Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ekologik ta‟lim-tarbiya, tarbiyachi - Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda ekologik ta‟lim-tarbiya, tarbiyachi
- tomonidan, ularga quyidagi usullardan foydalanish bilan amalga oshiriladi.
- Tarbiyachi tarqatma materiallardan foydalanib kuzatishni boshqaradi. Bu
- kuzatishlar o‟rta guruhlardan boshlab o‟tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish
- bir obyektni kuzatishdan ko‟ra ancha murakkabroqdir. Bu o‟rinda tarbiyachidan
- o‟z diqqat e‟tiborini taqsimlay bilishi, barcha bolalar harakatini uyushtira olishi
- talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‟rsatmalariga aniq rioya
- qilishlari, boshqalarni tinglashlarini o‟zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari
- hamda qiyoslashlari kerak bo‟ladi. Kuzatishlar tashkil etishning bu usuli katta
- rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Barcha bolalar turli xil tadqiqotchilik
- harakatlaridan foydalanishda mashqlanish, o‟quv ko‟nikmalarini takomillashtirish
- imkoniga ega bo‟ladilar, bolalarda ancha aniqroq tasavvurlar shakllanadi.
- Tarqatma material sifatida o‟simliklar hamda ularning qismlari: bargi,
- mevasi va urug‟i, shoxchalari, sabzavot va mevalaridan foydalanish mumkin.
- Kuzatishda qatnashuvchi har bir bola material yig‟malarini qo‟lga oladi
- (xuddi shunday yig‟malar tarbiyachida ham bo‟ladi).
- Kuzatish davomida tarbiyachi bolalarga savollar beradi, narsalarni
- tekshirishni tashkil etadi. Olingan tasavvurlar qiyoslanadi. Tarbiyachi bolalarni
- xulosalar chiqarishga olib keladi. Kuzatish jarayonida tarqatma materialdan
- foydalanish barcha bolalarning yuqori faolligini ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |