1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qand. Shakar Qand
- Shakarning sifat ko‘rsatkichlari.
Kraxmal ishlab chiqarish. Kartoshka kraxmali tayyorlashda kartoshkani yuvib,
mexanik qirg‘ichdan o‘tkazilib, hosil bo‘lgan massani elakka solib, suvda yuviladi. Kraxmal zarralari suv bilan elakdan o‘tib, kraxmal qorishmasi hosil qiladi, elakda ichki po‘stloqlari qoladi. Qorishmani tindirib yoki sentrifugada kraxmal ajratib olinadi. Natijada 50% atrofida bo‘lgan xom kraxmal olinadi. Bu kraxmalga sulfat kislota qo‘shib, oqartirib 35—50°C li haroratda quritib, elab olinadi va joylanadi. Qand. Shakar Qand — tarkibida juda oz miqdorda suv va boshqa moddalar bo‘lgan, qolgan hammasi sof saxarozadan iborat qimmatli mahsulotdir. Qand odamning ovqat ratsionida katta o‘rin egallaydigan shirinlik. To‘g‘ridan to‘g‘ri ovqatga ishlatiladi va qandolatchilik sanoatida qandolat mahsulotlari, konservalar, non-bulka mahsulotlari ishlab chiqarishda asosiy xomashyolardan biri hisoblanadi (22-rasm). Or- ganizmga juda ko‘p energiya beradi. 100 g qandning energetik qimmati 374—375 kkal. Shakar qandlavlagi tarkibidagi saxarozani diffuziya usulida suvda eritish orqali olinib, quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi: lavlagi yuvib tozalanadi, maydalanadi, 70— 75°C gacha qizdirib, diffuzion apparat ichiga solinadi, qaynoq suv yordamida diffuzion sharbat olinadi. Sharbatni qand bo‘lmagan boshqa aralashmalardan tozalanadi. Diffuzion sharbatni apparatlarda kristall modda utfel hosil bo‘lguncha quyul- tiriladi. Utfel kristallar orasidagi suyuqlikdan ajratiladi, oqar- tiriladi, 70—75°C da quritiladi, saralanadi va joylanadi. Shakarning sifat ko‘rsatkichlari. Shakar opganoleptik va tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha Davlat standarti talablariga javob berishi kerak. Shakarning rangi oq, shakar kristallarining o‘lchamlari bir xil, qirralari aniq ko‘rinib turadigan, yuzasi yaltiroq bo‘lishi kerak. Shakar va uning eritmasining mazasi shirin, begona ta’m va hidsiz bo‘lishi kerak. Unda yot mexanik aralashmalar, bir-biriga yopishgan va oqlanmagan shakar bo‘lakchalarining bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan tashqari, shakar quruq, ushlab ko‘rilganda yopishmasligi, sochiluvchan, suvda to‘liq erib, rangsiz, tiniq eritma hosil qila oladigan bo‘lishi kerak. Shakar tabiiy-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa quyidagi talablarga javob berishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling