4-
ilova
Qandolat mahsulotlari yuqori energiya berish qobiliyatiga ega bo‘lgan, qandga
boy, shirin, mazali, o‘ziga xos hidli va yaxshi hazm bo‘ladigan
oziq-ovqat
mahsulotlari hisoblanadi. 100 g qandolat mahsulotlarining
energiya berish
xususiyati 1200—2500 kJ atrofida bo‘ladi.
Ko‘pchilik qandolat mahsulotlarining biologik qiymati uncha yuqori bo‘lmaydi,
chunki ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan xomashyolarda
shu moddalar juda
kam miqorda bo‘ladi, ba’zilari esa yuqori haroratda ishlov berilganda parchalanib
ketadi.
Qandolatchilik mahsulotlarining tasnifi quyidagi chizmada ifodalangan.
Qandolatchilik mahsulotlarining turlari.
Meva va rezavor mevali qandolat mahsulotlari
Meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlari yangi mevalar va ularni qayta ishlash
natijasida olinadigan, ya’ni meva suvlari, sharbatlari, bo‘tqalaridan qand, xushbo
‘ylantiruvchi va bo‘yoq moddalari, organik kislotalar qo‘shib ishlab chiqa- riladigan
mahsulotlardir. Bunday mahsulotlarning assortimenti juda xilma-xil.
Ularga
marmelad, pastila, murabbo, povidlo, jem, sukat va jele mahsulotlari kiradi. Qandli
qandolat mahsulotlari orasida bu mahsulotlar yuqori biologik qimmatga ega ekanligi
bilan ajralib turadi, chunki ularni ishlab chiqarishda darmondori, mineral moddalar,
pektinlar, fermentlarga boy bo‘lgan xomashyolar ishlatiladi.
Meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlarining
yuqori energiya berish
qobiliyati ularning tarkibida qand moddalarining miqdori
juda yuqoriligi bilan
tavsiflanadi. 100 g meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlarining energiya berish
xususiyati 1100—1500 kJ ga tengdir.
Do'stlaringiz bilan baham: