2.1. Maktabgacha ta’limda ekologik ta’lim-tarbiya uzviyligini takomillashtirish usullari, shakl va vositalari.
Tarbiyachilarga beriladigan ekologik ta‟lim-tarbiya o‟z oldiga qo‟ygan vazifalar quyidagilardir: ekologik bilimlarni to‟rlab, ularni saralaydi. Sinaydi va
maktabgacha yoshdagi bolalarga ushbu to‟plangan ekologik madaniyat va
ma‟naviyatni asta-sekin uzviy ravishda, uzluksiz shakllantirib boradi.
Maktabgacha ta‟lim muassasalarida tarbiyachilar tomonidan bolalarga
berilayotgan ekologik ta‟lim-tarbiya obyekti bo‟lib, albatta, tabiat resurslari,
boyliklari – yer, suv, havo va tabiat boyliklari hisoblanadi.
Bog‟cha. Maktab, lisey, kasb-hunar kollejlarida albatta, ekologik ta‟lim-
tarbiyaning barcha bosqichlarida ota-ona, tarbiyachi, Tarbiyachilar, butun
jamoatchilik va keng axborot vositalarining xodimlari alohida ekologik
ma‟naviyatni uzluksiz singdirish va uni shakllantirish maqsadida uzluksiz ravishda
ekologiyadan bilim berib borishlari lozim. Tarbiyachilar bog‟chada, Tarbiyachilar
maktablarda o‟z faoliyatlarida turli-tuman tabiatga ko‟rsatilgan, ayniqsa salbiy
ta‟sirlarni bolalarga jonli, tushunarli sodda qilib aytib berishlari kerak. Bu
ta‟sirlarni konkret misollarda mahalliy joylardagi hodisalarni sodda, lo‟nda qilb
yosh bolalarga singdirishi kerak, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: |