1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

 
 
Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB) 
 
1. Tovuq tuxumida po‘choq, oqsil va sarig‘likning nisbati, tuxumning kimyoviy 
tarkibi parrandaning yoshi va zoti, oziqlantirish sharoitlari, tuxumning qo‘yilgan 
vaqti, saqlanish muddati, sharoitlariga va tuxumning kattaligiga bog‘liq. Tuxum 
tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma 
moddalar mavjuddir. Ayniqsa, tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi, 
letsitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, E darmondorilariga boyligi uchun 
parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida 
va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tovuq tuxumining 
kimyoviy tarkibiga: oqsillar — 12,7%, yog‘lar — 11,5%, uglevodlar — 0,7%, 
mineral moddalar — 1,0%, suv — 74,0%, darmondorilardan A, D, Bj, B
2
, PP va 
boshqalar kiradi. 
2. Tovuq tuxumining massasi 45—76 g (o‘rtacha 52 g), o‘rdakniki — 75—100 g, 
kurkaniki — 80—100 g, g‘ozniki 160—200 g ni tashkil qiladi. 
Tovuq tuxumining og‘irligiga nisbatan, asosan, uch qismdan iborat: tuxum 
po‘chog‘i (12%), tuxum oqi (56%), tuxum sarig‘idan (32%). 
3. Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra tuxumlar parhezbop, yangi, sovitgichda 
saqlangan va ohaklangan turlarga bo‘linadi. 
Parhezbop tuxumlar deb, massasi kamida 44 g, tovuq tuxum qilgan kundan 
tashqari 7 kundan kechikmasdan iste’- mol qilinadigan va sovitgichda saqlanmagan 
tuxumlarga aytiladi. 
Yangi tuxumlarga —1°C dan —2°C haroratda 30 sutkagacha saqlangan 
tuxumlar kiradi. 
Sovitgichda saqlangan tuxumlarga shu haroratlarda bir oydan ortiq saqlangan 
tuxumlar kiradi. 
4. Qayta ishlangan tuxum mahsulotlariga muzlatilgan tuxum mahsulotlari 
(melanj) va tuxum kukuni (tolqoni) kiradi. 


163 
Uyga vazifa: 
1. O‘tilgan mavzu bo‘yicha konspektni to‘ldirish. 
2. O‘tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga tayyorlanib 
kelish. 
3. Nazorat savollariga tayyorlanish. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling