1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Qand mahsulotlarini o‘rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Qand mahsulotlarini o‘rash, joylash, saqlash va tashish qoidalari. Qand 
mahsulotlarini saqlash, tashish paytida tashqi muhitdan yaxshi himoya qilinsa, ular 
o‘zining dastlabki xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. 
Shakar 50 kg sig‘imga ega bo‘lgan yangi qoplarga yoki 25, 30, 40 kg sig‘imli 
qog‘oz qoplarga joylanadi. Qand solinadigan qoplar zig‘ir, kunjut, kanop tolalari 
aralashmasidan to‘qiladi. Qoplar toza, quruq va begona hidsiz bo‘lishi kerak. 


Shakarlarni avtomobil vositalari bilan tashiganda ularni 
40 kg sig‘imli 5—6 qavatli qog‘oz yoki polietilen xaltalarga joylashtiriladi. Savdo 
tarmoqlariga qand-rafinadlar 0,3, 0,5, 1 kg og‘irlikdagi karton qutilarga yoki turli 
shakldagi qog‘ozlarga o‘rab chiqarilmoqda. Bu quti va o‘ramlar sig‘imi 30—35 kg 
bo‘lgan yashiklarda savdo shoxobchalariga jo‘natiladi. Shakar ham savdo 
shoxobchalariga 0,5—1,0 kg sig‘imli polietilen paketlarga qadoqlanib chiqariladi. 
yaxlit massa hosil bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. 
Asal 
Asal — asalarilar ishlab chiqaradigan o‘tkir shirali mahsulot. U to‘yimlilik, shifo- 
profilaktika va bakteritsid xususiyatlarga ega. 100 g asalning kaloriyaliligi 308— 
315 kkal yoki 1289—1300 kJ ni tashkil etadi. Jigar, o‘pka, buyrak, oshqozon
yuqori nafas organlari xastaliklarini davolashda ishlatiladi. Asal tarkibida odam 
organizmi uchun muhim bo‘lgan 70 dan ortiq modda bor. Uning tarkibi 
quyidagicha: suv — 17— 21%; uglevodlar — 75%, organik kislotalar, oqsil 
moddalar, mineral moddalar, xushbo‘y va bo‘yovchi moddalar, darmondorilar. Asal 
turlari: tabiiy va sun’iy asal. 
Tabiiy asal. Nektar olish manbayi qandayligiga qarab gul asali va barg asali 
bo‘ladi. Asal o‘simlik turiga qarab 30 dan ziyod turga bo‘linadi. Gul asali guldagi 
nektardan olinadi. U monofil va polifil bo‘lishi mumkin. Jo‘ka, beda asali gul 
asalining eng yaxshi navlaridir. Terma gul asali bilan barg asalining sifati pastroq 
bo‘ladi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling