1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB)
- Uyga vazifa
7-
ilova 8- ilova Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL) 1.Kraxmal haqida ma’lumot bering? 2.Qand haqida ma’lumot bering? 3. Shakar haqida ma’lumot bering? 4. Kraxmal ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring? 5.Kraxmal sifatiga qo‘yiladigan talablarni ayting? 6.Kraxmal mahsulotlariga nimalar kiradi? Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB) 1. Kraxmal o‘simlik hujayralaridan ajratib olingan alohida kraxmal zarrachalaridan iborat. U unga o‘xshagan oq yoki sal sarg‘ish sochiluvchan kukundir. Kimyoviy xususiyati — bu uglevod. Kraxmal odam organizmida energetik modda bo‘lib xizmat qiladi va to‘liq hazm bo‘lib, energiya hosil qiladi (100 g dan 329 kkal). 2. Qand — tarkibida juda oz miqdorda suv va boshqa moddalar bo‘lgan, qolgan hammasi sof saxarozadan iborat qimmatli mahsulotdir. Qand odamning ovqat ratsionida katta o‘rin egallaydigan shirinlik. 3. Shakar qandlavlagi tarkibidagi saxarozani diffuziya usulida suvda eritish orqali olinib, quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi: lavlagi yuvib tozalanadi, maydalanadi, 70— 75°C gacha qizdirib, diffuzion apparat ichiga solinadi, qaynoq suv yordamida diffuzion sharbat olinadi. 4. Kartoshka kraxmali tayyorlashda kartoshkani yuvib, mexanik qirg‘ichdan o‘tkazilib, hosil bo‘lgan massani elakka solib, suvda yuviladi. Kraxmal zarralari suv bilan elakdan o‘tib, kraxmal qorishmasi hosil qiladi, elakda ichki po‘stloqlari qoladi. Qorishmani tindirib yoki sentrifugada kraxmal ajratib olinadi. Natijada 50% atrofida bo‘lgan xom kraxmal olinadi. Bu kraxmalga sulfat kislota qo‘shib, oqartirib 35— 50°C li haroratda quritib, elab olinadi va joylanadi. 5. Barcha kraxmal turlarida begona hid va ta’m, mineral kislotalar, erkin xlor va og‘ir metallar, boshqa kraxmal turi, yumaloqlanib qolgan bo‘laklari bo‘lmasligi kerak. Rang kraxmalni xarakterlovchi muhim organoleptik ko‘rsatkich bo‘lib, uning turiga, tozaligiga, naviga bog‘liq. 6. Sago, shu nomli palma tanasining o‘rtasidan olingan tabiiy va kartoshka, makkajo‘xoridan olinadigan 1-nav kraxmalidan tayyorlangan sun’iy bo‘lishi mumkin. Uyga vazifa: 1. O‘tilgan mavzu bo‘yicha konspektni to‘ldirish. 2. O‘tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga tayyorlanib kelish. 3. Nazorat savollariga tayyorlanish. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling