115
Izoh: O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi
albatta baholanadi va natijasi o’tish balidan 3 ball past bo’lganda qayta
nazorat belgilanadi.
4-
ilova
Kolbasa va dudlangan go‘sht mahsulotlari.
Kolbasa mahsulotlari bu go‘sht qiymasiga tuz va ziravorlar solib,
ichaklarga
joylanib, iste’molga tayyor bo‘lguncha issiqlik ishlovi berilgan mahsulotdir.
Kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish uchun asosiy xom- ashyo mol, cho‘chqa,
kamdan kam qo‘y, ot, uy parrandalari- ning go‘shti, quyon, shuningdek, cho‘chqa
yog‘i, ba’zan boshqa turdagi hayvon yog‘lari kabilar hisoblanadi.
Kolbasa ishlab chiqarishda ishlatiladigan qo‘shimcha xomashyolarga esa sut
mahsulotlari (sut, qaymoq, sariyog‘), tuxum, kraxmal, bug‘doy uni, yormalar, soya
mahsulotlari kiradi. Kolbasaga o‘tkirroq, o‘ziga xos ta’m va xushbo‘y hid berish
uchun qiymaga tuz, qand, ziravorlar, sarimsoq, nitratlar ham qo‘shiladi.
Barcha kolbasa mahsulotlari quyidagi turlarga bo‘linadi: qaynatilgan kolbasalar,
sosiskalar va sardelkalar;
qiymali va liver kolbasalar; go‘sht nonlari; pashtetlar;
zelslar; studen; chala dudlangan va dudlangan kolbasalar.
Bu mahsulotlar
xomashyosi, tayyorlash usuli va tashqi bezalishlariga qarab bir-biridan farq qiladi
(2-chizma).
Kolbasani tayyorlash go‘shtni tayyorlash, tozalash, chopish, dastlabki to‘g‘rash,
tuzlash, go‘shtning yetilishi,
qiyma qilish, qiymani po‘stga tiqish, borlash,
cho‘ktirish, qovurish, pishirish, dudlash va quritish kabi operatsiyalarni o‘z ichiga
oladi.
Go‘shtni tayyorlash uni dastlab suyakdan ajratishdan iborat. Go‘shtni tozalashda
undan kemirchak, yog‘, qon tomirlari va biriktiruvchi to‘qimalar olib tashlanadi.
Shu tariqa tayyor qilib qo‘yilgan go‘sht uch navga: oliy, 1- va 2-navlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: