1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

7- 
ilova 
 
 
8- 
ilova 
Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL) 
1.Kraxmal haqida ma’lumot bering? 
2.Qand haqida ma’lumot bering? 
3. 
Shakar haqida ma’lumot bering? 
4. 
Kraxmal ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring? 
5.Kraxmal sifatiga qo‘yiladigan talablarni ayting? 
6.Kraxmal mahsulotlariga nimalar kiradi? 
Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB) 
 
1. 
Kraxmal o‘simlik hujayralaridan ajratib olingan alohida kraxmal zarrachalaridan 
iborat. U unga o‘xshagan oq yoki sal sarg‘ish sochiluvchan kukundir. Kimyoviy 
xususiyati — bu uglevod. Kraxmal odam organizmida energetik modda bo‘lib 
xizmat qiladi va to‘liq hazm bo‘lib, energiya hosil qiladi (100 g dan 329 kkal). 
2. 
Qand — tarkibida juda oz miqdorda suv va boshqa moddalar bo‘lgan, qolgan 
hammasi sof saxarozadan iborat qimmatli mahsulotdir. Qand odamning ovqat 
ratsionida katta o‘rin egallaydigan shirinlik. 
3. 
Shakar qandlavlagi tarkibidagi saxarozani diffuziya usulida suvda eritish orqali 
olinib, quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z ichiga oladi: lavlagi yuvib tozalanadi, 
maydalanadi, 70— 75°C gacha qizdirib, diffuzion apparat ichiga solinadi, qaynoq 
suv yordamida diffuzion sharbat olinadi. 


4. 
Kartoshka kraxmali tayyorlashda kartoshkani yuvib, mexanik qirg‘ichdan 
o‘tkazilib, hosil bo‘lgan massani elakka solib, suvda yuviladi. Kraxmal zarralari suv 
bilan elakdan o‘tib, kraxmal qorishmasi hosil qiladi, elakda ichki po‘stloqlari qoladi. 
Qorishmani tindirib yoki sentrifugada kraxmal ajratib olinadi. Natijada 50% atrofida 
bo‘lgan xom kraxmal olinadi. Bu kraxmalga sulfat kislota qo‘shib, oqartirib 35— 
50°C li haroratda quritib, elab olinadi va joylanadi. 
5. 
Barcha kraxmal turlarida begona hid va ta’m, mineral kislotalar, erkin xlor va 
og‘ir metallar, boshqa kraxmal turi, yumaloqlanib qolgan bo‘laklari bo‘lmasligi 
kerak. Rang kraxmalni xarakterlovchi muhim organoleptik ko‘rsatkich bo‘lib, uning 
turiga, tozaligiga, naviga bog‘liq. 
6. 
Sago, shu nomli palma tanasining o‘rtasidan olingan tabiiy va kartoshka
makkajo‘xoridan 
olinadigan 1-nav kraxmalidan tayyorlangan sun’iy bo‘lishi mumkin. 
Uyga vazifa: 
1. O‘tilgan mavzu bo‘yicha konspektni to‘ldirish. 
2. O‘tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga tayyorlanib 
kelish. 
3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling