1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Idish turi jihatidan: metall bankali, shisha bankali konservalar. 
3. 
Issiq ishlov berilishi jihatidan: sterilizatsiya qilingan, pasterizatsiyalangan 
konservalar. 
4. 
Ishlatilishiga qarab: gazak, ovqatbop, yarim fabrikat konservalar. 
5. 
Go‘shtdan tayyorlangan konservalar tayyorlanishiga qarab: xom 
go‘shtdan, qaynatilgan, qovurilgan va tuzlangan go‘shtdan tayyorlangan 
konservalarga bo‘linadi. 
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini saqlash 
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari muzlatgichlarda yoki sovuq- xonalarda quruq, toza 
va yaxshi shamollatiladigan qorong‘i binolarda saqlanadi. 
Saqlashda havoning namligi, harorat, shamollatish va binoning sanitariya holati 
go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Binodagi havoning 
haddan tashqari quruq bo‘lishi go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qurishiga sabab 
bo‘ladi va ularning tashqi ko‘rinishi buziladi. Havo namligi oshib ketsa, ularning 
mog‘orlashi va chirishiga sabab bo‘ladi. Iflos, zax va iliq binolarda go‘sht va go‘sht 
mahsulotlari tez buziladi, chunki bunday sharoitlarda mikroblar, ayniqsa, 
chiritadigan mikroblar juda tez ko‘payadi. 
Sovitilgan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini osib qo‘yib saqlashda harorat —1°C 
dan —2°C gacha, havoning nisbiy namligi 75—85% bo‘lishi lozim. Muzlatilgan 
go‘sht mahsulotlari ombor yoki chakana savdo korxonalarida toza yog‘och va 
ruxlangan stellajlarga zich qilib taxlanadi va usti brezent yoki boshqa material bilan 
yopiladi. Ular —2°C dan —6°C gacha haroratda va havoning namligi 85—90% 
qilib saqlanadi. 
Yil fasli va zonaga qarab go‘shtlarga tabiiy kamayish me’yori belgilangan. 
Masalan, sovitilgan qoramol va qo‘y go‘shtining kamayish me’yori 0,85 dan 1,00% 
gacha; muzlatilgan qoramol va qo‘y go‘shtiniki 0,55 dan 0,90% gachadir. 
Parranda go‘shtlari magazinlarda 0°C dan past haroratda ko‘pi bilan 5 sutka, 0°C 
dan 6°C gacha bo‘lgan haroratda ko‘pi bilan 3 sutka, 8°C dan yuqori bo‘lmagan 
haroratda (muzxonalarda), ko‘pi bilan 2 sutka saqlanadi. 


117 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling