshi shamollatiladigan qorong‘i binolarda saqlanadi.
Saqlashda havoning namligi, harorat, shamollatish va binoning sanitariya holati
go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binodagi havoning
haddan tashqari quruq bo‘lishi go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qurishiga sabab
bo‘ladi va ularning tashqi ko‘rinishi buziladi. Havo namligi oshib ketsa, ularning
mog‘orlashi va chirishiga sabab bo‘ladi. Iflos, zax va iliq binolarda go‘sht va go‘sht
mahsulotlari tez buziladi, chunki bunday sharoitlarda mikroblar, ayniqsa,
chiritadigan mikroblar juda tez ko‘payadi.
Sovitilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini osib qo‘yib saqlashda harorat —1°C
dan —2°C gacha, havoning nisbiy namligi 75—85% bo‘lishi lozim. Muzlatilgan
go‘sht mahsulotlari ombor yoki chakana savdo korxonalarida toza yog‘och va
ruxlangan stellajlarga zich qilib taxlanadi va usti brezent yoki boshqa material bilan
yopiladi. Ular —2°C dan —6°C gacha haroratda va havoning namligi 85—90%
qilib saqlanadi.
Yil fasli va zonaga qarab go‘shtlarga tabiiy kamayish me’yori belgilangan.
Masalan, sovitilgan qoramol va qo‘y go‘shtining kamayish me’yori 0,85 dan 1,00%
gacha; muzlatilgan qoramol va qo‘y go‘shtiniki 0,55 dan 0,90% gachadir.
Parranda go‘shtlari magazinlarda 0°C dan past haroratda ko‘pi bilan 5 sutka, 0°C
dan 6°C gacha bo‘lgan haroratda ko‘pi bilan 3 sutka, 8°C dan yuqori bo‘lmagan
haroratda (muzxonalarda), ko‘pi bilan 2 sutka saqlanadi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |