1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Likyor-aroq mahsulotlarining assortimenti


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Likyor-aroq mahsulotlarining assortimenti. 
 
 
Mahsulot nomi 
Miqdori, % 
spirt 
qand 
Likyorlar: 
Kuchli 
30—45 
28,0—50,0 
Desert 
25-60 
30,0—45,0 
Kremlar 
20-23 
49,0—69,0 
Damlamalar: 
Shirin 
16—25 
8,0—30,0 
Sal shirin 
25-60 

 
 
 
 
 

Kuchli achchiq 
35—75 
0—5,4 
Kam quvvatli achchiq 
27—28 
— 
Balzamlar 
45 
— 
Nalivkalar 
18—20 
28,0—40,0 
Punshlar 
16—18 
32,0—39,0 
Desert ichimliklar 
12—16 
15—35 
Aperitivlar 
17—45 
7,0—25,0 
Rom. Viski. 
 
Rom. Bu ichimlik rom spirtidan tayyorlanib, kuchli spirtli ichimliklar qatoriga 
kiradi. Rom spirti shakarqamish sharbatini va shakarqamishdan shakar olingandan 
keyin qoladigan massalarni bijg‘itish, so‘ngra esa bijg‘igan xomashyoni murakkab 
usullar bilan haydash natijasida olinadi. Hosil bo‘lgan spirt eman yog‘ochidan 
qilingan bochkalarga solinib, yetilish uchun 4—5 yil davomida ushlab turiladi. 
Uzoq muddat ushlab turilganda rom spirti va uning tarkibidagi moddalarning 
eman bochkasining o‘zidagi oshlovchi, bo‘yoq va xushbo‘ylik beruvchi 
moddalarining bir-biri bilan o‘zaro ta’siri natijasida rom spirti yetilib, o‘ziga xos 
rang, yoqimli ta’m, hid paydo qiladi. 
Yetilgan rom spirti distillangan suv, qand, sharbat, qora olxo‘ri morsi va 
murakkab efirlar eritmalari bilan aralashtiriladi. So‘ng rom suzilib, idishlarga 
quyiladi. 
Konyaklar 
 
Konyaklar 
vatani Fransiya hisoblanadi. Dastlab konyaklar 1620-yilda 


Fransiyaning Konyak shahrida ishlab chiqarila boshlagan. Konyaklar konyak 
spirtiga distillangan suv, qand sharbati, koler qo‘shib tayyorlanadi. Konyak spirti 
esa maxsus uzum navlaridan tayyorlangan xo‘raki vinolarni haydab olingan xom 
spirtni yana qayta haydash natijasida olinadi. Bunda kuchliligi 62—70% bo‘lgan 
spirt hosil qilinadi. Keyin esa ana shu spirtni eman yog‘ochdan tayyorlangan 
bochkalarga yoki eman tayoqchalari tushirilgan emallangan idishlarga quyib, 3 
yildan 10 yilgacha va bundan ham ortiq tutib turiladi. Uzoq vaqt ushlab turilganda 
konyak spirti eman yog‘ochi tarkibidagi oshlovchi, bo‘yoq, kislotalar va 
xushbo‘ylik beruvchi moddalarni chiqarib oladi va konyakning xushbo‘yligini 
ta’minlovchi murakkab efirlarni hosil qiladi. Bu yerda boshqa oksidlanish- 
qaytarilish jarayonlari natijasida konyakning yoqimli ta’mi va xushbo‘y hidini 
ta’minlovchi xilma-xil yangi moddalar ham hosil bo‘ladi. Bu jarayonlar juda 
sekinlik bilan bir necha yillar mobaynida ro‘y beradi. 
1. 
Choy xususiyatlarini ayting? 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling