Kichik guruhlar. Dastlabki kuzatishlar oz miqdordagi bolalar bilan - Kichik guruhlar. Dastlabki kuzatishlar oz miqdordagi bolalar bilan
- o‟tkaziladi. Tarbiyachining asosiy vazifasi – bolada kuzatishning elementar
- malakalarini tarkib toptirishdir: diqqatni kuzatilayotgan narsaga ozmi yoki ko‟pmi
- to‟plash, qo‟yilgan savollarga javob berish, aniq belgilarni (2-3 ta) ajratib
- ko‟rsatish. Bolalarni aniq harakatlanuvchi narsalarga jalb qiladi, shuning uchun bu
- yoshdagi bolalar bilan dastlab jonivorlarni kuzatish mumkin. Ularning namoyon
- bo‟lishi – harakati, oziqlanishi, chiqaradigan tovushlari – kichkina bolalarda
- beihtiyoriy diqqatni uyg‟otadi. Avvaliga bolalar tarbiyachining savollarini
- eshitmaganday, tushunmaganday bo‟ladilar. Ularning butun diqqat-e‟tibori
- jonivorni bevosita tomosha qilish bilan band bo‟ladi. Shuning uchun tarbiyachi
- kuzatishni boshqarar ekan, turli usullar bilan jonivorni harakat qilishga undaydi
- (masalan, ma‟lum oraliqda ovqat qo‟yadi), bolalarni jonivorni ovqatlantirishga jalb
- qiladi. Bolalar ovqatni qo‟llari bilan ushlaydi va oziqlanishiga qarab zavq oladi,
- tarbiyachi esa so‟z bilan ifoda etib beradi. Bolalar bu so‟zlarni tarbiyachidan so‟ng
- takrorlaydi.
- Kichkina bolalar o‟tkaziladigan kuzatishlar qisqa muddatlidir. Ammo
- bolalarning diqqatini saqlab qolish uchun tarbiyachi ularning ba‟zilariga: oxurga
- don sepish yoki quyonga sabzi berish, suvdonga suv quyish kabi topshiriqlarni
- tavsiya etiladi. Jonivorlarning rangi va rang-barangliklarini aniqlash uchun uni
- silash tavsiya etiladi (agarda imkoniyati bo‟lsa). O’yin usullari: harkatga, tovushlarga taqlid qilishdan, o‟ziga xos aloqalar
- o‟rnatishdan: “Qush bolalar uchun qo‟shiq aytayapti”, “Baliq Boburga qarab, endi
- Shahzoda tomonga suzayapti kabilardan ham foydalaniladi. Ob-havoni yoki jonsiz
- tabiatning boshqa obyektlarini kuzatish, o‟simliklarni ko‟rish jarayonida tarbiyachi
- bu kuzatishlarni elementar mehnat harakatlari yoki o‟yin bilan bog‟laydi (xona
- o‟simliklarini tomosha qilishadi va uning barglarini artishadi, piyozni ekishdan
- oldin tekshirishadi, qum o‟ynayotganlarida uning sochiluvchanligini bilib
- olishadi.). Yosh bolalar bilan kuzatishlar tashkil etilar ekan turli tadqiqot (tekshirish)
- harakatlaridan ko‟proq foydalanish maqsadga muvofiqdir: kaftni oftobga tutib,
- issiqlikni sezish, gulni hidlash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |