1. Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy nazariy asoslari


Download 50.97 Kb.
bet3/10
Sana08.02.2023
Hajmi50.97 Kb.
#1176243
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sitora kurs ishi

Oyoq uchun mashqlar;
Gavda uchun rivojlantiruvchi mashqlar;
Chiniqtirish va sog‘lomlashtirish;
Ertalabki badantarbiya;
Saflanish va qayta saflanish;
Sport mashqlari;
Raqs mashqlari;
Harakatli o‘yinlar.
«Bolajon» yangi tayanch dasturida ta’limiy, voqeaband-ijroli,
harakatli, teatrlashtirilgan o‘yin faoliyatlarini har bir yosh bosqichi
uchun alohida «O‘yin « bandida mustaqil bayon etish ko‘zda tutilgan.
Madaniy-gigiyenik malakalar alohida bandlarda yoritilgan:
taxminiy kun tartibi;
uxlash gigiyenasi;
shaxsiy gigiyena;
ovqatlanish gigiyenasi;
madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni egallash va o‘z-o‘ziga xizmat qilish;
o‘ziga xos gigiyena; shikastlanishning oldini olish bandlari.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish vazifasi
mustaqil yo‘nalish sifatida dasturga ilk bor kiritildi. Uning maqsadi
bolada milliy o‘zlikni anglash, o‘zi va o‘zgalar shaxsini hurmat qilish, his-tuyg‘ularni ifodalash, kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda milliy qadriyatlarimizga xos muomala odobiga tayanishni tarbiyalashdir.
Bu bolaning ijtimoiy hayotga moslashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bo‘lg‘usi
Barkamol shaxs ega bo‘lishi zarur bo‘lgan fazilatlarni tarbiyalashda
poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
«Bolajon» tayanch dasturida ijtimoiy-hissiy rivojlanish yo‘nalishi:
Ijtimoiy rivojlantirish (kattalar va tengdoshlari bilan muloqot);
Hissiy rivojlanish (bolaning «men» konsepsiyasi va his-tuyg‘ularini
ifodalashi)ni o‘z ichiga olgan. Yangi dasturda nutq, o‘qish va savodga
tayyorlash yo‘nalishi alohida, keng ochib berilgan. Ular quyidagicha
tartiblangan:
Nutq (Uning ekspressiv va impressiv muloqot turlari).
O‘qish va savodga tayyorlash:
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish.
Bunda ilk bora bolani harflar bilan tanishtirish, bo‘g‘inlab o‘qish
va o‘z ismini bosma harflarda yozish vazifasi kiritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturida bilish jarayoni, atrof olam to‘g‘risidagi
bilimga ega bo‘lish va uni anglash yo‘nalishiga quyidagilar:
elementar matematik tasavvurlar (Son va sanoq, kattalik, geometrik
shakllar, tevarak atrofda mo‘ljal olish, vaqtni chamalash, qurish-yasash,
ta’limiy o‘yin va mashqlar);
atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash (Ona
Vatan va tevarak atrof, buyuk siymolar, kattalar mehnati,
transport vositasi, buyumlar haqida bilimlar, jonli va jonsiz tabiat, yer
kurrasi to‘g‘risida tasavvur);
tasviriy faoliyat;
musiqa;
o‘yin faoliyati (ta’limiy, harakatli, voqeaband-ijroli, teatrlashtirilgan o‘yinlar) keng yoritilgan.
«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi» Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga erishishdan,
ya’ni maktabga jismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
«Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy
hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini
muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish, axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek,
kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga
yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri
shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Go‘daklik (1 yoshgacha)
ilk yosh (1–2 yosh)
ilk yosh (2–3 yosh)
kichik yosh (3–4 yosh)
o‘rta yosh (4–5 yosh)
katta yosh (5–6 yosh)
maktabga tayyorlov davri (6–7 yosh)
Dasturning tuzilmasi:
1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
2. Jismoniy rivojlanish.
3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yillik va jami).
4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.
5. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.
6. Bilish jarayoni: atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash.
3. Maktabgacha tarbiya muassasasida nutqini rivojlantirish vositalari va usullari. Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish, bolalarda erkin muhokama yuritish, savollar berish, boshqalardan eshitgan fikrlari yuzasidan xulosalar chiqarish, narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishning turli ko‘rinishlarini anglab yetishga olib keladi.
Maktabgacha tarbiya muassasasida sog‘lom, tabiiy muhit yaratish, ularning to‘g‘ri muomalaga kirishishi, boshqalar bilan gaplashish ishtiyoqining ortishiga turtki bo‘ladi. Buning uchun bolalar nutqining shaklan va mazmunan mantiqiy birligiga erishish muhim bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
dastlab bola o‘z lug‘at boyligiga ega bo‘lishi;
bolalar nutqining grammatik tuzilishini aniq shakllantirishga
e’tibor berish;
bolalarda tovush madaniyatini tarbiyalash;
dialogik nutq, ya’ni so‘zlashuv nutqini rivojlantirish;
hikoya qilib berish;
bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish;
bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash va boshqalar.
Bu talablar maktabgacha tarbiyaning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Lekin ularning har birida bolalarning yosh xususiyati, shaxsiy tayyorgarlik darajasi, albatta, hisobga olinadi.
Bolalarning tevarak-atrofni kuzatib borishi natijasida talaffuzi ham ijobiy tomonga o‘zgara boshlaydi; tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila boshlaydilar, jumlalar mazmuni kengaya boradi, grammatik tomondan gapni to‘g‘ri tuza boshlaydilar, lug‘at boyligi ham ortadi.
Bolalarning o‘zlari kichik-kichik hikoyalar tuza boshlaydilar va bu hikoyalarni erkin bayon qila oladilar. Ularda kattalar bilan muloqotga kirishish, o‘z fikrini erkin bayon etish kabi xislatlar paydo bo‘la boshlaydi. Shunga ko‘ra bolalar nutqida tovush madaniyatini takomillashtirish, atrofdagi narsalar, predmetlar, hodisalar nomini ifodalovchi so‘z boyligini kengaytirish, faollashtirish, monologik nutqning oddiy shakllariga rioya etish, o‘z fikrini grammatik
jihatdan to‘g‘ri va aniq ifodalay olish ko‘nikmalarini paydo qilish muhim va
zarur hisoblanadi.
Bu talablar bolalarda borliqni, tevarak-atrofni idrok etish, uni tushunish,
his etish, hikoyalar tuzish, o‘z fikrini bayon qila olish, ifodali o‘qish faoliyati jarayonida tarkib toptiriladi.
Ma’lumki, bog‘lanishli nutqda bolalarning atrofdagilar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o‘zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir necha jumlalarda o‘z aksini topishi mumkin.
Nutqning shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o‘ynaydi. liqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek,
mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
«Bolajon» tayanch dasturining vazifasi bolalarni jismoniy, aqliy hamda
ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog‘lig‘ini muhofaza
qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,
axloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil
va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli
ravishda quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:
Go‘daklik (1 yoshgacha)
ilk yosh (1–2 yosh)
ilk yosh (2–3 yosh)
kichik yosh (3–4 yosh)
o‘rta yosh (4–5 yosh)
katta yosh (5–6 yosh)
maktabga tayyorlov davri (6–7 yosh)
Dasturning tuzilmasi:
1. Bolalarning rivojlanish xususiyatlari.
2. Jismoniy rivojlanish.
3. Mashg‘ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yillik va jami).
4. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.
5. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik.
6. Bilish jarayoni: atrof olam to‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish va uni anglash.

Download 50.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling