1. Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy nazariy asoslari
Aqli zaif bolalarga m o'ljallangan m aktabgacha tarbiya muassasalari
Download 50.97 Kb.
|
Sitora kurs ishi
Aqli zaif bolalarga m o'ljallangan m aktabgacha tarbiya muassasalari .
Bolalar bog‘chasi (b olalar uyi) aqli zaif bolalarga mo`ljallangan maktabgacha tarbiya muassasasining asosiy tipi bo‘lib hisoblanadi. Guruhlar yoshni hisobga olib, quyidagicha komplektlashtiriladi: kichik guruh 3—4 yoshdan 4—5 yoshgacha, o‘rta guruh 4—5 yoshdan 5—6 yoshgacha, katta guruh 5 - 6 , tayyorlov guruhi 6 - 7 yosh. Guruhdagi bolalar soni intellektning buzilishi darajasidan qat’iy nazar 10—12 boladan iborat bo`ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidaga aqli zaif bolalarning ko‘pchiligida yaqqol namoyon bo'lgan nutq kamchiliklari mavjud bo‘lib, ular uchun korreksion ta ’limning umumiy sistemasida sistematik logopedik ish ko‘zda tutiladi. Logopedik ish mashg`ulotlar jadvaliga q at`iy rioya qilgan holda har bir yosh guruhida haftasiga 2 marta frontal nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi (ta ’limning 1—3-yillarida guruh kichik guruhlarga bo‘linadi; 4-yilda guruh bilan frontal m ashg‘ulot o ‘tkaziladi). Har bir bola bilan haftasiga 3marta individual logopedik m ashg'ulotlar o'tkaziladi. Korreksion ta’lim mazmuniga ona tili tovushlarini nutqqa kiritish (postanovka) va mustahkamlash (avtom atizatsiya), nutqning ravonligi, nafas olish, urg‘u qo‘yish ustida ishlash, so‘z boyligini aniqlashtirish va kengaytirish ,grammatik tuzilishla rn i amalda bog‘langan nutqni shakllantirish kiradi. Nutqni o'stirish yuzasidan olib boriladigan har kungi ishla r maxsus maktabgacha tarbiya muassasasining butun jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rish nuqsoniga ega bolalarga mo`ljallangan maktabgacha tarbiya muassasalari (guruhlari) Bu masalalarga ko‘rishida kamchiligi bo‘lgan, ko‘rish qobiliyati keskin pasaygan va intensiv davolanishga m uhtoj 2 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar qabul qilinadi (yasli bog‘chaga 2 yoshdan, bog‘chaga 3 yoshdan). Ko‘r bolalar guruhlari 10, za if ko‘ruvchi bolalar guruhi 12-15 kishidan iborat bo‘lishi kerak. Bu toifadagi bolalar bilan muntazam logopedik ishlar olib borish zarurligi bolalarda yaqqol nam oyon bo`lgan og‘zaki nutqdagi kamchiliklarning m avjudligidan kelib chiqadi. Bolalar bilan dastlabki tanishuv atroflicha tekshirish o‘tkazish va nutqiy hamda nutqsiz jarayonlarni baholashdan boshlanadi (bog‘lanishli nutqning ahvoli, so'zning gramm atik tuzilishi, lug‘at boyligi, fonetika, idrokni baholash, umumiy va nutq metodikasi ham shu o‘rinda tekshiriladi). Tuzatish ishlari tekshirish natijalarini hisobga olgan hold a rejalashtiriladi. Ta’limning differensiyalashgan sistemasi nutqiy rivojlanish darajasi (ular 4ta) har xil bo‘lgan bolalarni o‘qitishni ko‘zd a tutadi. Nutq rivojlanishining 1 darajasi guruhlarida asosiy e’tibor tovushlar talaffuzini shakllantirishga qaratiladi. Nutq rivojlanishining 2 - 3 darajasiga mo‘ljallangan bolalar guruhlarida logopedik ish nutqning fonetik-fonem atik va leksik-grammatik tomonidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratiladi. Bolalar bilan bog‘langan nutqni shakllantirish, nutq sistemasining barcha komponentlarini rivojlanganligini tuzatish bo‘yicha logopedik m ashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Logopedik mashg‘ulotlar shakli bo‘yicha yakka tartibda va kichik guruhlar bilan o‘tkazilishi mumkin. Ko‘r va zaif ko‘ruvchi bolalarning nutqini rivojlanishini tuzatishga doir ishlar ushbu muassasada ishlovchi barcha mutaxassislarning o'zaro hamkorligi orqali am alga oshiriladi. Download 50.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling