1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


adabiyotlardan foydalanishni bilgan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

adabiyotlardan foydalanishni bilgan 

(qoniqarli) 

Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va 
ko’nikmalarni 55% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar 

(qoniqarsiz) 
 
Izoh: O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi 
albatta baholanadi va natijasi o’tish balidan 3 ball past bo’lganda qayta 
nazorat belgilanadi. 
 
4- 
ilova 
Don mahsulotlariga don va donlarni qayta ishlab olingan mahsulotlar — un, 
yorma, non va makaron mahsulotlari kiradi. Bugungi kunda respublikamizda don 


yetishtirishni ko‘paytirish asosida don mustaqilligini ta’minlashga alohida e’tibor 
berilmoqda. 
Botanik xususiyatlariga ko‘ra donlar, asosan, uch guruhga bo‘linadi: 
1. 
Boshoqli ekinlar — bug‘doy, javdar, makkajo‘xori, sholi, arpa, tariq va suli. 
2. 
Dukkakli ekinlar — no‘xat, loviya, mosh, yasmiq, soya. 
3. 
Marjumak ekinlari — grechixa. 
Donning kimyoviy tarkibi 
Donning inson hayotidagi ahamiyati, asosan, uning kimyoviy tarkibi bilan 
belgilanadi. Don tarkibida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan oqsil, uglevod, yog‘, 
mineral moddalar va darmondorilar bo‘ladi. Boshoqli donlarda o‘rtacha oqsil 
miqdori 10—12%, uglevodlar 65—70%, yog‘ 1,5— 4,0%, mineral moddalar esa 
1,5—2,0% ni tashkil etadi. 
Dukkakli donlar esa oqsilga boyligi bilan ajralib turadi va ularda oqsil miqdori 
20—30 % gacha bo‘ladi. 
Donda uchraydigan asosiy vitaminlar — B
p
B
2
, B
6
, B
12
, PP, E va karotin 
hisoblanadi. Bular, asosan, donning aleyron qavati va murtagida uchraydi. 
Un, unlarning assortimenti, kimyoviy tarkibi 
 
Un ishlab chiqarish jarayoni un tortish deb ataladi. Un tortish jarayonlari, asosan, 
ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: donni tortishga tayyorlash va donni maydalash. 
Donni tortishga tayyorlash maydalanadigan donlarni saralab olish, begona 
aralashmalardan tozalash, donning namligini belgilangan me’yorga keltirish kabi 
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. 
Donni maydalash (tortish)ning ikki xil usuli mavjud: oddiy va takroriy tortish. 
Oddiy tortish usulida don tortish tizimidan bir marta o‘tkaziladi, takroriy tortishda 
esa don bir necha tizimlardan o‘tkazib maydalanadi. 
Takroriy tortish usulida 1-2-3-tizimlarda don avval bir necha qismga 
bo‘laklanadi. Keyin esa maxsus elaklarda elanib, sifatiga qarab saralanadi. 
Saralashda rangi bo‘yicha oq, ola- bula va qoramtir bo‘lakchalar holida alohida- 
alohida ajratiladi. Rangi bo‘yicha saralangan bo‘laklar alohida-alohida maxsus 
valuyli stanoklarda maydalanadi. Bu tizimlarda don bo‘lak- chalarining qanday 
saralanganligiga qarab har xil sifatga ega bo‘lgan 12—20 potok un hosil bo‘ladi. 
Ma’lum tizimlardan chiqqan unlarni bir-biriga aralashtirish natijasida har xil nav 
unlar olish mumkin. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling