1. Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy nazariy asoslari


Download 50.97 Kb.
bet1/10
Sana08.02.2023
Hajmi50.97 Kb.
#1176243
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sitora kurs ishi


Mavzu:Maktabgacha yoshdagi og`ir nutq kamchligiga ega bo`lgan bollarning ijtimoiy moslashuv xususiyatlari
Mundarija
Kirish
1. Bob. Muammoni o`rganishning ilmiy nazariy asoslari
1.1. "Tayanch"dasturida bolalar nutqini rivojlantirshning ilmiy asosi.
1.2 . Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun maxsus muassasalar tizimi
II. Bob. Maktabgaca yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ijtimoiy moslashuv xususiyatlari.
2.1 Maktabgacha yoshdagi oģir nutq kamchiligiga ega bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.
2.2. Nutqini rivojlantirishga oid tevarak atrof manbalari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Nutq nuqsoniga ega bo`lgan bolalarga mo`ljallangan maktabgacha
tarbiya muassasalari
Defektologiya sohasidaga ilmiy tadqiqotlar orqali nuqsonni erta
aniqlash va uni oldinroq tuzatish katta aham iyatga ega ekanligi isbotlab
berilgan.
Bir qator hollardan maxsu s m a k ta b g a c h a ta’lim va ta rb iy a
rivojlanishdagi kam chiliklarni tuzatadi va bu bilan bolalarning maktabda
o‘qishida vujudga keladigan qiyinchiliklarning oldini oladi (G.A. Vlasova,
1972).
Yaqqol n a m o y o n bo`lgan nutq nuqsonlari mavjud bo`lganda bolalar
bilan olib boriladigan tuzatish tarbiyalash ishlarini erta boshlash nuqsonni
sezilarli darajada kom pensatsiya qilinishini ta ’minlaydi.
1960-yildan boshlab sobiq S S S R d a nutq nuqsoniga ega bo`lg a n
bolalarga m o lja lla n g a n m ak tab g ach a tarbiya m uassasalari ta rm o g ‘i
rivojlana boshladi. Dastlab bu ommaviy bog‘chalar qoshida tashkil qilingan
alohida eksperim ental guruhlar ed i, keyinchalik esa nutq nuqsoniga ega
bo‘lgan bolalarga m o`ljallan g an alohid a bolalar bog‘chalari va yasli bog'chalari tashkil topdi.
Dastlabki bosqichda bolalar bog‘chalarida yengil nutq kam chiligiga
ega bo‘lgan (nutqining fonetik to m o n i rivojlanm agan) bolalar uchun
guruhlar ochild i. Keyin bir muncha murakkab nuqsonli bolala r
(duduqlanadigan, nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar) guruhlari tashkil
qilindi. Sobiq SSSR maorif ministrligining 1972-yil 21-noyabrdagi 125-
sonli qaroriga asosan maorif sistemasidagi anomal bolalar uchun maxsus
maktabgacha tarbiya muassasalari nomenklaturasi (ro‘yxati) tasdiqlandi.
Nutq nuqsoniga ega bo`lg an bolalarga mo`ljallangan bog‘chalar, yasli
bog‘ch alar v a umumiy tipdagi bog`ch a, yasli-bog‘chalar qoshidagi tegishli
maktabgacha tarbiya guruhlari yuqorida nomlari ko‘rsatib o‘tilgan
muassasaga qaraydigan xalq ta’limi bo`limlari tomonidan
komplektlashtiriladi.
Normal nutqni o`zlashtirgan, ta’lim ni muvaffaqiyatli tamomlagan
va 7 yoshga to`lmagan bolalar umumiy tipdagi bog‘chaga o'tkaziladilar.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida turli xil nutq
nuqsonlariga ega bo‘lgan bolalarga beriladigan logopedik ta'limning asosiy
vazifalari yetakchi nutq nuqsonini tuzatish bilan birga xat-savodni
egallashga tayyorlash ishini ham o‘z ichiga oladi.
Nutq nuqsoniga ega bolalarga mo‘ljallangan maktabgacha tarbiya
muassasalarida barcha tuzatish jarayonlarini aniq tashkil qilish ko`zda
tutiladi.
Tuzatish ishlari quyidagilar, ya`ni:
bolalarni o`z vaqtida tekshirish;
mashg`ulotlar jadvalini oqilona tuzish;
har bir bola bilan olib boriladigan individual ishni rejalashtirish;
frontal mashg‘ulotlarni rejalashtirish;
mashg'ulotlarni kerakli jihozlar va ko‘rgazmali qurolla r bilan
ta ’minlash;
logopedning tarbiyachi va ota –onalar bilan o`zaro hamkorlik qilishi
orqali ta`minlanadi.
Nutqida kamchiligi bor shaxslarning barcha yosh guruhlarida nutq
bilish faoliyati, emotsional irodaviy sohalaridagi nuqsonlarni bartaraf
etish imkoniyatlari tibbiy va pedagogik ta ’sirlar kompleksining o‘z vaqtida
va aynan bir xil qo‘llanishiga bog`liqdir.
Tuzatuvchi ta’lim ishlarining barcha komplekslarini o‘tk azish
umumdastur talablarini bajarish bilan birga nutq nuqsonlarining tuzatish
bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarn i qo‘shib olib borishni talab qiladi. Nutq
nuqsoniga ega bo'lgan m aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar guruhlari
uchun oddiy kun tartibidan farq qiladigan, maxsus kun tartibi ishlab
chiqilgan. Jumladan, unda logoped tomonidan o‘tkaziladigan umum iy,
guruhlardagi va yakka tartibdagi m ashg‘ulotlar ko‘zda tutilgan. Shu bilan
birga kechki vaqtda tarbiyachining logoped topshirig‘i bo‘yicha guruhlarda
va alohida bolalar bilan nutqni tuzatish yuzasidan maxsus soatlar ajratilgan.
Tarbiyachi o ‘z ishini dastur talablari va bolalarning nutqiy imkoniyatlarini
hisobga olgan holda rejalashtiradi. Tarbiyachi bola nutqining
shakllanishidagi individual kamchiliklarni bilishi, nutqining talaffuz va
leksiko-grammatik tomonidan nuqsonlarni bilishi, ta’lim va ta’limdan
tashqari faoliyat jarayoni davomida har bir bolaning nutqiy imkoniyatlarini
hisobga olishi shart. Logoped bilan hamkorlikka nutqning to‘liq
rivojlanmaganligi (F N R guruhlarida) nutqni o‘stirish, tevarak-atrof bilan
tanishtirish , savol o‘rganishga tayyorlash bo‘yicha mashg‘ulotla r
rejalashtiriladi. Logoped bilan tarbiyachining ishidagi izchillik maxsus
daftarda qayd qilinadi.
Logopedning ota -onalar bilan hamkorlikdagi ishi butun pedagogik
jarayonning ajralmas qism i bo‘lib, bolalar bog'chasi sharoitida quyidagi
shakllarda am alga oshiriladi.
Ota -onalar majlislari. Birinchi ota-onalar majlisi avgustning oxirida
yoki sentabrning boshida o'tkaziladi. Ota-onalar muassasa tuzilishi, ish
mazmuni va vazifalari, bolalar bog‘chasidagi kun tartibi va qoidalar bilan
tanishtirilad i. Odatda, bu majlisni bog`cha mudirasi barcha maxsus
guruhlar bolalarining ota-onalari bilan birgalikda o‘tkazadi.
lkkinchi majlisni har bir logoped o`z guruhida oktabr oyida o‘tkazadi.
Ushbu majlisning maqsadi ota-onalarni bolalarni tekshirish natijasida
olingan ma’lumotlar bilan tanishtirishdir. Bunda logoped har bir bolaning
nutqiy va umumiy rivojlanishini atroflicha ta’riflaydi. O ta-onalarga
bolalarning nutqiy rivojlanishlaridagi asosiy kamchiliklarni tushunarli qilib
yoritib berish, ularning normadan orqada qolish darajasini va ushbu
nuqsonni bartaraf etishda hamkorlik qilish zarurligini ko'rsatib berishi
kerak. Uchinchi ota-onalar majlisi yanvar oyda o‘tkaziladi. Unda yarim
yillik ish natijalari aytilib, keyingi tuzatish ishlari yo'nalishi yoritib beriladi,
Har bir bolaning nutqiy va umumiy rivojlanishi, bolalardagi ijobiy
dinamika, shuningdck, mashg‘ulot davomida uchragan qiyinchiliklar
ta ’riflanadi.
Oxirgi ota-onalar majlisi may oyida o‘tkaziladi. Unda yil davomida
bajarilgan ishlar yakunlanadi. O‘tilgan materialni mustahkamlash bo‘yicha
tavsiyalar beriladi. Logoped ota-onalarni bolani ommaviy maktabda, nutq
maktabida ta’lim olishi yoki zarurat bo‘lsa, bog‘chaning maxsus guruhida
qayta bo`lishi haqida komissiyani qarori bilan tanishtiradi. Komissiyaning
qarori to‘liq asoslanadi.

Download 50.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling