mevali, sutli, likyorli, yong‘oqli, marsipanli, kremli bo‘lishi mumkin.
Korpusiga
ishlov berilishiga qarab sirlangan va sirlanmagan konfetlarga bo‘linadi. Konfet
massasiga shakl berilishiga qarab esa konfetlar qoliplarga quyish, surkash, presslash
yo‘llari bilan ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Tashqi bezagi bo‘yicha konfetlar
etiketka qog‘ozlariga o‘ralgan, o‘ralmagan (ochiq),
bezak berilgan qutilarga
joylangan holda ishlab chiqariladi.
Sharq va o‘zbek milliy qandolat mahsulotlari
Sharq xalqlarining milliy xususiyatlariga va ta’biga xos bo‘lgan qandolat
mahsulotlari sharq shirinliklari deb nomlangan. Ular
shakar asosida va mahsulot
turiga qarab ancha miqdorda yog‘, tuxum, yong‘oqlar, yog‘li urug‘larning mag‘zi,
quruq mevalar, bo‘yoqlar, kislotalar va xushbo‘y moddalar qo‘shib tayyorlanadi.
Shu tufayli bu mahsulotlar yuqori oziqaviy qiymatga ega.
Sharq shirinliklari keng assortimentda ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish usullari,
qo‘llaniladigan xomashyo, strukturaviy- mexanik va mazali xususiyatlariga ko‘ra
bu mahsulotlarni shartli ravishda uch asosiy: karamelsimon, yumshoq kon- fetsimon
va unli sharq qandolati guruhlariga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: