O’rta guruhlar. Kuzatishdan ko‟pincha tanish narsa va hodisalar haqidagi - O’rta guruhlar. Kuzatishdan ko‟pincha tanish narsa va hodisalar haqidagi
- tasavvurlarni kengaytirish, yangi obyektlar bilan tanishtirishda foydalaniladi.
- Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda o‟simliklarning o‟sishi va rivojlanishi, tabiat
- hayotidagi yorqin ekologik-mavsumiy o‟zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli
- kuzatishlarni ham tashkil qiladi. Tabiatdagi o‟zgarishlarni kuzatish davomida o‟rta guruh bolalari kuzatilayotgan narsalarni xarakterli belgilarini: hajmi (katta-kichikligi), rangi, shakli, qismi, proporsiyasi, sathi xarakteri, miqdorini ajratib ko‟rsatishni o‟rganadilar. Natijada kuzatish tabaqalashtirilgan bo‟ladi, bolalardagi kuzatisasosida shakllanadigan tasavvurlar esa ancha aniq va ravshan bo‟lib boradi.
- Kuzatishning maqsadi ko‟pincha mehnat (hozir qushni tomosha qilamiz va
- uni boqishni o‟rganamiz, u endi bizning tabiat burchagimizda yashaydi). Biroq
- bilish maqsadlaridan ko‟proq foydalaniladi. Masalan, boqqa borish va qanday
- daraxtlar gullaganligini ko‟rish, ularni tanishni bilish maqsadida ko‟rish va hokazo.
- Ba‟zan kuzatishlar topishmoqlardan foydalanib tashkil etiladi.
- Topishmoqlarni javoblarini bolalar narsalarni ko‟rib chiqish jarayonida topadilar.
- Yoki topishmoqning o‟zi “narsani” bo‟ladi. Masalan, ozuqa qaysi jonivor uchun
- tayyorlanganligi o‟ylanadi, so‟ngra kuzatish jarayonida taxminning to‟g‟riligi
- tekshiriladi. O‟rta guruh bolalari kuzatish uchun zarur bo‟lgan muhitni yaratishda
- qatnasha oladilar (ozuqa tayyorlash, jonivor uchun, joy tayyorlash). Bu bolalarda
- kuzatishga bo‟lgan qiziqishni oshiradi.
- O‟rta guruh bolalari bilan olib boriladigan kuzatishlarda tarbiyachi
- qiyoslashdan foydalana boshlaydi. Ikki narsa qiyoslanadi (ulardan biri bolalarga
- oldindan tanish). Tarbiyachi qiyoslash uchun belgilarni izchil ajratib ko‟rsatib
- boradi. O‟rta guruhda kuzatishning natijasi hikoya-tasvirlash bo‟lishi mumkin.
- Tarbiyachi bolalarga hikoyaning qisqa rejasini tavsiya etib, ularni ikki-uch savol
- bilan gapirib berishga undaydi, biroq uning o‟zi gapirib bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |