Shakarning tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
Shak
ar
Qayta ishlash uchun
moijallangan shakar
Saxaroza, % dan kam emas
99,7
99,55
Namlik, % dan ko‘p emas
0,14
0,15
Qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan
moddalar miqdori, % dan ko‘p emas
0,05
0,06
Kul miqdori, % dan ko‘p emas
0,03
0,05
Rangliligi (shartli birlik hisobida), % dan
ko‘p emas
0,8
1,5
Qand-rafinad shakarni qo‘shimcha tozalash natijasida olinadigan mahsulotdir.
Shakarni qand bo‘lmagan moddalardan qayta tozalangandan keyin faqat toza
saxaroza qoladi. Qand- rafinad olish uchun shakar avvalo suvda eritiladi, sharbatni
faollashtirilgan ko‘mir, ionitlar va boshqa yutish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar
bilan ishlov berilib, rang beruvchi moddalardan tozalanadi. Natijada tiniq rafinad
utfeli olguncha quyultiriladi. Sharbatga kuchsiz sharoit berish uchun, ya’ni
saxarozaning gidrolizlanishini kamaytirish maqsadida va rafinad- dagi sariq rangni
sezdirmaslik maqsadida utfelga ko‘kimtir tus berish uchun bo‘yoq-ultramarin
qo‘shiladi.
Qand-rafinadning assortimenti. Qand-rafinad quyidagi assortimentda ishlab
chiqariladi: presslangan yorma qand, presslangan quyma qand, presslangan tez
eruvchan qand, mayda hajmda o‘ralgan qand, qand upasi va boshqalar.
Qand upasi quyma rafinad qandlarni kesib bo‘laklanganda hosil bo‘ladi, u
maydalangan qand zarrachalari diametri
0,
25 mm bo‘lgan elaklarda elanib qand upasi sifatida chiqariladi.
Qand-rafinadning sifat ko ‘rsatkichlari. Sifatli qand- rafinadning rangi oq,
toza, dog‘siz va begona aralashmasiz bo‘lishi kerak. Qand-rafinad tarkibidagi
saxarozaning miqdori quruq modda hisobida 99,9% dan kam bo‘lmasligi shart.
Demak, qand bo‘lmagan moddalarning miqdori qand-rafinadda shakardagiga
nisbatan 2,5 marta kam bo‘lib, 0,1 % dan oshmasligi lozim.
Quyma qandda namlik 0,4%, presslangan qandda 0,25%, presslangan tez
eruvchan qandda esa 0,20% dan oshmasligi kerak.
Organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talabiga javob bermaydigan, ya’ni
begona ta’m va hidlarga ega bo‘lgan, sariq dog‘li, mexanik aralashmalari bo‘lgan
qandlar sotishga chiqarilmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |