1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Shakarning tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Shakarning tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari 
 
 
Ko‘rsatkichlar 
Shak 
ar 
Qayta ishlash uchun 
moijallangan shakar 
Saxaroza, % dan kam emas 
99,7 
99,55 
Namlik, % dan ko‘p emas 
0,14 
0,15 
Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
moddalar miqdori, % dan ko‘p emas 
0,05 
0,06 
Kul miqdori, % dan ko‘p emas 
0,03 
0,05 
Rangliligi (shartli birlik hisobida), % dan 
ko‘p emas 
0,8 
1,5 
Qand-rafinad shakarni qo‘shimcha tozalash natijasida olinadigan mahsulotdir. 
Shakarni qand bo‘lmagan moddalardan qayta tozalangandan keyin faqat toza 
saxaroza qoladi. Qand- rafinad olish uchun shakar avvalo suvda eritiladi, sharbatni 
faollashtirilgan ko‘mir, ionitlar va boshqa yutish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar 
bilan ishlov berilib, rang beruvchi moddalardan tozalanadi. Natijada tiniq rafinad 
utfeli olguncha quyultiriladi. Sharbatga kuchsiz sharoit berish uchun, ya’ni 
saxarozaning gidrolizlanishini kamaytirish maqsadida va rafinad- dagi sariq rangni 
sezdirmaslik maqsadida utfelga ko‘kimtir tus berish uchun bo‘yoq-ultramarin 
qo‘shiladi. 
Qand-rafinadning assortimenti. Qand-rafinad quyidagi assortimentda ishlab 
chiqariladi: presslangan yorma qand, presslangan quyma qand, presslangan tez 
eruvchan qand, mayda hajmda o‘ralgan qand, qand upasi va boshqalar. 
Qand upasi quyma rafinad qandlarni kesib bo‘laklanganda hosil bo‘ladi, u 
maydalangan qand zarrachalari diametri 
0,
25 mm bo‘lgan elaklarda elanib qand upasi sifatida chiqariladi. 
Qand-rafinadning sifat ko ‘rsatkichlari. Sifatli qand- rafinadning rangi oq, 
toza, dog‘siz va begona aralashmasiz bo‘lishi kerak. Qand-rafinad tarkibidagi 
saxarozaning miqdori quruq modda hisobida 99,9% dan kam bo‘lmasligi shart. 
Demak, qand bo‘lmagan moddalarning miqdori qand-rafinadda shakardagiga 
nisbatan 2,5 marta kam bo‘lib, 0,1 % dan oshmasligi lozim. 
Quyma qandda namlik 0,4%, presslangan qandda 0,25%, presslangan tez 
eruvchan qandda esa 0,20% dan oshmasligi kerak. 
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talabiga javob bermaydigan, ya’ni 
begona ta’m va hidlarga ega bo‘lgan, sariq dog‘li, mexanik aralashmalari bo‘lgan 
qandlar sotishga chiqarilmasligi kerak. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling